Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JIZZAX VILOYATIDA GO‘NG QARG‘A (CORVUS FRUGILEGUS)NING TARQALISHI VA UYA BIOLOGIYASI

UDK 598.293.1(575.1) Berdiqulov X., Berdiqulova N. Jizzax davlat pedagogoka universiteti E-mail: xberdiqulov@inbox.ru  Annotatsiya: V Djizzakskom oblasi razmerы kolonii grachi bыlo raznыm: v samoy malenkoy kolonii 89 gnezd, v krupnыx 389 gnezd i vo vsex koloniyax 2656 (v srednem 204,3). Gnezdo grachi raspologalis na topolya – 48,6%, karagache – 31,2%, platane – 11,2%, gresiskiy orex – 4,5%, ive – 3% i 1,5% v yasene. Grach pitayut razlichnыmi nasekomыmi, dojdevoy chervы, lichinki juki i babochki, zerna i semenami sornыx trav. Go‘ng qarg‘alar polaponlarini har xil hasharotlar, yomg‘ir chuvalchangi, qo‘ng‘iz lichinkalari, kapalak qurtlari, bug‘doy, yovvoyi o‘simliklarning urug‘i bilan oziqlantirishi kuzatildi. Respublikamizda Corvidae oilasiga mansub 11 tur mavjud. Ulardan go‘ng qarg‘a Corvus frugilegus ko‘p sonli, kolonial uyalovchi tur hisoblanadi. Ushbu turni boshqa qarg‘alardan tumshug‘i asosidagi oq-kulrang terisini yaqqol ko‘rinishi va patlarini bronza rangida tovlanishi bilan ajratiladi. Mamlakatimizda go‘ng qarg‘ani o‘troq holda uchrovchi guruxlari quyi Amadaryo rayonlarida uyalashi ilk marotoba uchratilgan. Keyinchalik Respublikaning markaziy, janubiy va shimoli-sharqiy rayonlariga kirib borganligi kuzatilgan. Bugungi kunda ushbu turni o‘troq yashovchi populyatsiyasi shakllangan bo‘lib, ommaviy tur hisoblanadi. Qish mavsumida Yevropaning janubi, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlardan qishlash maqsadida uchib kelgan qushlar hisobiga tur soni ortishi kuzatiladi. Quyidagi ma’lumotlar go‘ng qarg‘aning ekologiyasi, biologiyasi va qishloq-xo‘jaligidagi ahamiyatini baholash maqsadida 2018-2019 yillar qish, bahor mavsumida Jizzax viloyati xududidan dala tadqiqotlari jarayonida yig‘ildi. Go‘ng qarg‘a koloniyasi mavjud 13 ta daraxtzor statsionar sifatida tanlab olindi. Qushlar sonini aniqlashda marshrut metodidan foydalanildi (Kashkarov, 1927). Jizzax shahri daraxtzorlarida go‘ng qarg‘ani asosan qishlashda (dekbr-yanvar) uchrashi kuzatiladi. Tunovchi qushlarni tong otishi bilan oziqlanish maqsadida shaharni tark etishi asosan shahar atrofidagi axlatxonalarda va agrolandshaft mintaqasida oziqlanib tunda yana shaharga qaytishi kuzatildi. Fevralning birinchi yarmida tunovchi qushlar sonini keskin kamayishi kuzatildi. Jizzax viloyati hududida qayd etilgan 13 koloniyadagi uyalar soni qish mavsumida qushlar uyalarni egallashidan oldin, 2018 yil noyabr, dekabr oylari davomida sanaldi. Zargar va Ko‘kgumbaz qishlog‘ini kesib o‘tuvchi asosiy transport yo‘li yoqasidagi daraxtzorda 368, Qoratosh qishlog‘i hududida 376, Jizzax-Samarqand yo‘nalishidagi M-39 magistral avtomobil yo‘lining 1031-32 km va 1047-48 kilometr oralig‘idagi yo‘l bo‘ylab joylashgan qayrag‘ochlarda 2 ta koloniyalarda 478 (89,389), Sarbozor MFY hududida 145, Xonimqo‘rg‘on qishlog‘ida 110, Obuz qishlog‘ida 109, Guliston qishlog‘ida 165, G‘allaorol tumani Qo‘riq qishlog‘ida 113, Juma QFYdan Poyariq tumaniga o‘tuvchi transport yo‘li yoqasida 380 va Guliston QFY Abdukarim qishlog‘ida 120 uyadan iborat go‘ng qarg‘a koloniyalari mavjudligi qayd etildi. Forish tumani tog‘ oldi mintaqasi Narvon qishlog‘ida 166, Ko‘sa qishlog‘ida 126 uyadan iborat go‘ng qarg‘a koloniyalari mavjudligi qayd etildi. Bundan yarim asr muqaddam Zarafshon vodiysidagi eng yirik koloniyalarda 154 (o‘rtacha 52) taga qadar uya bo‘lishi adabiyotlarda keltirilgan (Bakaev, 1995). Biz o‘rgangan koloniyalarning kattaligi turlicha bo‘lib, eng kichik koloniyada 89 uya, yirik koloniyada 389 ta, (o‘rtacha 204,3) barcha koloniyalarda 2656 uya mavjudligi, aniqlandi. Adabiyot ma’lumotlari bilan taqqoslanganda bugungi kunda qushning soni 4 marotobaga oshganligi namoyon bo‘ladi. Tadqiqot hududida qushlar uyalarini 48,6% terakda, 31,2% qayrag‘ochda, 11,2% chinorda, 4,5% grek yong‘og‘ida, 3% shumtolda va 1,5% zarang daraxtlarida joylashtirgan. Toshkent viloyatida bir tup chinor daraxtida 39 tagacha go‘ng qarg‘a uya qurishi qayd etilgan (E.N Lanovenko., E.Sh Shernazarov va b; 2012). Jizzax viloyatida bir tup terak va qayrag‘ochda shakliga bog‘liq holda 1 tadan 12 tagacha uya o‘rnatilganligi uchratildi. Sershox daraxtlarda joylashtirilgan uyalar bir-biriga nisbatdan gorizontal, aksincha terakda vertikal (ustma-ust) holatda ekanligi aniqlandi. Qushlar uyasini asosan 60% terak va chinor kabi daraxtlarning 8-12 metrdan baland bo‘lgan qismida joylashtiradi. Go‘ng qarg‘a uyasining diametri 23-67 sm, balandligi 24-69 sm, lotka diametri 15-23 sm, chuqurligi 7,5-13 sm bo‘ladi. Uya asosan daraxt va butalarning 8-47 sm bo‘lgan mayda shoxlaridan yasalib, ichiga o‘tlarni mayin poyasi, hayvon juni, qush patlari, selofan, latta va barglarni to‘shaydi. Ishlatilgan uyalarni asosan ichki qismi qayta quriladi. Haroratga bog‘liq holda mart oyida tuxum qo‘yish boshlanadi. S.B Baqoev (1995) ma’lumotlariga qaraganda quyi Zorafshon vohasida go‘ng qarg‘alar 15 martda birinchi tuxumni qo‘yishi aniqlangan. Jizzax viloyatida 2019 yil 1 marta birinchi tuxum qo‘yganligi, 14-17 martdan boshlab yoppasiga tuxum qo‘yish boshlanishi kuzatildi. o‘rganilgan 64 uyada qushlar 2 tadan 6 gacha (o‘rtacha 3,6) tuxum qo‘yishi, faqat bir uyada 1 tuxum qo‘yilganligi aniqlandi. Tuxumlar ko‘k-yashil tusda bo‘lib, har xil kattalikdagi qo‘ng‘ir, kulrang, jigarrang hamda yashil dog‘lari mavjud. Morfometrek o‘lchami 37,1-41,0×26,3-28,3 mm ga teng. Tuxum sariqligi 12-20% tashkil etadi. Go‘ng qarg‘alar birinchi tuxumni qo‘yishi bilan uni inkubatsiyasi boshlanishi sababli uyada polaponlar yoshi har xil bo‘ladi. Tuxumlarni asosan urg‘ochi qushlar bosib yotishi, erkaklari uyadan uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan agrolandshaft yerlari va tabiiy biotoplardan hasharotlarni turli guruh vakillari bilan oziqlanishi hamda urg‘ochisiga oziqa tashishi aniqlandi. Koloniyalarda kech juftlashgan qushlar tomonidan bo‘sh inlarni egallanishi yoki yangisini qurib tuxum qo‘yish holati 29 aprelda ham kuzatilmoqda. Uya biologiyasini o‘rganish maqsadida belgilangan 64 uyada 23 aprelga qadar 70 dan ortiq polapon tuxumdan chiqqanligi aniqlandi. Go‘ng qarg‘a jish bola ochuvchi qush bo‘lib polaponlarini ko‘zi, eshitish teshigi yumiq, tanasi yalang‘och, qonotlari usti va yelkasida to‘q-kuklrang tusdagi embrional parlar bo‘ladi. Go‘ng qarg‘alar polaponlarini har xil hasharotlar, yomg‘ir chuvalchangi, qo‘ng‘iz lichinkalari, kapalak qurtlari, bug‘doy, yovvoyi o‘simliklarning urug‘i bilan oziqlantirishi qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyatli. Biroq bahorda unib chiqayotgan makkajo‘xori, no‘xat va lovya kabi madaniy o‘simliklarga shikast yetkazadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
  1. Kashkarov D.N. Metod kolichestvennogo izucheniya faunы pozvonochnыx i analiz poluchennыx dannыx. // Tr. Sredno Aziatskogo gosudarstvennogo universiteta, 1927. ser. VIII – a, zool; Vыp. 1. – S. 24.
  2. Lanovenko Ye.N., Shernazarov E.Sh., Filatova Ye.A., Filatov A.K., Azimov N.N. O rasshirenii areala i roste chislennosti gracha v Uzbekistana // Ornitologicheskiy vestnik Kazaxstana i Sredney Azii Vыpusk 1. Almatы-2012. S. 164-170.
  3. Bakaev S.B. Grach. Ptisы Uzbekistana. T.3. Tashkent, 1995. S. 146-152.