Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70110401
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)

Boshlang’ich ta’lim mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70110401 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlash barcha Oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuasini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • 70110401 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) qo‘shimcha ravishda oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek ta’lim sifatini monitoring qilish davlat inspeksiyasi, viloyat, tuman xalq ta’limi boshqarmalarining ta’lim sifatim monitoring qilish bo‘limlari kabi kompleks masalalar, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilmiy-pedagogik tadqiqot;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ma ’naviy-ma ’rifiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o ‘rta maxsus, kasb-hunar ta ‘limi tizimidagi pedagogik faoliyat.
Kasbiy vazifalari

70110401 – Ta ’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta ’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistr akademik darajasini olgandan so‘ng Oliy ta’lim muassasalari hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi tarmoq ITIlarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirish mumkin.

Ilmiy-pedagogik faoliyatida:

-ilmiy, amaliy tadqiqotlami o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklami kashf etish;

ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlami ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalami tuzish;

Ilmiy adabiyotlar va intemet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;

llmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;

mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalami ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlaming konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

Oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;

o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

elektron (e-leaming), mobil (m-leaming), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualami mukammal o‘zlashtirish;

pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish.

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

Ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish;

ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish;

milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi;

tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, insonning ma’naviy qiyofasi haqida bilimlarga ega bo‘lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatida hamda zamonaviy ilmiy tadqiqotlarda foydalana olish;

shaxsning inson, jamiyat, atrofmuhitgabo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlami kasbiy faoliyatida qo‘llay olish;

yangi bilimlami mustaqil o‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilish;

o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilish;

o‘z faoliyatida me’yoriy huquqiy hujjatlardan foydalana bilish;

fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish;

o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olish;

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qoTga kiritilgan ilmiy natijalami umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
1.00 Majburiy fanlar
1.01 ITM1105 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 1
1.02 YO‘TSTTI1205 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim sohasidagi islohotlar 150 5 2
1.03 BTFN1205 Boshlang‘ich ta’lim fanlar nazariyasi 150 5 2
1.04 MFO‘M1305 Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi 150 5 3
1.05 PK1405 Pedagogik kompetentlik 150 5 4
Jami: 750 25
2.00. Tanlov fanlar 1050 35
Jami: 1800 60
Ilmiy faoliyat: 1800 60 1-4
Hammasi: 3600 120