Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/02/2022
Chop etish
Ta’limdagi korrupsiya — eng oliy jinoyat

Jizzax davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish shu mavzuga bag‘ishlandi.

Mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Sohadagi islohotlar sabab vaziyat tubdan o‘zgardi, kimning bilimi, qobiliyati, salohiyati bo‘lsa, o‘sha odam o‘qiydi, degan tamoyilga amal qilina boshlandi. Shu bois endilikda ta’limdagi korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil kirishilgani rost.

Lekin korrupsiyaga qarshi kurash tobora qat’iy bo‘lib borsa-da, ajiriq kabi uning ildizlari hali-hanuz saqlanib qolgan ko‘rinadi. Harom luqma bilan kun kechirishni o‘ziga odat qilgan ayrim nopok insonlar hozir ham uchrab turgani jamiyatimizdagi sog‘lom muhitga salbiy ta’sir qilmoqda. Aksariyat hollarda pora berish tashabbusi aynan fuqarolarning o‘zidan chiqayotgani, afsuski, achchiq haqiqat. Vaholonki, jamiyatni halol va korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga barchamiz birdek mas’ulmiz hamda poraxo‘r kimsalarga qarshi kurashishda fuqarolarimizning harakati asosiy kuchga ega bo‘lishini anglab yetishimiz shart. Professor-o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar korrupsiyaning olini olish, unga qarshi kurashishda huquq tartibot organlari vakillari bilan birgalikda ish olib borish, befarq bo‘lmaslik haqida fikr bildirishdi. Yig‘ilishda Jizzax viloyat prokuraturasi boshqarma va bo‘lim boshliqlari R.Pirnazarov, D.Mahramov, M.O‘razalievalar ham ishtirok etishdi.

 


Ulashish:
741
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.