1+1 magistratura dasturi
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – Qozon federal universiteti (QFU) hamkorligidagi
1+1 magistratura dasturi
Dastur nomi:
1+1 Qo‘shma Magistratura Dasturi (Biologiya yo‘nalishi)
Hamkor universitetlar:
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti (JDPU) – O‘zbekiston
Qozon Federal Universiteti (QFU) – Rossiya Federatsiyasi
Dastur formati:
1+1 modeli:
1-yil: JDPUda o‘qish
2-yil: QFUda o‘qish
Dastur tugagach, ikki tomonlama diplom (dual) taqdim etiladi.
Dastur maqsadi:
Xalqaro miqyosda raqobatbardosh, malakali mutaxassislarni tayyorlash.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi akademik hamkorlikni mustahkamlash.
Talabalarning xorijiy ta’lim tizimi va tajribasidan foydalanishini ta’minlash.
Qabul shartlari:
Bakalavr diplomi (biologiya yo‘nalishda)
Rus tilini bilish darajasi (B1/B2 darajasi)
Tavsiyanoma va suhbatdan o‘tish
Xorijiy til sertifikati talab etilmaydi.
O‘quv reja va modullar:
Dastur JDPU va QFU tomonidan moslashtirilgan o‘quv reja asosida olib boriladi.
JDPUda asosiy nazariy va pedagogik tayyorgarlik
QFUda ixtisoslashuv va ilmiy-tadqiqot ishlari
Magistrlik dissertatsiyasi ikki universitet ilmiy rahbarlari nazoratida yoziladi.
Dastur afzalliklari:
Ikki davlatda tahsil olish imkoniyati
Xalqaro darajadagi diplom
Ilmiy rahbarlar va laboratoriyalardan foydalanish imkoniyati
Xalqaro almashinuv va stajirovkalar
Muddati:
Umumiy davomiylik: 2 yil
Moliyaviy shartlar:
1-yil: JDPU to‘lov-kontrakti asosida
2-yil: QFU to‘lov-shartlari asosida
Ariza topshirish muddati:
Har yili 1-iyuldan-30-iyulgacha arizalar qabul qilinadi.
Bog‘lanish:
Zoologiya va anatomiya kafedrasi– JDPU
Telefon: [99 572 00 27]
Telefon: [97 435 19 89]

