“Rektor va talaba” uchrashuvi
Kecha Jizzax davlat pedagogika isntituti Madaniyat saroyida rektor va talabalar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. “Ochiq muloqot” shaklida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda institut rektori Chet tillari fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Samimiy suhbat tarzda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda dastlab institut rektori Sh.Sharipov talabalarga “Nega aynan chet tillari yo‘nalishini tanlagansiz ?” degan savol bilan murojaat qildi. Talabalarni ruhlantirish ularga yanada yaqin bo‘lish maqsadida yo‘naltirilgan savol tezda o‘z natijasini berdi. Talabalar o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda e’tirozlarin joyiga kelganda muammolarga sabab bo‘layotgan to‘siqlarni yengish borasidagi takliflarini ham bildirishdi.