Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/06/2020
Chop etish
Beshta OTM tanlash tartibi qanday bo‘ladi?

O‘tgan yildan boshlab, qabul jarayonlariga kiritilgan eng katta o‘zgarishlardan biri, bu – abiturientlarga bir nechta OTMlarga hujjat topshirish imkonining yaratilgani bo‘ldi. O‘tgan yili ushbu jarayonlarni amaliyotdan o‘tkazib olishdi va ancha-muncha ma’lumotga ega bo‘lishdi.

 

Sizlarga Xushnudbek Xudoyberdievning avvalgi (https://t.me/xushnudbek/5996) ma’lumotlari asosida beshta yo‘nalishni tanlash tartibi haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz:

 

Abiturientlar hujjat topshirayotgan paytda, 5ta yo‘nalishni ustuvor ketma-ketlikda belgilaydi.

 

Ya’ni birinchi, ikkinchi va uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi yo‘nalish sifatida qaysi OTMlarni tanlaganini oldindan belgilashadi.

 

Bunday vaziyatda abiturient ustuvor yo‘nalishga kira olmagan taqdirdagina keyingi yo‘nalishda omadini sinab ko‘rishi mumkin. Agar xoh kontrakt, xoh grant bo‘lsin, ustuvor yo‘nalishga to‘plagan bali yetsa, unda keyingi yo‘nalishlar uchun ballari hisobga olinmaydi va tanlovda ishtirok eta olmaydi.

 

Ortiqcha savollar bo‘lmasligi uchun, misol tariqasida tushuntiramiz.

 

Aytaylik, farg‘onalik abiturient tarix yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi ketma-ketlikda OTMlarni tanladi deylik:

 

1-yo‘nalish: O‘zMU

2-yo‘nalish: Sharqshunoslik universiteti

3-yo‘nalish: FarDU

4-yo‘nalish: ADU

5-yo‘nalish: NamDU

 

Abiturient test sinovlaridan umumiy 150 ball to‘pladi, deylik. Bu ball O‘zMUga kontrakt, TDShU FarDU, ADU yoki NamDUga esa budjetga yetarli bo‘lsa, unda abiturient qaysi birini tanlashi mumkin? Sharqshunoslikning budjetini tanlasa bo‘ladimi?

 

Yo‘q, bo‘lmaydi! Bunday vaziyatda abiturientda tanlov imkoniyati yo‘q, u ustuvor yo‘nalish sifatida 1-o‘rinda O‘zMUni belgilagani uchun, shu yerning kontraktiga kirgan hisoblanadi, qolgan 4ta yo‘nalish inobatga olinmaydi. Qachonki u O‘zMUga yetarli ball to‘play olmasagina, keyin Sharqshunoslikka o‘tiladi. Agar abiturient bali O‘zMU va Sharqshunoslikka ham yetarli bo‘lmagan taqdirdagina, keyin FarDU, ADU yoki NamDU inobatga olinadi.

 

Ya’ni ustuvor OTMga kira olmasagina, ball keyingisiga o‘tadi. Agar ustuvor OTMga yetarli ball to‘pladimi, tamom, u xoh budjet, xoh kontraktga kirgan bo‘lsin, keyingi OTMlarga inobatga olinmaydi, shu yerda to‘xtaydi.

 

Xullasi kalom, abiturientga tanlov imkoniyati hujjat topshirish vaqtida beriladi. O‘sha paytda u OTMlar ro‘yxati va ularning ketma-ketligini to‘g‘ri tanlashi kerak, test o‘tgandan keyin unda tanlov yoki o‘zgartirish imkoni bo‘lmaydi.

 

Joriy yilda qabul jarayonlari onlayn bo‘lishini inobatga olsak, abiturientlar yo‘nalish tanlayotganda mas’uliyat bilan yondoshishlari kerak bo‘ladi.


Ulashish:
13 704
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.