Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Yakuniy nazoratlar adolatli va shaffof o‘tsin…

Kuni kecha Jizzax davlat pedagogika isntituti bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida 2020-2021 o‘quv yili kuzgi semestr yakuniy nazoratlari boshlandi. Yakuniy nazoratlarni shaffof va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida institut  jamoatchilik kengashi tomonidan ishchi guruhlari tashkil etildi. Ushbu guruh a’zolari har bir fakultetga biriktirilgan bo‘lib ular yakuniy nazoratalar o‘tkazilayotgan  aiuditoriyalar va ma’ruza zallarida bo‘lish bilan bir qatorda professor o‘qituvchilar bilan ham suhbatlar olib borishmoqda. Ana shunday tadbirlardan  biri Chet tillar fakultetida bo‘lib o‘tdi.   Biriktirilgan ishchi guruhi vakillari, fakultet dekani, o‘qituvchilar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda dastavval  fakultet dekani Abdug‘ofir Mamatov so‘z olib bugun prinsipial bir birimizning yuzimizga qarab gapiradigan payt kelganligini, oddiy talaba o‘z ustozidan unga va tengdoshlariga  o‘rnak bo‘lishini dadil ayta olishini, korrupsiyaga sira yo‘l yo‘qligini,  Buning uchun esa  vijdonan yondoshish lozimligini   ta’kidlab o‘tdi. Samimiy  suhbat tarzida bo‘lib o‘tgan tadbirda institut jamoatchilik kengashi tomonidan tashkil etilgan gurux vakili Muzraf Rabbimov ham so‘zga chiqib    talabaga ortiqcha yuklamalar qo‘ymaslik ularga imkon darajada yengillik berish va shu bilan bir qatorda yakuniy nazoratalarni adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash borasida bir qator tavsiyalarni berib o‘tdi.