Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BOSHLANG‘ICH TA’LIMNI INTEGRATIV RIVOJLANTIRISH ZARURIYATI

Hamzaev H.X. JDPI katta o‘qituvchisi (PhD) Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, sifat, samardorlik, integrativ, rivojlantirish, ta’lim, bosqich, umumiy o‘rta ta’lim, shaxs, ma’naviy. Klyuchevыe slova: nachalnoe obrazovanie, kachestvo, effektivnost, integrativnost, razvitie, obrazovanie, etap, obщee srednee obrazovanie, lichnost, duxovnost. Keywords: primary education, quality, fruitful, integrative, development, education, stage, general secondary education, personality, spiritual. Mamlakatimizda boshlang‘ich ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ayniqsa, pedagoglarning kasbiy faoliyati sifati hamda malakasini uzluksiz oshirish bo‘yicha keng islohotlar olib borilishi natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘ziga xos tizimi yo‘lga qo‘yildi [8]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni bilan qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi»da «…Kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish» [1] vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, bu borada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarini takomillashtirish asoslarini ishlab chiqish va nazariy-metodik tavsiyalarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning hozirgi rivojlanish jarayoni innovatsion bosqich hisoblanadi. Uning asosiy xususiyati ijtimoiy va iqtisodiy sohaga yangi g‘oyalar, yondoshuvlar, uslublar haqida texnologiyalarni tatbiq etish bilan belgilanadi. Shu jihatdan ta’lim sohasida innovatsion asoslarga ega ilmiy-tadqiqot yaratish dolzarb bo‘lib turibdi [2]. Bu borada ayniqsa, ta’lim sohasining birlamchi va asosiy bosqichi boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish zaruriyati muammosi e’tiborni tortadi. Boshlang‘ich ta’lim borasida bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgani holda [3,4.5], uni integrativ rivojlantirish zaruriyati masalasi maxsus tadqiqi etilgan emas. Hozirgi zamon pedagogik yondoshuvlariga ko‘ra, boshlang‘ich ta’lim “Umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi” hamda “bolalarga ilk ta’lim berish va ularni ma’naviy kamol toptirish” sifatida idrok etiladi [6]. Bu yondoshuv nazariy-metodologik jihatdan to‘g‘ri, ayni paytda, mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi boshlang‘ich ta’limning “ilk bosqich” va shaxsni “ma’naviy kamol toptirish” mazmunini innovatsion asoslarga tayanib chuqurlashtirishni taqazo etmoqda. Chunki unga qadar bo‘lgan “maktabgacha ta’lim” bosqichi shaxsni dastlabki tarzda “ma’naviy kamol toptirish” vazifasini boshlab bermoqda. Shu sababli biz boshlang‘ich ta’limni umumiy o‘rta ta’limni boshlab berish, bilimlar jarayoniga olib kirish va shaxsni ma’naviy kamol toptirishni boshlash jarayoni sifatida idrok qilamiz. Bunday yondoshuv boshlang‘ich ta’limning “umumiy o‘rta ta’lim olish uchuchn zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirish” [6] funksiyasini konkretlashtiradi. Shu sababli e’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’lim “ko‘zga ko‘rinmas”, ammo ta’lim va tarbiyaning eng asosiy hamda poydevor funksiyasini bajarishi e’tirof etiladi. Ta’limning o‘zga barcha bosqichlari, boshlang‘ich ta’lim bosqichi asosida uyushadi, birlashadi va chuqurlashish uchuchn start oladi. Negaki bu bosqich ta’limning muhim funksiyasi bilim va tarbiya berishni boshlab beradi. Mana shu nuqtai nazarga ko‘ra, maktabgacha ta’limni umumiy ta’lim va tarbiya jarayoniga ish tayyorlash, boshlang‘ich ta’limni boshlash va tayanch umumiy o‘rta ta’limni esa amalga oshirish bosqichlari sifatida idrok etamiz. Tayyorlash, boshlash va amalga oshirish tushunchalarining ma’nosini to‘g‘ri anglash, mumiy o‘rta ta’lim bosqichlari funksiyasini to‘g‘ri tushunishga olib keladi. Demak, boshlang‘ich ta’lim bosqichi ta’limning shunchaki bosqichi emas, balki keyingi ta’lim bosqichlarining fundamental fenomenidir. Bularning barchasi hozirgi sharoitda O‘zbekiston boshlang‘ich ta’limini innovatsion xarakterga ega bo‘lgan integrativ rivojlantirish zaruriyatini kun tartibiga qo‘yadi. Integratsiya (lotincha “integerara”) tushunchasi, “umumiylikni to‘ldirish, yaratish va tiklash” ma’nolarini anglatadi [6]. Pedagogik tushuncha sifatida “ta’lim mazmunidagi uyg‘unliklarni ta’minlash” (1) va “tushunchalarni umumlashtirish”ni [3] bildiradi. Shu jihatdan integratsiya ta’limda mazmun va metodikaning qismlarini umumlashtirish funksiyasini bajaradi. Bizning yondoshuvimizga ko‘ra, boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish faktorlari quyidagilarni qamrab oladi: – bilim, tushuncha va ko‘nikmalarni umumiy maqbul qonuniyatlarga keltiramiz; – ta’lim va tarbiya jarayoni mazmunlari orasidagi umumiy uyg‘unlik algoritmlarini yaratish; – bilim va ko‘nikma ma’lumotlari o‘rtasidagi aloqadorlikni  (funksional bog‘lanishni) o‘rnatish; – o‘quv fanlari mazmunlarini metodologik umumlashtirish va to‘ldirish. Bu yondoshuv “boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish” tushunchasini o‘qitishning maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish deb anglashga asoslanadi. Shu jihatdan bu masala innovatsion pedagogik texnologiyalar majmuiga kiradi [5]. Boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish zaruriyati quyidagicha idrok etiladi: – boshlang‘ich ta’limda axborotlarni tashkil etuvchi cheksiz va ko‘p kichik qismlarning o‘zaro ajralmas bog‘liqligini aniqlash; – bu bog‘liqlikning yaxlitligi va bir butunligi asosida to‘g‘ri xulosaga kelish; – o‘rganilayotgan bilim va ko‘nikmalarning didaktik tizim va chuqur mazmunga ega bo‘lish yo‘llarini yaratish; – bilim va ko‘nikmalarga tizimli yondoshish indikatorlarini belgilash; – o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni egallashining eng maqbul, qulay va yagona yo‘llarni topish; – bilishning deduktiv va induktiv usullaridan foydalanish mexanizmlarini ishlab chiqish. E’tibor berilsa, boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish zaruriyati sohani nazariy-metodologik jihatdan chuqurlashtirish, kengaytirish hamda smaradorligini oshirishga asoslanadi. Bu masala boshlang‘ich ta’limni quyidagi uch usul asosida o‘rganishni taqoza etadi: kompleks yondoshuv; tizimli yondoshuv; tahliliy yondoshuv. Mazkur usullar asosida boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlantirish asoslarini yaratish, sinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish imkoniyatlari mavjud. Chunki integrativ rivojlantirishni boshlang‘ich ta’limga ierarxik tizim sifatida qarab, jarayonda ijobiy pedagogik smaradorlikka erishishni nazarda tutadi. Bugungi kunda mamlakatimiz boshlang‘ich ta’lim tizimi o‘qitishning boy va milliy tajribasiga ega. Bu tajriba yutuqlarini umumiylashtirish, tizimlashtirish va ommaviylashtirish zaruriyat bo‘lib turibdi, bu birinchidan; ikkinchidan, mazkur tajribani o‘zlashtirish va keng ko‘lamda targ‘ibot etish ham dolzarb hisoblanadi; uchinchidan, boshlang‘ich ta’limni yanada rivojlantirib borish va uning samaradorligini yanada oshirishning integrativ asoslarini yaratish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada o‘ziga xos tadqiqotlar majmuini yaratish taqoza etiladi. Shunday qilib innovatsion rivojlanish sharoitida boshlang‘ich ta’limni integrativ rivojlanish zaruriyati ijtimoiy ahamiyatga egaligi bilan diqqatni tortadi. Bunday ilg‘or tomonlar (6) oxir-oqibatda boshlang‘ich ta’limning ijtimoiy ahamiyatini [8] yanada yuksaltirishga xizmat qilish shubhasizdir.   Adabiyotlar
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5712-son Farmoni.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. // “Xalq so‘zi” gazetasi 2020 yil 28 fevral soni.
  3. Adizov B. Organizatsionno-pedagogicheskie usloviya sovershenstvovaniya sistemы povыsheniya kvalifikatsii uchiteley nachalnыx klassov. Ak D. – Tashkent, 1990.
  4. 4. Galperin P.Ya. Garmonichno razvitoe pokolenie – osnova progressa Uzbekistana. – T.: «Sharq». 1998.
  5. Pedagogicheskie osnovы formirovaniya lichnosti uchaщeyusya v sredney obщeobrazovatelnoy shkole Respubliki Uzbekistan na sovremennom etape. Sbornik. – T.: «Fan». 2005.
  6. 6. Pedagogika fanidan izohli lug‘at. Tuzuvchilar J.Hasanboev, X.To‘raqulov va boshq. – T.: “Fan va texnologiya”. 2
  7. 7. Safarov N.S. Progressivnыe idei i opыt nauchnoy pedagogiki Uzbekistana. – T.: «Fan».1989.
  8. Hamzaev H.X. – Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish: Ped. f.b.f.d. (PhD) dis. avtoreferati. –Nukus: 2019.
REZYuME Maqolada O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish bosqichida boshlang‘ich ta’limni zamon talablari asosida rivojlantirish muammosi zaruriyat ekanligi to‘g‘risida fikr yuritilgan. REZYuME V state vыskazano mnenie o tom, chto problema razvitiya nachalnogo obrazovaniya na sovremennom etape innovatsionnogo razvitiya Uzbekistana yavlyaetsya neobxodimostyu. SUMMARY The article considers the necessity of the problem of development of primary education at the stage of innovative development of Uzbekistan on the basis of modern requirements.