Haydarov D.Sh. JDPI o‘qituvchi
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida talabalarga dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berish va dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllarini amalga oshirishning dolzarb masalalar yortilgan.
Kalit so‘zlar: dizayn, malaka, vosita, ijod, mahorat, loyiha, usul, material.
Jamiyatimizda yosh avlodni barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazishda professional o‘qituvchilarning o‘rni ortib bormoqda. Bunda pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik ko‘lami kengayib borayotganligi muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Shu ma’noda bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dizaynerlik mahoratini shakllantirish ham ularning kasb tayyorgarligini kengaytirish, ta’lim – tarbiya jarayonini zamonaviy vositalarga asosan kuchaytirish va ular kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari keng ko‘lamlidir. Bizning nazarimizda, bu masalada quyidagilar asosiylari hisoblanadi:
- dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berish;
- dizaynerlik malakasi bilan qurollantirish;
- dizaynerlik vositalari bilan chuqur tanishtirish.
Bu o‘rinda mazkur masalalarni tahlil qilib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
- Dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalarga dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berish dolzarb masalalardan biridir. Bunday ta’limni ikki shaklda tashkil qilish mumkin:
- “Mehnat ta’limi”, “Tasviriy san’at”, “Umumiy pedagogika”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Axborot texnologiyalari” kabi fanlarning tegishli mavzularini chuqurlashtirilgan holda va dizaynerlik asosiga doir mavzular bilan boyitilgan tarzda o‘qitish. Bunda quyidagilar bo‘yicha tushuncha va ma’lumot berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
- ilmiy tafakkur asoslari bilan tanishtirish;
- texnikaviy bilim berish, ya’ni mahsulot va materiallarni loyihalash, chizish, rejalashtirish, eskizini tayyorlash kabilarni o‘rgatish;
- badiiy ijod asoslari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berish.
Dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berishda talabalarda ilmiy, texnikaviy va badiiy
ijodkorlik ko‘nikmasini shakllantirish muhim hisoblanadi. Bunda “ilmiy ijodkorlik” talabalarda kashifyot, ixtiro va yangiliklar yaratishni, “texnikaviy ijodkorlik” dizaynerlik mahsulotlari yarata olish va “badiiy ijodkorlik” esa estetik – badiiy materiallar, asarlar yaratish malakasini shakllantirishni anglatadi.
Kezi kelganda ta’kidlash lozimki, har bir talabada muayyan darajada ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik layoqati mavjud bo‘ladi. Bu layoqat umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb – hunar ta’limi bosqichida shakllanganligini e’tiborga olish lozim. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bu layoqat malakaga aylantirilishi kerak.
- “Dizaynerlik mahorati asoslari” nomli maxsus yoki fakultetiv kursi tashkil qilish vositasida ta’lim berish. Bunday kurs kutilgan samarani berishi shubhasizdir. Bizning yondoshuvimizga ko‘ra, kursning o‘quv dasturi quyidagilar bo‘yicha nazariy va amaliy ta’lim berishni qamrab olishi kerak:
- ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik asoslarini o‘rgatish;
- dizayn mahsulotlari va materiallarini tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish;
- ranglar, ramzlar va shakllarning ma’nosini chuqur tushuntirish;
- dizaynerlik faoliyati xavfsizligi asoslari bilan qurollantirish.
Kursning maqsad va vazifalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dizaynerlik mahorati bilan ta’lim – tarbiya berishga tayyorlashga qaratilishi kerak. Shu ma’noda talabalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini dizaynerlik mahorati vositasida tarbiyalash metodlari, yo‘llari va priyomlari bilan qurollantirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Zero, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berishda oliy ta’lim muassasasida mavjud shart – sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqish lozim. Bu masalada oliy ta’lim muassasalarining texnik va texnologik jihozlanishi talabga javob beradi, ammo ta’lim beruvchi pedagog kadrlarga ehtiyoj sezilishi mumkin. Bu muammoni dastlabki bosqichiga tegishli mavzularni mutaxassis taklif qilib o‘qitish, keyingi bosqichlarda esa yuqorida ta’kidlangan fanlar bo‘yicha saboq beruvchi professor – o‘qituvchilarni moslashtirib borish bilan hal etish imkoni bor. Mazkur tajriba A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” fakultetida sinovdan o‘tkazilmoqda.
- Dizaynerlik malakasi bilan qurollantirish. Bu masala bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dizaynerlik mahoratini shakllantirishdagi asosiy vazifalardan biridir. Bizning fikrimizcha, bunda quyidgilar muhim ahamiyatga ega:
- talabalarni ramzlar ma’nolari bilan chuqur tanishtirish. Ma’lumki, dizaynda har bir shakl, rang, chizma, timsol va buyumlar o‘z ma’nolariga ega.1 Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bu masalada islom davri madaniyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan tasavvuf ta’limoti terminologiyasidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi.2 Misol uchun, quyidagilarga e’tibor bering:
- a) “Qora rang” – qiyinchilik va nomukammallik;
- b) “Qizil rang” – farovonlik va mukammallik;
- v) “Yashil rang” – baxtlilik va abadiylik;
- g) “Oq rang” – qudratlilik va mutloqlikni bildiradi va h.k.3
Bundan tashqari, vatandoshimiz Najmiddin Kubro (1145 – 1221) “Favoyih ul-jamol” (Go‘zallikni anglash) asarida ranglarning psixologik ta’sir ko‘rsatuvchanligini shunday ko‘rsatib o‘tadi:
- a) “Qora rang” – salbiy hissiyot uyg‘otadi;
- b) “Qizil rang” – miyada qzo‘g‘alish hosil qiladi;
- v) “Yashil rang” – umid va ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydi;
- g) “Oq rang” – quvontiradi va zavqlantiradi va h.k.4
Zero, talabalarni dizaynerlik asoslari ma’nolari bilan chuqur tanishtirish ularda bu boradagi malakaning kutilgan darajada shakllanishiga olib keladi.
2) talabalarni dizayn materillari tayyorlashga o‘rgatish. Bu borada quyidagilarga e’tibor berish kutilgan samarani beradi:
- a) talabalarni dizayn mahsulotlari va materiallarining tarkibi, xususiyatlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish;
- b) talabalarni ranglar, yog‘och, plastmassa, temir, dizayn ashyolari va umuman moddiy materiallar bilan ishlashga o‘rgatish;
- v) talabalarda mustaqil ijodkorlik ko‘nikmasini tarkib toptirish;
- g) talabalarni o‘z ijodiy layoqati, iste’dodi va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishga odatlantirish.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini dizayn materiallari tayyorlash va ulardan foydalanishga o‘rgatishda dizayn mutaxassislari, mohir pedagoglar va amaliyotchilar yordamidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
- Dizaynerlik vositalari bilan chuqur tanishtirish. Oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini dizaynerlik vositalari bilan maqsadli va kutilgan darajada tanishtirish asosiy vazifalardan biridir. Ushbu masalada quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
- talabalarni loyihalashga o‘rgatish. Har qanday dizayn mahsuloti va materiallari maqsadli loyihalashning hosilasidir. Shu ma’noda boshlang‘ich sinf o‘quvchialri uchun tayyorlanadigan dizayn materiallari tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
- loyiha qulay, oson va tushunarlilikka asoslanishi;
- loyiha nafis, chiroyli va jalb qiluvchi jihozlarni ishlab chiqarishni nazarda tutishi;
- loyihani tuzishda real sharoitlar va imkoniyatlar hisobga olinishi;
- loyihada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining jismoniy, aqliy va psixologik xususiyatlariga mos dizayn – o‘quv materiallarini ishlab chiqishni nazarda tutishi lozim va h.k.
- talabalarni chizishga o‘rgatish. Buning uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- dizayn – o‘quv materiallarining eskizini siza olish;
- dizayn – o‘quv materiallari maketini tayyorlay olish;
- dizayn – o‘quv materiallarining rangli va rangsiz suratlarini chiza olish;
- dizayn – o‘quv materiallari eskizi chizmasiga o‘zgartirishlar kirita olish va h.k.
- talabalarni ijod qilishga o‘rgatish. Bunda talabalarda quyidagilar shakllanishi lozim:
- chizish, yozish, bo‘yash, yasash va yaratishni bilish;
- mustaqil ijod qila olish;
- yangilik yarata olish;
- tajribalarni o‘zlashtira olish va h.k.
Zero, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining dizaynerlik mahoratini shakllantirishda dizaynlikni loyihalash, chizish va ijod qilish vositalari bilan chuqur tanishtirish taqoza etiladi.
Shunday qilib oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari va ko‘rinishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu borada quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
birinchidan, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari maxsus yondoshishni taqoza etadi;
ikkinchidan, bu shakllarning asosiylarini talabalarga dizaynerlik asoslari bo‘yicha ta’lim berish, malaka bilan qurollantirish va dizaynerlik vositalari bilan tanishtirishni tashkil qilish;
uchinchidan, mazkur ishni amalga oshirish uchun mamlakatimiz oliy pedagogik ta’lim muassasalari tashkiliy, texnik, texnologik va professional imkoniyatlarga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Bekmurotova N.A. Texnikaviy ijod va dizayn. – T.: “Fan va texnologiya”. 2006. 131 – 148 b.
2.Bulatov S.S., Axmedov M.B. Badiiy ta’limning falsafiy asoslari. – T.: “Fan va texnologiya”. 2010. 12 – 154 b. va h.k.
- Komilov N. Tasavvuf. – T.: “O`zbekiston”. 2010. 60 – 140 b.
- Xudjviri A.U. Raskrыtie skrыtogo. – M.: “Edinstvo”. 2007. – s. 109-110.
- Kubro N. Tasavvufiy hayot. – T.: “Movaraunnahr”. 2005. – 160-161 b.
1 Бекмуротова Н.А. Техникавий ижод ва дизайн. – Т.: “Fan va texnologiya”. 2006. 131 – 148 б. Булатов С.С., Ахмедов М.Б. Бадиий таълимнинг фалсафий асослари. – Т.: “Fan va texnologiya”. 2010. 12 – 154 б. ва ҳ.к.
2 Комилов Н. Тасаввуф. – Т.: “O`zbekiston”. 2010. 60 – 140 б.
3 Худжвири А.У. Раскрытие скрытого. – М.: “Единство”. 2007. – с. 109-110.
4 Кубро Н. Тасаввуфий ҳаёт. – Т.: “Моварауннаҳр”. 2005. – 160-161 б.