Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/09/2022
Chop etish
“Beruniy avlodlari” mavzuida tadbir tashkil etildi.

JDPU Matematika va informatika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqora miqyosida keng nishonlash to‘g‘risida»gi 2022 yil 25-avgustdagi PK-361-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Beruniy avlodlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talabalari ishtirok etdilar. Tadbirda talabalarga buyuk alloma Abu Rayxon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosi  haqida batafsil ma’lumotlar berish bilan bir qatorda uning hayoti, bolaligi to‘g‘risida sahnaviy ko‘rinishlar ham ijro etildi. Talabalar ishtirokida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar buyuk allomalarimizning bebaho merosini chuqur o‘rganishga xizmat qiladi.


Ulashish:
702
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...