Xalqaro hamkorlik bo’limi
Bo’lim boshlig’i:
Djelyalov Marlen Zoidovich
Telefon: +(99890) 180 32 23
Elektron manzil:
Ish vaqti: 8.30 – 17.00
Jizzax davlat pedagogika universitetining ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirib, dunyo rivojlangan davlatlarning tajribasini o’rganib, quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
- Oliy ta’lim muassasasi professor o’qituvchilarning malakasini oshirish;
- Oliy ta’lim muassasasi professor o’qituvchilarning xorijiy ilmiy ammaliy seminar, konferentsiya va simpoziumlarda keng ishtirok etishi;
- Professor o’qituvchilarning va talabalarning xorijiy almashinuv dasturlari va treninglarda qatnashuvi;
- Xorijiy o’qituvchi va professorlarning oliy ta’lim muassasasiga, ta’lim jarayonini takomillashtirish va tajriba almashinuvi maqsadida ishlashga taklif etish;
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik Janubiy Koreya Respublikasi, Angliya, Fransiya, Rossiya Federatsiyasi, Belorusiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston, Hindiston va boshqa qator davlatlar bilan hukumatlararo va shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ushbu shartnomalar parofessor o’qituvchilar va talabalar almashinuvi, ularning turli konferentsiya va simpoziumlarda ishtirok etishi, qo’shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilmiy maqolalar chop ettirish va hokazo vazifalarni ko’rib chiqadi. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xitoy Xalq Respublikasining Ta’lim Vazirligi o`rtasida 1999 yil 8 noyabrdan belgilangan “Ta’lim sohasida hamkorlik” to’g’risidagi shartnoma doirasida Xitoy oliy ta’lim muassasalarida O’zbekistonning qator oliy ta’lim muassasalaridan 40 ta talaba, fan nomzodlari, va yosh mutaxassislar amaliyot o’tamoqdalar. Oliy ta’lim muassasasi Britaniya Kengashi, Koreyaning xalqaro hamkorlik bo’yicha agentliklari, Hindiston texnik hamkorlik dasturi, BMTning rivojlanish dasturi, va boshqalar bilan yaqindan aloqa o’rnatgan.
Ushbu barcha dastur va loyihalar JDPU da oliy ta’limni rivojlantirish, ilg’or xorijiy tajribani qo’llagan holda o’quv-metodik jarayonni takomillashtirish, professor o’qituvchilarning malakasini oshirish, talabalar almashinuvini kengaytirishga yo’naltirilgan.
Shuningdek JDPU Yevropa Ittifoqining Erasmus Mundus nomli ta’lim dasturlarida faol ishtirokini alohida ta’kidlash joiz. O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari hamda JDPU Yevropa Ittifoqining talabalar, o’qituvchilarning akademik tezkorligi, universitetlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Erasmus Mundus dasturida ham ishtirok etadi. Dasturlar doirasida talaba va o’qituvchilar Yevropa oliy ta’lim muassasalarida ilmiy amaliyot o’tash imkoniyatiga ega bo’lishadi. Hozirgi kunda xorijiy o’qituvchi va mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb qilish bo’yicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlikka katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalishdagi eng faol ish Koreyaning xalqaro hamkorlik bo`yicha agentligi KOICA bilan olib borilmoqda. Shuningdek Jizzax davlat pedagogika universiteti ikkita xorijiy Oliy Ta’lim Muassasasi bilan qo’shma ta’lim dasturlariga ega bular Belorusiyaning Baranovich universiteti bilan «2+2» ko’rinishida hamda Belorusiya davlat pedagogika universiteti bilan «3+1» ko’rinishida.