Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/11/2021
Chop etish
“Is gazidan ogoh bo‘ling!”

Jizzax davlat pedagoigka isntitutida bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Qish mavsumi yaqinlashgani sari yurtimizning turli hududlarida is gazidan zaharlanish, va buning oqibatida noxush holatlar ham  ko‘payadi. Is gazi nima, undan qanday saqlanish mumkin, qish arafasida xonadonlarda qanday ehtiyot choralari ko‘rilishi kerak — Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika psixologiya fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan “Is gazidan ogoh bo‘ling!”  tadbiri ana shu dolzarb mavzuga bag‘ishlandi.

Tadbirda “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari,  Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, professor-o‘qituvchilar  va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Bugun turmushimizda tabiiy gaz beminnat dastyorga aylangan. Ulkan korxonalar faoliyatidan to, avtomobillar harakatigacha, taomlar pishirishdan, xonadonimiz issiqligigacha, barchasida ushbu ne’matning o‘rni beqiyos.

 

Ammo ayrimlar tabiatning ana shu noyob va qayta tiklanmas zahirasidan oqilona va to‘g‘ri foydalanishga e’tibor bermaydi. Buni kuzatilayotgan is gazi va gaz chaqnashlari bilan bog‘liq salbiy holatlarda ham ko‘rish mumkin. Is gazidan zaharlanishning sabablaridan biri, aholining xususan, ijara uylarda istiqomat qiluvchi talabalarning is gazi va uning oqibatlari haqida yetarli ma’lumotga ega emasligi yoki befarqligidir. Is gazi qanday paydo bo‘ladi? Va uning oldini olishda nimalarga e’tibor qaratish lozim? Shu kabi savollarga “Hududgaz Jizzax” gaz ta’minoti filiali xodimi  Qodir O‘rolov va Jizzax shaxar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakili Dilmurod Hayitovlar  batafsil tushuncha berib o‘tishdi.

 


Ulashish:
701
Boshqa rubrikalarda mashhur

Xalqaro hamkorlik.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Jabborova Anora xorijiy stajirovka doirasida Ispaniyaning mashhur shaharlaridan biri bo‘lgan Barselonaga tashrif buyurdi.
JDPU da korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etgan pedagog xodimlar haqida ma’lumotnoma.
korrupsion_holat_sodir_etgan_xodimlar_bo’yicha_ma’lumotnoma
Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
2025-yil 30-iyun kuni soat 14:00 da Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazining majlislar zalida 3-bosqich doktorant Qalandarova Safiya Tohirovnaning dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.