Olimov Alisher Isaqovich
Kafedra mudiri
Mudirning onlayn qabulxonasi
Sportni o‘qitish metodikasi kafedrasi – sport turlari bo‘yicha amaliy tayyorgarlik va metodik yondashuvlar markazi
Sportni o‘qitish metodikasi kafedrasi sport turlarini o‘qitish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar, murabbiylik mahorati va nazariy bilimlarni uyg‘unlashtirgan ta’lim jarayonini tashkil etadi. O‘quv dasturlari futbol, voleybol, basketbol, yengil atletika, gimnastika, kurash va boshqa sport turlarini qamrab oladi. Talabalar sport mashg‘ulotlari, metodik ishlanmalar yaratish, musobaqalar tashkil etish va hakamlik faoliyatida qatnashish imkoniyatiga ega. Kafedra ilmiy izlanishlari sport texnikasi va taktikasi, jismoniy tayyorgarlikni oshirish hamda o‘qitish metodlarini takomillashtirishga qaratilgan. Bitiruvchilar murabbiy, hakam, sport tashkilotchisi va jismoniy tarbiya mutaxassisi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Xodimlar
Kafedra tarixi
Tashkil topishi
Sport turlarini o‘qitish metodikasi kafedrasi 1976-yilda Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi tarkibida tashkil etilgan bo‘lib, dastlabki yillarda sport mashg‘ulotlari asosan umumiy jismoniy tayyorgarlik va sport turlarining amaliy jihatlariga yo‘naltirilgan. Ilk rahbarlardan biri dotsent Turg‘un Xoldorov bo‘lib, u 1990-yilgacha kafedraga boshchilik qilgan.
Rivojlanish bosqichlari
1990–1996-yillarda katta o‘qituvchi Shayxiddin Hasanov rahbarlik qildi va sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyati kengaytirildi. 1996–1999-yillarda Tursun Hayitov davrida musobaqalarga tayyorlov ishlari kuchaytirildi. 1999–2012-yillarda p.f.n., dotsent Akbar Sodiqov boshchiligida ilmiy-uslubiy ishlar rivojlandi, respublika va xalqaro sport musobaqalarida talabalar faol ishtirok eta boshladi. 2012–2015-yillarda Usmon Shokirov, 2015–2018-yillarda yana A. Sodiqov, 2018–2019-yillarda Turdimurod Aliqulov, 2019–2023-yillarda dotsent Baxtiyor Sultonov kafedraga rahbarlik qildi. 2023-yildan p.f.f.d. (PhD), dotsent Alisher Olimov mudir etib tayinlandi.
Bugungi faoliyati
Kafedra jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishida bakalavr hamda sport faoliyatining maxsus turlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Hozirgi kunda professor-o‘qituvchilar tarkibida PhD darajasiga ega mutaxassislar, xalqaro toifadagi sport ustalari, milliy toifadagi hakamlar va litsenziyaga ega murabbiylar faoliyat yuritmoqda. Talabalar “Universiada”, “Talabalar ligasi” kabi yirik musobaqalarda qatnashib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Kafedra qoshida voleybol, futbol, basketbol, kurash, dzyudo, sambo, belbog‘li kurash kabi sport to‘garaklari ishlaydi. So‘nggi yillarda “JDPU Ziyokor” voleybol jamoasi respublika musobaqalarida g‘olib va sovrindor bo‘ldi.
