Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlik
Jizzax davlat pedagogika universiteti dunyodagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan 60 tasi bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Hamkor xorijiy oliygohlarning 11 tasi top 1000 talika kirgan.

1. Portsmut universiteti
2. Janubiy Federal universiteti
3. Novosibirsk davlat universiteti
4. M.Auezov nomli Janubiy Qozog‘iston universiteti
5. Sankt-Peterburg davlat universiteti
6. Jorjiya davlat universiteti
7. Tomsk davlat universitetlari
8. N.G.Chernishevskiy nomidagi Saratov davlat milliy tadqiqot universiteti
9. Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Qozoq-Turk universiteti
10. Qozon Federal universiteti
11. Al-Farobiy nomli Qozog‘iston milliy universiteti

2024-yilda universitetda Qirol Sejong koreys tili markazi ochildi. Jizzax davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan Qirol Sejong koreys tili o‘quv markazi koreys tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi Janubiy Koreya Respublikasidagi asosiy muassasalardan biri hisoblanadi. 2024-yilda JDPUning o‘quv jarayonlariga 40 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etildi. Shulardan 22 nafari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hisoblanadi.