Sayyoramizda sodir boʻlgan ekologik inqirozlar va boshqa tabiiy ofatlar sababli 1 mlrd dan ortiq insonlar qiyin ahvolda yashamoqda. Hozirgi kundagi sayyoramiz ekologik holatining yomonlashuvi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu oʻrinda shuni aytish lozimki, koʻpgina davlatlarning rahbarlari iqtisodiy rivojlanishini ekologik muammolardan ajratib boʻlmasligini, tashqi muhitning yomonlashuvi iqtisodga zarar yetkazishi aniqligini anglamoqda. Qashshoqlikning asosiy sabablaridan biri global darajada ekologik muammolarning sodir boʻlishidir. Shuning uchun ekologik muammolarni hal qilmasdan aholining farovon hayotini taʼminlab boʻlmaydi. Bu esa o`z navbatida ta`lim tarbiya va oliygoxlarda olingan nazariy bilimlarni amaliy ko`nikmalar bilan mustahkamlash, tabiiy ekosistemalarni kuzatish orqali yoshlar ongida Ona tabiatga mehr va muxabbat uyg‘otish zaruratinin beradi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida Jizzax davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakul’teti qoshida “Ekotur-Universitet” nomidagi talabalar yozgi maktabi tashkil etilish ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi amaliy qadamlardan hisoblanadi.
Chunki, ekologik muammolarni hal qilish uchun avvalo aholiga, ayniqsa, yoshlarga chuqur bilim, tarbiya berishni yaxshilash, korxonalarda ekologik jihatdan saqlangan zamonaviy texnologiya yaratish, oʻsimlik va hayvonot dunyosini, atmosfera havosini, suvni, yerni muhofaza qilish kabi tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Maqsad. Ekoturlar tashkil qilish orqali, yoshlar ongida tabiatga mehr-muhabbatni o‘yg‘otish.
1-kun – YOZGI MAKTAB ISHTIROKCHILARINI KUTIB OLISH, UNIVERSITET VA JIZZAX SHAHRINING DIQQATGA SAZOVOR JOYLARI BILAN TANISHTIRISH VA OCHILISH MAROIMI.
“BOBUR” OROMGOHIGA JOYLASHTISH, TANISHUV VA KECHKI TADBIRLAR
Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU) – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufiga kiruvchi, eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri. 1974-yilning 8-avgust sanasida Oʻzbekiston Respublikasi
Maorif vazirligining 256-sonli buyrugʻiga asosan Jizzax davlat pedagogika instituti tashkil etilgan va unga filologiya fanlari doktori,
professor Bozorboy O‘rinboyev rektor sifatida tayinlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Maorif vazirligining 1989-yildagi tegishli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika institutiga oʻzbek romanchilik maktabi asoschisi, atoqli adib
Abdulla Qodiriy nomi berilgan. 2022-yil 21-iyunda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-289 sonli qarori asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutiga Jizzax davlat pedagogika universiteti maqomi berildi.
Universitet rektori pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Safarovich Sharipov. Universitet 2024-yilga kelib 12 ta
fakultet, 28 ta yoʻnalish va 35 ta
kafedraga ega. Talabalar soni 20722 nafarni tashkil etadi. Universitetda 731 nafar
profesor–
oʻqituvchilar faoliyat yuritishadi. Taʼlim muassasasida
Magisratura va
Sirtqi (maxsus sirtqi) boʻlimlar bor. Magistratura boʻlimida 20 ta mutaxassislik mavjud. Muassasaning toʻliq nomi: Abdulla Qodiriy nomli Jizzax davlat pedagogika universiteti. Qisqa nomi: JDPU. Umumiy maydoni 101 766
m² boʻlib, shundan 9980 m² oʻquv maydoni, 9100 m² esa yotoqxona maydoni hisoblanadi.
Jizzax viloyatining tarixiy va madaaniy meros maskanlari. Gastranomiyasi
Jizzax haqida
Jizzax vohasi Oʻzbekiston tarixida avlodlar ardogʻiga munosib madaniy manzillari, bebaho tarixiy maskanlari bilan eng munosib oʻringa daxldor.
Jizzax tarixining eng qadimgi sahifalari haqida gap ketganida, albatta, jahon tarixiga daxldor sanalmish “Sayxonsoy qoyatoshlari” dagi suratlarni (4,5 ming yil avval), eng qadimgi odamlar yashaganligi taxmin etilayotgan “Peshagʻor gʻori” madaniy qatlamlarini, ikki ming – ikki yarim ming yillik tarixga ega “Mozorsoy yodgorliklari” ni, “Jomonjar yer osti ehromlari” ni, qadimgi manbalarda tilga olingan Gaza, Xarakana, Zomin, Sobot, Miq, Marsmanda, undanda qadimgiroq boʻlmish Xitoy solnomalarida tilga olingan “Yecha shahri” qoldiqlari boʻlmish qadimgi qal’alar va shaharlar oʻrinlarini faxr bilan tilga olamiz.
Qadimgi va oʻrta asrlarda bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Oʻrta asrlarga oid koʻpgina qalʼa qoʻrgʻon va karvonsaroylar tepa va qoʻrgʻon (Koʻltepa, Oqtepa, Rabot, Qoʻrgʻontepa, Xonimqoʻrgʻon, Kaliyatepa) kabi nomlar bilan ataladi. Bularning soni 100 dan ortiq.
Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlari hududidagi Takalisoydagi qoyatoshlarda ibtidoiy chorvachilik, ovchilik davriga oid mingdan ortiq rasm, Baxmal, Gʻallaorol, Jizzax tumanlarida juda koʻp yer osti yoʻllari saqlangan. 1956-yilda Baxmal tumani hududidan Budda ibodatxonasi qoldigʻi topilgan. Parpiota, Malik Girkushoq, Avliyoi Serob, Nuriddin masjidlarining qoldiqlari saqlangan. Forish tumanida qad roslagan “Band” toʻgʻoni qoldigʻi hozir ham mavjud. Jizzax tumanida Uzunota qabri bor. Bu yerda sohibqiron Amir Temur 1404-yil dekabr oyining soʻnggi kunida bir kecha tunagan.
Jizzax ruslar tomonidan bosib olingandan soʻng rus harbiy ish boshchilari nazoratida mahalliy aholi kuchi bilan barpo etilgan bir qancha imoratlar (uyezd hokimi binosi, rus askarlari qarorgohi, qamoqxona, cherkov) saqlanib qolgan.
Morguzar togʻlari.
Morguzar togʻlari –
Turkiston tizmasining shimoliy etaklari (
Jizzax viloyati) dagi togʻlar. Morguzor nomini tadqiqotchilar mor – ilon izi yoʻl yoki margʻzor – maysazor soʻzlaridan deb izohlaydilar. Togʻlar janubi-sharqdan shimoli-gʻarbga yoʻnalgan. Uzunligi 70 km. Eng baland joyi (Sho‘rbel dovoni) 2620 m.
Nurota tizmasidan Ilonoʻtti togʻ yoʻlagi orqali ajralgan. Shimoli-sharqiy yon bagʻirlaridan boshlanadigan koʻpgina soylarning (
Zominsuv, Pishagʻarsoy, Ravotsoy va boshqalar) konus yoyilmalari qoʻshilishidan prolyuvial yotqiziqlar ham vujudga kelgan. Janubi-gʻarbiy yonbagʻri
Sangzor daryosi vodiysiga tik tushgan.
Gersin burmalanishida hosil boʻlgan. Morguzar togʻlari
silur devon davrlarining qumtosh, slanets, ohaktosh, porfiritlaridan tashkil topgan. Togʻlarning relyef xususiyatlari ularni tashkil qilgan jinslarning litologik tarkibiga qarab turlicha shakllarga ega. Togʻlar kuchli parchalangan. Qoyali nayzasimon choʻqqilar koʻpincha chuqur daralar, platosimon yuzalar va keng togʻ bellari bilan almashib keladi.
Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati -9°C, iyulniki 15° C (Koʻlsoy). Yillik yogʻin miqdori 440 mm. Quyi past togʻli qismida chala choʻl subtropik mintaqa 700–1200 m gacha ifodalangan. Tub jinslar kalin lyossimon yotqiziqiar bilan qoplangan. Toʻq boʻz tuproqlarda turli oʻtli bugʻdoyiqzorlar, 1200–1800 m, baʼzan 2000 m gacha oʻrtacha balandlikdagi togʻ yonbagʻirlarida yuvilgan jigarrang tuproqlarda butazor va siyrak archazorlar tarqalgan. Quyi yarusda bugʻdoyiklar va boshqa boshoqlilar oʻsadi. 2600 m balandlikda dasht mintaqasi mavjud.
Morguzar togʻlarining Turkiston tizmasi bilan tutashgan joyida Zomin xalq oʻrmon davlat qoʻriqxonasi, Zominsoyning yuqori oqimida
Zomin milliy tabiat bogʻi joylashgan. Togʻlar boy rekreatsiya resurslariga ega.
[
2-KUN. NUROTA DAVLAT QO`RIQXONASIGA ETIB KELISH, SEVERSOV QO`YI BUYURTMAXONASINI KO‘RISH
Nurota davlat qoʻriqxonasi –
Jizzax viloyatining gʻarbiy qismi (
Forish tumani) da,
Nurota togʻining shimoliy yonbagʻrida joylashgan
qoʻriqxona. 1975-yilda tashkil etilgan.
Maydoni 22135
ga, shu jumladan,
oʻrmonlar bilan qoplangan 2599 ga (2001),
dengiz sathidan 530-2100 m
balandlikda. Asosiy vazifasi shu hududning
oʻsimlik va
hayvonot olamini muhofaza qilish, Xalqaro va Oʻzbekiston “
Qizil kitobi” ga kiritilgan
arharning Osiyo qoʻyi turiga mansub Seversev qoʻyi (Qizilqum qoʻyi) populyasiyasini hamda yongʻoqning tabiiy xilma-xilligini saqlashdan iborat.
Qoʻriqxonada oʻsimliklarning 629 tadan, qushlarning 195 tadan, hayvonlarning 60 tadan
ortiq turi bor. Ularning koʻpchiligi
endemik (
lola turlari, anzur
piyozi).
Yongʻoq daraxtlari bilan birga
yovvoyi olma,
qayragʻochlar oʻsadi.
Butalar qoplami, asosan, Turkiston
doʻlanasi,
qizil,
uchqat,
zirk,
irgʻay,
yovvoyi toklardan iborat.
Qoʻriqxona hududi
tabiat manzaralariga,
arxeologik topilmalarga boyligi bilan ham ajralib turadi: qoyatosh (
togʻ qoʻyini ovlash)
suratlari,
Majrumsoydagi tanasi yoʻgʻonligi 8,5 m keladigan sharq biotasi daraxti (yoshi taxminan 1000-yildan ortiq) kabi
yodgorliklari bor. Arharlar soni 500 dan koʻproq (2003).
Mojrum archasi (sharq biotasi) –
Nurota qo‘riqxonasida o‘suvchi tabiat yodgorligi. Taxminiy yoshi bir yarim ming yil.
Nurota togʻlarining Mojrum qishlogʻida, suv tegirmonidan 300 metr balandlikda, soyning chap qirgʻogʻidan 50-60 metr masofada joylashgan. Archa aylanasi 24 metr, markaziy shox aylanasi 12 metr, oldida masjid qoldiqlari va eski qishloq joylashgan.
Mojrum
soyda bo‘lgan kishi bahaybat daraxtning shox-shabbalari tegida o‘tirarkan, beixtiyor mangulik haqida o‘ylab qoladi. Mahalliy ziyoratchilarning bergan maʼlumotlariga qaraganda, ushbu archani 3 marta ziyorat qilsalar, uzoq umr koʻrishlari aniq ekan. Yillar zo‘r kelib,
daraxtning uchta yirik shoxi yerga qadar egilib qolgan. Aslida, ularni shox deyish qiyin, sababi, ular ulkan daraxt tanasi bo‘lib, bir paytning o‘zida unga bir nechta kishi sigʻadi.
Ponalarni mahalliy aholi toshlardan qurgan tayanch-piramidalar ushlab turadi
[
Nurota qo`riqxonasi – Mojurum Archasi (Mojurum qishlog`i)
Aydar-Arnasoy koʻllari tizimi – Mirzachoʻl bilan
Sharqiy Qizilqum tutashgan joydagi
koʻllar. Shimoli-sharqdan janubi-gʻarbga choʻzilgan tektonik
botiqda joylashgan. Koʻllar dengiz sathidan balandligi 250 m tashkil etadi. Koʻllar vujudga kelgunga qadar, uning oʻrni
geomorfologik jihatdan Qizilqum kabi
eol qum relyefidan iborat boʻlgan. Pastqamliklarni esa
shoʻrxok va mayda koʻllar egallagan. 1969-yilda
Chordara suv omboridan 21 km
3 suvning chiqarib tashlanishi natijasida, pastqamliklar suv bilan toʻlib, bir necha koʻl vujudga keldi. Koʻllar oʻzaro tor oʻzanlar orqali tutashgan. Umumiy
uzunligi 350 km, eng keng joyi 40 km, oʻrtacha chuqurligi 3 m ni tashkil etadi. Aydar-Arnasoy koʻllariga
Markaziy Mirzachoʻl tashlamasi orqali shoʻr
zovur suvlari ham kelib quyiladi (hajmi 1,6-1,8 km³),
shoʻrligi 1 litrda 4-5 g.
Qishda Chordara suv omboridan maʼlum miqdorda chuchuk suv oqiziladi, shuning uchun koʻl suvining minerallashuv darajasi unchalik yuqori emas. Arnasoy koʻlidan ortiqcha suv tor yoʻlak orqali
Aydar ko‘liga oqib oʻtadi. Koʻllar
qamishzorlar bilan band. Aydar-Arnasoy koʻllarida suvda suzuvchi
qushlar,
tovon baliq,
zogʻora baliq,
laqqa baliq,
sudak,
leshch va boshqa
baliqlar mavjud. Arnasoy koʻllarida
baliq ovlanadi.
3-KUN. НОНУШТА, AYDARKO`LDA QUSHLARNI KUZATISH, CHO`MILISH, TUYACHILIK FERMASIGA KELISH, TUYADA SAYR QILISH VA TUYA SUTIDAN TATIB KO`RISH, TUSHLIK.
Tuyachilik va tuya suti. Tuyachilik – chorvachilikning tuyalarni koʻpaytirish va ulardan foydalanish bilan shugʻullanuvchi tarmogʻi; tuyalar biologiyasi, seleksiyasi, zootexnikasi, xoʻjalik ahamiyatini oʻrganadigan fan. Tuyachilik xoʻjaliklari choʻl, chala choʻl va quruq dasht mintaqalarida joylashgan. Issiq iqlimga moslashgan dromedar (bir oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning janubiy mintaqalari, Turkmaniston, Tojikiston, Afgʻoniston, Hindiston, Eron, Turkiya va Afrika mamlakatlarida, sovuqqa chidamli baktrian (ikki oʻrkachli) tuyalar Oʻzbekistonning shimoliy qismida, Qozogʻiston va Qirgʻiziston, Rossiyaning Astraxon viloyati, Qalmiq choʻllarida, Tuva, Oltoy oʻlkasida, Mongoliya, Xitoyning gʻarbiy mintaqalarida yetishtiriladi va ulardan foydalaniladi.
Yevropa mamlakatlaridan Ispaniyada ham tuyalar bor. Ularni VIII-asrda mavrlar Afrikadan olib oʻtgan. 1886-yilda tuyalar Avstraliyaga ham keltirilgan, quruq dasht iqlimi, shoʻrxok choʻllari tufayli tuyalar bu yerda yashab ketgan.
XX-asrning 30-40-yillarida Toshkent yilqichilik, tuyachilik, xachirchilik va boshqa yukchi hayvonlar tajriba styasida tuya resurslarini oʻrganish, tuyada naslchilik ishlarini tashkil etish, ularni asrash, parvarish qilish, ulardan sifatli mahsulotlar olish kabi mavzular boʻyicha tadqiqot ishlari olib borildi.
Hozirgi paytda tuyachilik sohasi boʻyicha ilmiy-amaliy ishlar respublika chorvachilik va qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqot institutlarida olib boriladi. Oliy va oʻrta maxsus qishloq xoʻjaligi oʻquv yurtlarida tuyachilik mustaqil fan sifatida oʻqitiladi.
Tuya sutining foydali tomonlari
Oziqlanish qiymati.
Oqsil miqdori yuqori. Tuya suti oqsillar, shu jumladan kazein va zardob oqsiliga boy bo‘lib, ular organizm tomonidan oson so‘riladi:
- Yog‘ miqdori past. Odatda sigir sutiga qaraganda kamroq yog‘ tarkibiga ega va bu
- Immunitet tizimiga foydasi;
- Ovqat hazm qilish salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Allergiya va laktozani singdira olmaslik hollarida foydali;
- Qandli diabetga chalinganlar uchun foydasi kattadir.
4-5 kunlar. Samarqand shahriga yetib kelish, Samarqand muzeylarini aylanish, tushlik. Zarafshon qo`riqxonasida chodirda tunash.
Jizzax-Samarqand marshruti.(Registon, Go‘r Amir, Islom Karimov maqbarasi, Siyob bozori, Mirzo Ulug`bek rasatxonasi)
Jizzax shahridan Samarqand shahrigacha bo‘lgan marshrut xaritasi
(110 km-2 s.4 daqiqa)
Samarqand –
Oʻzbekiston qadimiy shahardir.
Amir Temur ordeni sohibi. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938-yildan). 1925-1930-yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning janubi-gʻarbida, Zarafshon vodiysining markaziy qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan. Oʻrtacha balandligi 695 m. Toshkentdan 300 km. Samarqanddan Toshkent – Dushanbe, Toshkent – Turkmanboshi, Toshkent – Uchquduq – Qoʻngʻirot temir yoʻllari, Katta Oʻzbek trakti (Toshkent – Termiz yoʻli) oʻtadi. Shahar aholisi va xoʻjaliklari Shovdor, Bogʻishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning oʻrtacha harorati 25,9°C, eng baland harorat 40-42°, yanvar oʻrtacha harorati 0,2°C, eng past harorat -26°C. Maydoni −120 km². Aholisi 585 ming kishi (2024).
2022-yilning 15–
16-sentyabr kunlari
ShHTga aʼzo davlat rahbarlarining tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻlgan
Samarqand sammiti boʻlib oʻtgan.
Samarqand–Zarafshon milliy bog`i marshrutida Zarafshon milliy bog`i hududi, Zarafshon daryosi ko‘riladi va ekoso‘qmoqlardan otda va piyoda sayr qilinadi
Samarqand – Zarafshon milliy bo`g`i marshrui xaritasi (16,6,km-40 daq.)
Zarafshon milliy tabiat bogʻi – Oʻzbekistonning Samarqand viloyati Bulungʻur va
Jomboy tumanlari hududida joylashgan qoʻriqlanadigan hudud.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi 82-sonli qarori asosida
Zarafshon davlat qoʻriqxonasi negizida tashkil qilingan. Hududi — 2426 gektar
[1].
Yurtimizda, shifobaxsh xususiyatlari bebaho, inson qo‘li tegmagan tabiatning ajoyib vodiylari mavjud. Sof tabiat har qanday shifokordan ham yaxshiroq davolaydi. Tog‘ buloqlari va zich archa o‘rmonlari, to‘qayzorlar va shaffof ko‘llarning qadri nimada? Bunday joylarni ko‘z qorachig‘idek asrash kerak, va bizning davlatimiz boshqa narsalar qatori Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar yaratish orqali xuddi shu ishlarni amalga oshirmoqda. Bunday parklardan biri – Zarafshon milliy tabiiy parkidir. U o‘zining beg‘ubor o‘rmonlari va tog‘ bo‘yidagi o‘simliklari, biologik xilma-xilligi va tabiiy sharoitlari bilan mashhur.
Miliy bog` 1975 – yilda Samarqand viloyatining janubiy-sharqida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab tashkil etilgan. Uning maydoni ikki ming gektardan ortiq erni egallaydi.
Park hududi, tor chiziq kabi daryo bo‘ylab, 46 km. uzunlikda yoyilgan. Parkni tashkil etishdan asosiy maqsad noyob florani inson qo‘li tegmagan holda saqlab qolish edi. Hududining kichikligiga qaramay, bu erda to‘qaydan tashqari, tol, terak, yulg‘un, chakanda, qamish, qizilmiya, supurgi, jiyda va boshqa ko‘p mevali daraxtlar ham o‘sadi. Zarafshon qo‘riqxonasi – chakanda o‘simligi tog‘li hududda emas, tekislikda o‘sadigan yagona joydir.
Jizzax shaxidan Baxmal tumanining Boyqo`ng`ir qishlog`Iidagi “Boyqo`ng`ir o`tovlari” gacha marshrut xaritasi (53,4 km.-1 s.55 daq.)
6-KUN. ZOMIN DAVLAT QO`RIQXONASI HUDU ATRIFIDAGI MILLIY O`TOVLARGA YETIB KELISH VA JOYLASHISH. ZOMIN DAVLAT QO`RIQXONASI BO`YLAB SAYOXAT. EKOTURISTIK (QIRQ QIZ-1, ODAM QO`ZIQORIN) MANZILLARIGA BORISH.
Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi –
Jizzax viloyatida joylashgan.
Turkiston tizma toglari gʻarbiy qismining
shimoliyyon bagʻrida, Koʻlsoy va Gʻoʻralassoy
havzalarini ishgʻol etgan.
Janubiy Tojikiston bilan chegaradosh.
Maydoni 15,5 ming
ga, shundan 11,2 ming ga
archa oʻrmonzorlari. Dastlab
1926-yilda Gʻoʻralas togʻ-archa qoʻriqxonasi
nomi bilan tashkil etilgan.
Qoʻriqxonada togʻ-oʻrmonlarini va archa biologiyasini oʻrganish, archazorlarni koʻpaytirish,
hayvon va
oʻsimlik turlarini saqlab qolish ishlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq sharoitlariga koʻra, qoʻriqxonada 3 oʻsimlik mintaqasi (
dasht, oʻrmon,
subalp) mavjud. Qoʻriqxona hududi tipik
togʻli oʻlka boʻlib,
dengiz sathidan 1760–3500 m
balandlikda (eng yuqori nuqta– Turalas togʻi 3560,5 m balandlikda). Yillik oʻrtacha v
yogʻin miqdori 400 mm dan ortiq.
Iqlimi keskin
kontinental, maksimal
harorat yozda 33°,
qishda −35−38°. Qoʻriqxona hududida
archazorlarning quyi qismida (1900–2700 m) Zarafshon archasi va qora archa, oʻrta qismida (2100–2800 m) sovur archa, yuqori qismida (2100–3200 m) oʻrik archa usadi. Bulardan eng koʻp uchraydigani sovur archadir. U qora archa va oʻrik archa orasida ham oʻsaveradi. Qoʻriqxonada 180, hatto 400 yoshga kirgan archalar bor. Archadan tashqari Tyanshan
chetani, Turkiston
qayini;
butalardan zirk,
naʼmatak,
uchqat,
irgʻay,
tobulgʻioʻsadi. Qoʻriqxona
hayvonot dunyosi xilma-xil. Qoʻriqxonada Respublika
Qizil kitobiga kiritilgan turkiston
silovsini, oq tirnoqli
ayiq,
arhar, bars shuningdek,
boʻri,
boʻrsiq,
tulki,
jayra,
toʻngʻiz va b. yashaydi. Qoʻriqxona hududida
oʻsimliklarning 720, turli
qushlarning 130,
sut emizuvchilarning 37
turi,
sudralib yuruvchilardan 8,
baliqning bir turi tavsiflangan. Qoʻriqxonada uning hayvonot va oʻsimliklar dunyosini oʻrganish boʻyicha ilmiy va amaliy ahamiyatga ega boʻlgan tadqiqot ishlari olib boriladi.
Baxmal tumanining Boyqo`ng`ir qishlog`idan Zomin milliy bog`igacha bo`lgan marshrut xaritasi
7-kun. Zomin xalq bogʻi,
Zomin milliy bogʻi – Zomin togʻ-oʻrmon mintaqasida qishki sport turlari markazi, sogʻlomlashtirish sport majmuasi tarzida 1976-yilda tashkil etilgan. 1978-yilda „Oʻzbekiston xalq bogʻi“ nomi berilgan. 1993-yildan hozirgi nomda. Tarkibiga Zomin oʻrmon xoʻjaligining Zomin uchastkasi, Oʻrmon xoʻjaligi institutining Koʻlsoy tayanch punkti, Zomin togʻ-oʻrmon davlat qoʻriqxonasi kirgan. Umumiy mayd. 24,1 ming ga
Z.x.b. Zomin tumanirya, asosan, Turkiston togʻi, qisman Molguzar togʻining 1000—4030 m gacha boʻlgan balandliklarida joylashgan. Uning geomorfologik landshafti har xil boʻlib, tabiiy sharoitlari togʻ balandlik poyaslariga bogʻliq. Hududining geologik tuzilishida eng yuqori tabaqani har xil paleozoy (slanets, ohak, qum-toshlar) yotqiziqlari tashkil qiladi. Paleogen va neogen yotqizqilari ham keng rivojlangan. Ayniqsa kengligi 500 m va chukurligi 450 m teng boʻlgan Choʻrtanga jarligidagi sharshara, Supa tekisligi turistik jihatdan katta eʼtiborga ega.
Bu bogʻ hududida asosan Sangzor va Zominsuv daryosi havzalari joylashgan. Umuman bogning gidrografik tarmoqlari unchalik qalin emas. Xalq bogʻining umumiy iqlimi kontinental va qurgʻoqchil. Bogʻhududida Sangzor —1307 m, Koʻlsoy — 2100 m, Guralash — 2260 m va Shahriston — 3200 m meteorologik st-yalari joylashgan. Togʻoldi yerlarida yillik yogʻin miqdori 353 mm, baland togʻlarda 348 mm, oʻrta togʻlarda esa 405 mm ga teng, ularning 50—6 bahor fasliga toʻgʻri keladi. Havoning yillik oʻrtacha nisbiy namligi 30— 35 % tashkil qiladi, oʻrtacha yillik harorat koʻrsatkichi 21,7°—26,3° ga teng . Koʻlsoy, Shahriston punktlarida iyun oyining oʻrtacha harorati 21,9°—9,9° ga teng .
Bogʻda toʻq kulrang, och jigarrang, archa oʻrmonzor tuproqlari, yuqori togʻ yaylov, oʻtloqi-botqoqi, oʻtloqi tup-roqlar turlari uchraydi. Oʻsimliklar dunyosi dasht, archa oʻrmonzorlari, togʻ kserofitlari va subalp poyaslaridan iborat. Archazorlar bogʻ maydonining 55 % tashkil qilib, 2000—3000 m balandliklarda joylashgan. Bu yerda archaning zarafshon (qora archa), sovur-archa va turkiston archalari turlari tarqalgan. Bogʻ mintaqalarida 400 yoshli va undan katta archalarni uchratish mum-kin. Ayniqsa bogʻ hududida dorivor oʻsimliklarning 30 dan ortiq turi, lolalarning koʻpligi, mevali butalarning keng tarqalishi eʼtiborga sazovor. Umumiy oʻsimliklar turlari soni 100 dan ortiq. Bogʻda daraxtlarning 8, butalarning 15 va oʻt-oʻlanlarning 220 dan koʻproq turlari uchraydi.
Hayvonot dunyosi bogʻning landshaftiga qarab moslashgan, ammo ularning tarqalishida alohida chegara yoʻq. Pastki togʻ landshaftlarida (400—2000 m) tulki, quyon, choʻl boʻrisi, boʻrsiq, turkiston sassiq kuzani; oʻrta togʻ landshaftlarida oq tirnokli ayiq, yovvoyi toʻngʻiz, tulki, quyon, boʻri, baland togʻlarda ayiq, toʻngʻiz, oʻrta osiyo togʻ ech-kisi, Seversev qoʻyi, oq suvsar, si-lovsin; uy sichqoni, oʻrmon sichqoni, archazor sichqoni, olmaxon; qushlardan — chugʻurchuq, burgut, mayna, sava, koʻk qargʻa, zagʻizgʻon, sariq chumchuq, bul-bul, chugʻurchuq, burgut, ular, qirgʻiy, ukki, saʼva, loyxoʻrak, kabutar bor. Zominsuv va Sangzor irmoqlari boʻlgan soylarda marinka va shoh baliqlar koʻp; ilonlardan sariq ilon, suv iloni, chipor ilon, qalqontum-shuq ilon, turkiston agamasi va suv baqalari uchraydi.
8-kun. Xayrlashuv