Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/02/2022
Chop etish
Bahor kelarmish….

«…Havasim sengadir. Shodlik ortmoqda,

Sarg‘aygan qor kabi erib ketar dard.

Mening yuragimdan fevral o‘tmoqda,

Sening yuragingga kirib bordi mart…»

Fevral oxirlamay turib bahor kirib keldi… sezayapsizmi havoda bahor hidi bor…

Endigina dunyoga kelgan go‘dak tabassumini ko‘rganmisiz? Men bahorni o‘sha go‘dakning tabassumiga o‘xshataman…Bahor tabiatning qayta tug‘ilishi, u bolalik orzusi, u go‘zallik elchisi, u ko‘ngil tozaligi… Bahorining iliq va samimiy, xushbo‘y ifori ko‘ngillarni uyg‘otadi…

Bugun o‘tib, Bahor kelarmush,

Tugar emish qarsillagan Qish.

Hayollarni etib faromush,

Kelin bo‘lib,

Bahor kelarmish!

 Kelar emish bokira qizdek,

Qo‘llariga qo‘yib hinolar.

Qoshi qaro, yuzi qirmizdek,

Nafasidek hushbo‘y havolar.

 Kelar emish bodroqdek bodrab,

Bola kabi shataloq otib.

Duolarda omonlik so‘rab,

Kelar emish erta tong otib!

 Kutganlarni bosib hayajon,

Tildan-tilga o‘tadi mish-mish.

Bugun tundan chiqolsak omon,

Erta tongda Bahor kelarmish…

 

 


Ulashish:
875
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.