Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/11/2023
Chop etish
Sobiq bitiruvchilar uchun Press tur tashkil etildi.

Press-turda universitetda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, yangi ish boshlagan Registrator ofisi, kutubxona faoliyati hamda universitet tuzilmasi qoshida tashkil etilgan “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi ishtirokchilarga tanishtirildi.

Dastlab mehmonlar eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan, 50 ming kitobni o‘ziga sig‘dira olgan kutubxona bilan tanishdilar. Shundan keyin  tarixiy qahramonlarimiz, qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida faoliyat yuritayotgan muzeyda bo‘lishdi. Shuningdek, press-tur qatnashchilari respublika miqyosida birinchilardan bo‘lib Jizzax davlat pedagogika universitetida ochilgan Registrator ofisida joriy qilingan yangilanishlar bilan tanishishdi.

 

Mehmonlar Registrator ofisida jarayonlarini yaqindan kuzatdilar, xodimlar bilan tanishib, yetakchi mutaxassislar bilan suhbatlashdilar. Talabalar uchun yaratilgan qulayliklar qay darajada aniqlik bilan tashkil etilganligini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Bu yerda mehmonlarga tashkil etilgan 6 ta sektorining to‘liq faoliyati to‘liq tanishtirildi.Press-turda sobiq bitiruvchilar hamrohligida Axborot xizmati rahbarlari, OAV vakillari va blogerlar qatnashdi.

“men ham shu oliygoh bitiruvchiman. Bugungi tadbirda juda ko‘plab tanish chehralarni ko‘rib dilim ravshan tortdi. Fikrimcha, bugungi tadbirga shu dargohning taqdiriga befarq bo‘lmagan,  yutuqlaridan quvongan, kuyinchak o‘z so‘ziga ega, yurtimizning turli go‘shalarida ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan hamkasblarimiz, boshqa sohalarda ham jonkuyarlik bilan mehnat qilayotgan bitiruvchilarimiz  tashrif buyurishgan. Bu uchrashuvni tashkil etishimizdan maqsad o‘zimizdagi bor imkoniyatlarni ko‘rsatish va yanada rivojlanish uchun nimalarga e’tibor qaratishimizni bilish. Bu ishda esa sobiq bitiruvchilarimizning bildirgan har bir so‘zi, taklifi va tavsiyasi juda muhim”, -deydi universitet rektori Sh.Sharipov

Sobiq bitiruvchilarni bir joyga jamlagan, diydor va shodlikni tuhfa etgan forum haqiqiy bayramga aylanib ketdi. Fikrlarimizni tadbirning tantanali qismida Universitetini bitirib, ayni paytda yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilarning dil so‘zlari tasdiqlaydi. Bir so‘z bilan aytganda  Barchani birdek hayratlantirgan, eng muhimi quvontirgan “Bitiruvchilar forumi” ko‘ngillardan joy oldi. Hali ko‘p yillar o‘zgacha zavq va shavq bilan hikoya qilinadigan, ishtirokchilarning xotirasida bir umrga muhrlangan diydorlashuv bayrami bo‘lib qoladi.


Ulashish:
1 141
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU rektori “Ziyokor” qizlar va o‘g‘il bolalar basketbol jamoasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda musobaqalar jarayonidagi reyting nazoratlari, jamoaning so‘nggi natijalari va har bir o‘yinchining o‘yin faoliyati tahlil qilindi.
JDPU rektori maktablarning bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Jizzax shahridagi umumta’lim maktablaridan saralab olingan 31 nafar faol bitiruvchi o‘quvchilar dastlab universitetda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.
Zominda ustozlar uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
Joriy yilning 14–15 mart kunlari Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari uchun Zomin tumanidagi Zomin–Suffa dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.