Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/03/2018
Chop etish
Jizzax viloyat «Qatag’on qurbonlari» muzeyini tashkil qilishga doir seminar yigilishi bo’lib o’tdi

Jizzax davlat pedagogika instituti konferensiya zalida 15 mart 2018 yil soat 18-00 da Jizzax viloyat «Qatag’on qurbonlari» muzeyini tashkil qilishga doir seminar yigilishi bo’lib o’tdi.

 Seminarda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qatag`on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Hasanov Bahtiyor Vahapovich, Davlat muzeyi direktorining ilmiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari Zikrillayev Murod Fayzullayevich,  Jizzax davlat pedagogika instituti rektori prof. A.J.Xolbekov va institut professor- o`qituvchilari ishtirok etdi.

Seminarni institutimiz rektori prof. A.J. Xolbekov kirish so`zi bilan ochib berdi va so`zni  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi Qatag`on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi direktori Hasanov Bahtiyor Vahapovichga berdi.

Bahtiyor Vahapovich o`z so`zini bayon  etish jarayonida ushbu tashkil qilinadigan muzeyning hozirgi kunda asosiy maqsadini va muzeyni tashkil etishda nimalarga alohida e`tibor berish kerakligini aytib o`tdi, shuningdek kelajak avlod, yoshlar tarbiyasida ushbu mezeyning o`rni muhim ekanligini qayta qayta ta`kidladi.

Shuningdek Baxtiyor Vahapovich muzey tuzilishi strukturalari haqida tushunchalar berib o’tdi  instutut professor o’qituvchilaridan iborat  ishchi guruhi shakllantirildi va ishchi guruh ishlari yig’ilishda muhokama qilindi.

         


Ulashish:
1 200
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...