“Avangard” talaba qizlar tomonidan tayyorlangan noodatiy ko‘rgazma ana shunday nomlandi.
Kecha Yoshlar Innavsion Markazida Fizika va texnologik ta’lim fakulteti 3-kurs Dizayn (Libos va gazlamalar) yo‘nalishi talabalari tomonidan “Avangard” noodatiy kiyimlar ko‘rgazma namoyishi tashkil etildi.
Tadbirda O’zbekiston baddiy akademyasi Ijodkorlar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi raisi Botir Zokirjonov Monomarkaz mutaxasis o‘kituvchisi D.Shodmonova, mutaxassis o‘kituvchi O. Egamkulovalar hakamlar hay’ati sifatida ishtirok etdi.
Ko‘rgazmada talabalar tomonidan tayyorlangan noodatiy kiyimlar sahnaga olib chikildi. Kecha davomida har bir talaba tomonidan tayyorlangan kolleksiya hakamlar tomonidan yetarlicha o‘rganilib, adolatli baholab borildi. Ushbu noodatiy kolleksiyada gazlamalardan tashkari gazeta, bando, komeks, banner, klyonka va baklashka bo‘laklaridan bezak sifatida mahorat bilan ishlatilgan. Talabalarga o‘z iqtidorlarini to‘liq namoyish etishda Dizayn loyihalash fani o‘kituvchisi O. Ortikova yaqindan yordam berdi.
Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan iqtidorli talabalarga qimmatbaxo sovg‘alar va diplomlar topshirildi.
Toshbekova Ziyoda
“YoSh IJODKORLAR” klubi a’zosi