Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/06/2021
Chop etish
“Bir ziyoli- bir mahallaga ma’naviy homiy” tadbirlar davom etmoqda

Jizzax davlat pedagogika isntiuti Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari Jizzax shahar XTBga qarashli 12-maktabda “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili asosida Jizzax shahar Qaliya MFYda  ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil etishdi. Tadbirda  “Qaliya” MFY  faollari  institutning Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti  professor -o‘qituvchilari, talaba va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

 

Tadbirni institut rektori prof.Sh.S.Sharipov ochib berdi. Ochiq muloqot, suhbat tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yig‘ilganlarga Jizzax davlat pedagogika institutida yaratilgan sharoitlar, oliy  o‘quv yurtiga kirish tartiblari, institut va mahalla hamkorligi haqida so‘z bordi. Shundan so‘ng  Tarix hamda O‘zbek tili fakulteti dekanlari “Imon – mehr va sahovatdadur” shiori ostida  Qaliya mahallasidagi kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olib ularga  moddiy yordam va ehsonlarni tarqatishdi. Kun davomida institutning professor-o‘qituvchilari  bir qancha xayrli ishlarni amalga oshirib  12-maktab kutubxonasiga ilmiy-badiiy kitoblarni ham  sovg‘a qilishdi.  “Bir ziyoli-bir mahallaga ma’naviy homiy” tamoyili ostida bo‘lib o‘tgan tadbir yakunida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan teatrlashtirlgan sahna ko‘rinishlari  va badiiy  dasturlar namoyish etildi.

 

 

 

 


Ulashish:
888
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yopildi.
2024-yil 30-iyul kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida JDPU va AQSh elchixonasi hamkorligida amalga oshirilgan “Akses” dasturining 2023–2025 yilgi mavsumi yakuniga yetdi.
Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma