Oliygohda (UzSPB) “Talabalar klubi” o‘z faoliyatin boshlaydi.
Bugun Jizzax davlat pedagogika inrstituti rektori Sh.Sharipov O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyati Xabardorlik va ta’limni oshirish koordinatori Oleg Kashkarovni qabul qildi. Suhbat davomida koordinator O‘zbekiston qushlarni muhofaza qilish jamiyatining maqsadi haqida batafsil tushuncha berdi. Xususan jamiyat bugungi kunda O‘zbekiston xududida doimiy, yoki vaqtinchalik yashovchi qushlarni muhofazasi, ularni genetik fondini tiklash, qushlar uchun muhim bo‘lgan xududlarni aniqlash, o‘rganish va muhofaza etish, qo‘yilgan masalalarni kelajakda amalga oshirish maqsadida yosh mutaxassislarni tayyorlash, qushlarni estetik va tabiat sirlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan muhim madaniy, ma’naviy va ta’lim talablarini qondirish kabi muhim vazifalarni o‘z oldiga maqsad qilib olganligini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida O’ZBEKISTON QUSHLARNI MUHOFAZA QILISH JAMIYATI (UzSPB) KLUBLARI haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Ta’kidlash joiz Qushlarni muhofaza qilish jamiyati talabalar klublarining tarmog’i 10 yildan buyon O’zbekistonda faoliyat ko’rsatmoqda! Klublar Qushlarni muhofaza qilish Jamiyatining yo’nalishlariga muvofiq faoliyat yuritadilar, ularning a’zolari O’zbekistonning bir necha universitetining talabalaridir. Talabalar klublarining a’zolari O’zbekiston Qushlarni muhofaza qilish jamiyati a’zolarining yarmini tashkil etadi, ular jamiyatning qushlarni o’rganish, ularning yashash muhitlarini muhofaza qilish, shuningdek yoshlar va kattalar o’rtasida ekologik bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarda faol ishtirok etadilar. Norasmiy samimiy suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuv so‘ngida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi unga ko‘ra tez kunlarda Jizzax davlat pedagogika institutida ham ana shunday (UzSPB) “Talabalar klubi” o‘z faoliyatin boshlaydi.