2017/2018 o‘quv yili uchun qabul rejasi:
– bakalavr ta’lim yo‘nalishiga Jizzax davlat pedagogika institutida 1820 nafar talaba, shularning 495 nafari davlat grantida va 1325 nafari to‘lov-kontrakt bo‘yicha; – magistraturaga 24 nafar talaba, shundan 8 nafari davlat granti, 16 nafari esa to‘lov-kontrakt asosida; 2017 yilning 13 iyuliga qadar jami 23939 nafar abituriyentlardan arizalar kelib tushli, shundan 22119 nafari o‘zbek, 1820 nafari rus guruhlariga hujjat topshirdi. Abituriyentlardan arizalar qabul qilish 2017 yil 15 iyul kuni yakunlanadi. Abituriyentlardan tushgan arizalar soni haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan institutimiz rasmiy veb sayti https://jdpu.uz/ orqali tanishib borishingiz yoki “Abituriyentlarga” interaktiv xizmatlari orqali boshqa qiziqtirgan savollaringizga javob olishingiz mumkin bo‘ladi.2017-2018 o‘quv yili uchun qabul jarayoni yakunlanmoqda
2017 yil 15 iyun kuni respublikamizning barcha oliy ta’lim muassasalarida, jumladan Jizzax davlat pedagogika institutida ham 2017/2018 o‘quv yili uchun qabul komissiyalari ish boshlagan edi.