Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Volontyorlar ezgu ishlar targ‘ibotchilari …

Vazirlar mahkamasining «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risidagi» Qonunu  ijrosini ta’minlash maqsadida Sh. Rashidov tumani «Umar» MFY axoli yashash xududida qator tadbirlar tashkil etildi. Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali bo‘lgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi. Kam ta’minlanganlarni, ishsizlarni, ko‘p bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yordam ko‘rsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yo‘nalishlaridan biridir. Ana shu ezgu maqsadlarni o‘z oldiga maqsad qilib olgan universitet volontyorlari  dastlab Sh.Rashidov tumani “Umar” MFY da Yolg‘iz yashovchi va kam ta’minlangan xonadonlar holidan xabar olishdi. Xongadon sohiblarining hovlisi  tartibga keltirildi, qish uchun o‘tinlar maydalab berildi, daraxtlar butaldi.

Shu kuning o‘zida volontyor talabalar  Nogironligi mavjud bo‘lgan xonadonlarda bo‘lishib, ularga  Qorbobo sovg‘alarini  ulashishdi. Kunning ikkinchi yarmida  «Prezident avlodlari» nomi bilan yuritiluvchi Maktabgacha ta’lim tashkilotida «Yangi yil» tadbiri tashkil etildi. Qorbobo, qorqiz va ertak qaxramonlari bolajonlarga unitilmas zavq baxsh etidi. 60 nafar bolajonlarga Qorbobo va qorqiz sog‘alari ulashildi. Universitet rektori tomonidan qo‘llab quvatlangan bu tashabbus so‘ngida  «Umar» MFY hududida joylashgan  umumta’lim maktablarida yuqori sinf o‘quvchilari uchun motivatsion treninglar tashkil etildi.Kun davomida oliygoh tomonidan ajratilgan avtobus volontyor talabalar xizmatida bo‘ldi. Pedagogika va psixologiya fakultetining 28 nafar ko‘ngilli talabalar  tadbir tashkilotchisi bo‘lishdi. Ma’lumot uchun: “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun davlatimiz rahbari tashabbusidir. Uni ishlab chiqish va qabul qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 mayda imzolangan “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.