Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
11/06/2019
Chop etish
 5 ta muhim tashabbus ijrosi yo‘lida birlashaylik!

 5 ta muhim tashabbus ijrosi yo‘lida birlashaylik!

2019-yilning 10-iyun kuni Jizzax davlat pedagogika institutining madaniyat saroyida Mamlakatimiz rahbarining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini mukammal bajarish bo‘yicha Jizzax viloyat xokimligi, viloyat yoshlar ittifoqi bo‘limi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda  «5 ta muhim tashabbus ijrosi yo‘lida birlashaylik» shiori ostida yoshlar haftaligi  konsert tadbiri tashkil etildi deb xabar qiladi JDPI matbuot xizmati. Unda Jizzax viloyati  Yoshlar yetakchilari, Sardorlar Kengashi a’zolari, umumta’lim maktab o‘quvchilari, jizzaxlik bir guruh yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir muhtaram Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni o‘z ichiga olgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, maʼnaviy yuksak va intelektual salohiyatli avlodni tarbiyalash, aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini oshirish, ular uchun madaniy tadbirlar, kompyuter savodxonligi va internet markazlari sport to‘garaklari tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda musiqa yo‘nalishi talabalari ijrosida “Gulbahor va Tanovar”,”Sonato”, “Polka” milliy va horij musiqiy kuylari hamda Dugonalar, Kalmona, Xorazmcha Popurri qo‘shiqlari va horijiy tillar fakultetining Start jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan «boks» intermediyasi  ishtirokchilarga o‘zgacha zavq bagishladi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ta’kidlash joizki,har bir o‘sib kelayotgan yosh avlodda ona vatanga bo‘lgan sadoqat,mehr-muhabbatni yanada kuchaytirishga,avlod va ajdodlarimizning munosib davomchilari bo‘lishga, ilm, ma’rifat va manaviyatimizni,hayot tarzimizni yangi innovatsion g‘oyalar bilan boyitishi shubhasizdir. Zotan, ilm,tafakkur, marifat bilan yug‘rilgan mazkur tashabbus yuksak marra va cho‘qqilarga erishishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilaveradi…..


Ulashish:
2 971
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.
Jizzaxda Amir Temur tavalludining 690-yilligiga bag‘ishlangan tantanali saf yurishi o‘tkazildi.
Jizzax viloyatida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tantanali harbiy saf yurishi hamda “Otlar paradi” yuqori saviyada tashkil etildi.
“Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” doirasida sport tadbirlari boshlandi.
Barcha oliy ta’lim muassasalarida aprel va may oylari “Sport va sog‘lomlashtirish oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida shanba — ijtimoiy...