Begbo‘tayev Azzam Eshpo‘latovich
Kafedra mudiri
Mudirning onlayn qabulxonasi
Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi – raqamli ta’lim, innovatsiyalar va zamonaviy IT yechimlar markazi
Bugungi kunda kafedra axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini raqamlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Professor-o‘qituvchilar tarkibi dasturlash, kompyuter grafikasi, tarmoqlar, ma’lumotlar bazasi, sun’iy intellekt yo‘nalishlarida dars olib boradi. Kafedra qoshida “Yosh dasturchilar” to‘garagi faoliyat yuritadi. Talabalar milliy va xalqaro dasturlash musobaqalarida muntazam qatnashadi. O‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter sinflari, virtual laboratoriyalar, masofaviy ta’lim platformalari va o‘quv videodarslaridan keng foydalaniladi.
Xodimlar
Kafedra tarixi
Tashkil topishi
Informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi (sobiq Informatika va hisoblash texnikasi asoslari kafedrasi) 1987-yilda “Oliy matematika” hamda “O‘qitishning texnik vositalari” kafedralari negizida tashkil etildi. Uning ilk mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Do‘stqul Botirov bo‘lib, dastlab 7 nafar o‘qituvchi faoliyat boshladi. Kafedra yaratilishida respublika ta’lim tizimida “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanining majburiy fan sifatida kiritilishi hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Rivojlanish bosqichlari
1980-yillar oxirida kafedra moddiy-texnik bazasini 2 ta “DVK-2M” EHM, yuzlab mikrokalkulyatorlar va “YAMAXA” hamda “KUVS-86” hisoblash sinflari bilan mustahkamladi. 1990-yillarda o‘qituvchilar Novosibirsk, Moskva, Ufa shaharlaridagi yirik markazlarda stajirovkalardan o‘tib, o‘z malakasini oshirdi. 2000-yillardan boshlab lokal tarmoqlar, multimedia va internet texnologiyalari joriy qilindi. Kafedra o‘quv dasturlarini zamonaviy AKT vositalari bilan boyitdi, yangi metodik qo‘llanmalar yaratdi. 2020-yillarga kelib, raqamli ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
Bugungi faoliyati