Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

YANGILANAYOTGAN KONSTITUTSIYA MENING KELAJAGIMDA

  Atabayev Shapulat Eshpulatovich, Boshlang‘ich ta`lim fakul’teti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchsi telefon:+998915651976 electron manzil:shapulatatabaev@gmail.com Uzoq vaqt davomida o‘qituvchilar arzimagan maosh uchun ishdan tashqari vaqtda ham majburiy mehnatga jalb qilindi. Yuqori tashkilot, hokimlik xodimlari tomonidan ta’lim dargohlar buyruqbozlik nuqtasiga aylantirildi. Buning oqibatida pedagoglar ta’lim bilan shug‘ullanib emas, hisobot yuritish kabi turli qog‘ozbozlikni bajarish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Bugungi kun nigohida-chi? Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev har bir nutqida jamiyat rivoji ta’lim-tarbiya masalalari va o‘qituvchi qadr-qimmatiga bog‘liq ekanligiga alohida to‘xtalib o‘tmoqda. Har qanday jamiyat tamadduni ta’lim va uning yetakchi maqsadi aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan boʻladi. Ijtimoiy barqarorlik, iqtisodiy yuksalish, tinchlikni taʼminlash, inson sogʻlom va farovon umr kechirishi uchun davlat ta’limda kuchli ijtimoiy siyosat olib borsa ko‘zlangan natijaga erishiladi. Umuman olganda jamiyatimiz har bir aʼzosi tarixiy davrda yashayapti va 2023-yilda Respublikamiz siyosiy hayotida oʻziga xos burilish kechmoqda va unda fuqarolar faol qatnashmoqda. Maʼlumki, 30-aprel sanasida Referendum oʻtkaziladi va mazkur siyosiy kompaniyaga qizgʻin taraddud koʻrilmoqda. Konstitutsiya chinakam xalqparvar davlatchilik negizini yaratishi, aholi farovonligini oshirishi, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada yuksaltirishi, barcha sohalarni liberallashtirishda muhim va mustahkam poydevordir. Yangi Oʻzbekistonda faollik, yaratuvchanlik, ijodkorlik ruhida yashash odamlar uchun ijobiy muhit taqozosi, ijtimoiy zaruratga aylanmoqda. Konstitutsiya xalqchilik, insonparvarlik, bagʻrikenglik va ezgulik gʻoyalari bilan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni baholash va yondashishda milliy, umuminsoniy qadriyatlar uygʻunligining ustuvorligiga tayanmoqda. Innovatsion taraqqiyot shiddati inson kapitali rivojiga yoʻl ochish bilan birga fikrlash tarzini, ijtimoiy va maʼnaviy-axloqiy qarashlarni oʻzgartirishni talab qiladi. Pirovardida butun jamiyatning modernizatsiyasi va yangi sifat holati transformatsiyasiga olib keladi. Inson kapitalini amalga oshirishdagi yana bir omil – bu “fuqarolik” komponenti sanaladi. Oʻz diyori fuqarosi sifatida burch va masʼuliyatga oid rollarni bajarish, shaxsiy pozitsiyasini namoyon etish uchun doimiy tayyorgarlik hamda maʼmuriy, huquqiy hamda siyosiy munosabatlardagi faollik inson kapitali formulasidir. Shaxsdan vatan manfaatlarini muhofazalash, xavfsizlikni taʼminlash, belgilangan axloq qoidalariga rioya etish, istiqomat qilayotgan joyidagi ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy masala-muammolarda daxldorlik va burch soʻraladi. Inson kapitali bilim, tajribalar, strategik rejalar, kishilarning intellektual-maʼnaviy kamoloti, shuningdek, muayyan maqsadlari, qiziqish va layoqati tarzida ham milliy zaxira hisoblanadi. Taʼlim tizimi globallashuv va axborot asrida eng samarali sotsial kapital deb eʼtirof etiladi. Unga sarflangan har qancha moliyaviy xarajat uzoq muddat kuttirsa-da, natijalar esa toʻla-toʻkis oʻzini oqlashi aniq boʻldi. Umuman, dunyoning ilgʻor respublikalarida soʻnggi oʻn yillikda taʼlim – atom va elektronika, bilim va texnologiyalar zamonida barqaror rivojlanishning bosh omili va kaliti ekanligini hukumatlar, siyosiy elita va aholi tarafidan chuqur anglab yetilgani kuzatiladi. Ha, erkin fuqarolik, huquqiy demokratik jamiyat qurishda taʼlim-tarbiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yangilanayotgan Bosh huquqiy hujjatning mukammal ishlay boshlashi xalqimiz turmush-tarzini yanada yaxshilaydi. Birgina ta’lim sohasiga qaratilgan jarayonga e’tibor qarqataylik. 41-moddaning amaldagi matni bunday edi: “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Ayni moddani quyidagicha yangi tahrirga oʻtkazish taklifi va matbuotda eʼlon qilingan loyihaga binoan, 50-modda: Har kim taʼlim olish huquqiga ega. Davlat uzluksiz taʼlim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlaydi. Davlat maktabgacha taʼlim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Davlat bepul umumiy oʻrta taʼlim va boshlangʻich professional taʼlim olishni kafolatlaydi. Umumiy oʻrta taʼlim majburiydir. Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta taʼlim davlat nazoratidadir. Taʼlim tashkilotlarida alohida taʼlim ehtiyojlariga ega boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim va tarbiya taʼminlanadi. 51-modda: Fuqarolar davlat taʼlim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy maʼlumot olishga haqli. Oliy taʼlim tashkilotlari qonunga muvofiq akademik erkinlik, oʻzini oʻzi boshqarish, tadqiqotlar oʻtkazish va oʻqitish erkinligi huquqiga ega. 52-modda: Oʻzbekiston Respublikasida oʻqituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sogʻlom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning maʼnaviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida eʼtirof etiladi. Davlat oʻqituvchilarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan oʻsishi toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi. Har qanday inson kapitalining mavqei mamlakat miqyosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Bunda biz (ekspertlar fikri ham) doimiy taʼkidlab keladigan “Taʼlim faqatgina shaxsning kelajakdagi muvaffaqiyati emas, balki jamiyat va qolaversa, millatning jamoaviylikka yoʻnaltirilgan kelajagiga sarmoya” ekanligini unutmaslik kerak. Demak, inson kapitali orqali Yangi Oʻzbekistonda ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy yuqori dinamikasini taʼminlashga erishiladi. Xususan, yoshlarning oliygohlarda davlat hisobidan grant asosida o‘qish huquqi Konstitutsiyada belgilanmoqda. Ya’ni, bu bilan iqtidorli yoshlarning davlat hisobidan oliy ta’lim olish imkoniyati kafolatlanmoqda. Bu oliy ta’limda hamisha davlat granti uchun kvotalar ajratiladi va ushbu tartib hech qachon bekor bo‘lmaydi degani. Shu bilan birga, nogironligi bor bolalarga o‘z tengdoshlari bilan bir xil ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratish, ya’ni inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat o‘ziga majburiyat olmoqda. E’tibor bering. Konstitutsiyaviy qonun loyihasida pedagog xodimlarga oid qoidalar qayta ko‘rib chiqildi va o‘qituvchi kasbiga nisbatan yuksak hurmatni hamda ularning ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvchi alohida yangi modda kiritildi. Xususan, “O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish va tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi” degan qoida o‘rnatilmoqda. Bundan tashqari, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy o‘sishi haqida g‘amxo‘rlik qilishi mustahkamlanmoqda. Afsuski, korrupsiya, monopoliya, masʼuliyatsizlik, layoqatsizlik, mahalladoshlik, beparvolik kabi illatlar xalqimiz farovonligiga, butun davlatning barqaror rivojlanishiga jiddiy taʼsir ko‘rsatayotganini bugun ochiq tan olamiz. Konstitutsiyamizni esa bugun o‘zgartirmasak, uni zamon talablariga javob beradigan meʼyorlarga moslashtirmasak, jamiyatimizni zanglagan “zangi”dan qutula olmaymiz, bundan tashqari, raqobatbardosh, zamonaviy, eng ilg‘or davlat bo‘lishimiz uchun ko‘p yillar kerak bo‘ladi. Belgilangan maqsad — raqobatbardosh, zamonaviy, eng ilg‘or davlatga aylanish, bu afsona emas, bu haqiqatga intilishimiz kerak. Biz qurayotgan jamiyatda inson omili muhim o‘rin tutadi, bu esa inson manfaatlarining ustuvorligiga asoslanadi. Yangilangan Konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” tamoyiliga asoslanadi, chunki unda barcha toifalar — yoshlar, ayollar, nogironlar, o‘qituvchilar va hatto jinoyatchilar (adashgan fuqarolar)ning huquq va manfaatlari o‘z ifodasini topgani bilan amaliy ahamiyatga ega. Biz o‘zimizning, xalqimiz Konstitutsiyasini qabul qilish arafasida turibmiz, bu haqda mamlakatimiz har bir fuqarosi “Bu mening Konstitutsiyam” deb ayta oladilar, bu jamiyatimizga juda zarur. Yangilanayotgan Bosh Qomusimizda inson va fuqaroning huquq, erkinlik va majburiyatlari tenglik hamda teng huquqlilik asosida amalga oshiriladi. Shunday ekan, uning har bir moddasi inson qadr-qimmatini himoyalaydigan, Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyotini belgilab beradigan Konstitutsiya to‘g‘risidagi referendumda “Yangi O‘zbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam” deb g‘urur va iftixor bilan qatnashaman.