Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang’ich ta’lim)
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70110201
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim)

Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70110201 – Ta ’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuasini ifodalaydi.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • 70110201-maktabgacha ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, barcha ta lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish,O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, markaziy va mahaliy davlat boshqaruvi organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqariga oid kompleks masasalami hal etish, shuningdek sohani rivojlantirishda xavfsizlikni ta’minlash, istiqbolni belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirigan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilmiy-pedagogik tadqiqot;
  • ma’naviy-ma’rifiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
Kasbiy vazifalari

70110201 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Maktabgacha ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Ilmiy-pedagogik faoliyatida:

o‘quv jarayonini rejalashtirish- DTS va O‘D larining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, talabalaming extiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, fanlami korrelyatsiya va integratsiya tamoyillariga ko‘ra rejalashtirish, darsning aniq maqsad va natijalariga ko‘ra dars rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida dars shakllari va usullarini rejalashtirish, o‘quv, namoyish va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

ta’lim samaradorligini ta’minlash- dars maqsadlariga ko‘ra talabalar imkoniyatidan kelib chiqib vazifalami belgilash, dars mavzusiga mos namoyish va tarqatma materiallardan foydalanish, darsda vaqt taqsimotini to‘g‘ri rejalashtirish ta’lim jarayonida AKTdan unumli foydalanish, talabalaming o‘zlashtirish natijalariga ko‘ra darsni tashkil etish va ta’lim berishdagi yondashuvlaming samaradorligini tahlil qilish, talabalaming ta’limiy maqsadlariga mos keladigan o‘qitish usullari va yondashuvlami tanlash, o‘qitishning faol usullaridan foydalanish, talabalaming asosiy kompetensiyalari va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan usullardan foydalanish, talabalaming jamoaviy va loyihaviy ishlarini tashkil etish, o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalaridan foydalanish, talabalarga differensial yordam berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, talabalami mustaqil fikrlash imkoniyatini yaratish, darsda motivatsiyaga erishish, auditoriyada samarali muloqotga erishish;

o‘zlashtirishni baholash va qayta aloqani taqdim etish- ta’lim natijalarini baholash uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini diagnostika qilish uchun turli usul va vositalardan foydalanish, ta’lim natijalarini taxlil qilish, dars rejasi va usullarini moslashtirishda tahlil natijalaridan foydalanish, baholash mezonlarini bilishi va amalda qo‘llay olishi, mavjud muammolami aniqlay olishi va taxlil qilish;

tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish- tarbiyaviy ishlaming zamonaviy, interaktiv shakl va usullarini mashg‘ulot hamda auditoriyadan tashqari ishlarda qo‘llash, tarbiyaviy ishlarda talabalaming jinsi, yoshi, madaniy va individual xususiyatlarini inobatga olishi, ta’lim muassasasining ustavi va ichki tartib qoiadalariga muvofiq talabalar uchun aniq odob-axloq qoidalarini o‘matish, ijtimoiy sog‘lom muhitni yarata olish, talabalarda kognitiv faollik, mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodkorlik fuqarolik pozitsiyasi, mehnatga layoqati, sog‘lom va xavfsiz turmush tarzi madaniyatini rivojlantirish;

xavfsiz rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish va ta’minlash- talabalar orasida o‘zaro hurmat muhitini yaratish, talabalarga auditoriya hayotida teng imkoniyatlar yaratish, nizoli vaziyatlarda optimal yechimli qaror chiqara olishi, talabalar bilan individual ishlar olib borishi, zamonaviy ommaviy axborot vositalari dunyosida xavfsiz ishlashga yordam bera olish;

o‘z-o‘zini rivojlantirish va kasbiy o‘sish- muntazam malaka oshirish kurslaridan o‘tish, fanga oid adabiyotlar bilan tanishib, yangi bilimlami amaliyotda qo‘llash, kasbiy faoliyat yuzasidan seminar va treninglarda ishtirok etish hamda tashkil etish, o‘zaro darslarda qatnashish, darslami tahlil qilish, ochiq darslar o‘tkazish, kasbiy faoliyatda kerakli o‘zgarishlami amalga oshirish;

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

Ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosi, iqtisodiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ lishi;

Shaxsiy o‘sishga intilishni shakllantirish va obyektiv baholash, shuningdek, ta’lim oluvchilaming intellektual rivojlanish darajasini oshirish ko‘nikmalariga qobiliyatlilik.

yIjtimoiy va kasbiy vazifalami hal etishda ijtimoiy, gumanitar va iqtisodiy fanlaming asosiy qoidalari va metodlaridan foydalanishga qobiliyatlilik.

Ona tilida o‘z fikrlarini tizimli va erkin bayon etish, ilmiy matnlar bilan ishlash, ommaviy nutq so‘zlash uchun ona tili va chet tillaridan birida yozma va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini egallaganlik.

Muloqotga kirishish va maxsus matnlami tushunish uchun chet tillardagi bilimlardan foydalanish.

Axborotni olish, saqlash va qayta ishlash metod, usul va vositalaridan foydalanish; global kompyuter tarmoqlar bilan ishlash ko‘nikmalariga egalik.

Ijtimoiy o‘zaro harakatga kirishishda ta’lim ishtirokchilarining etnomadaniy o‘ziga xosliklarini hisobga olish.

Axloqiy me’yorlar va ma’naviy madaniyatni o‘zlashtirish.

Ilmiy tadqiqotlami tashkil etish, ilmiy bilish yutuqlariga erishish tamoyillarini anglash;

Gigiena, mehnat muhofazasi va tashqi ta’sirlardan himoya qilish qoidalari talablariga muvofiq, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirishga qobiliyatlilik.

O‘quv-tarbiya jarayonini modellashtirish va uni ta’lim amaliyotiga tatbiq etish;

Maktabgacha turli yosh davrlarida insonning xulq-atvori va faoliyatini boshqarishning o‘ziga xosliklari, psixik va psixofiziologik rivojlanishning maxsus qonuniyatlari hamda individual o‘ziga xosliklarini hisobga olish vositalaridan foydalanish qobiliyatiga egalik;

Psixologik va pedagogik tadqiqotlaming miqdor va sifat metodlarini egallaganlik;

O‘qitish, tarbiya, rivojlanishning turli nazariyalariga doir bilimlar, ta’limning turli bosqichlarida o‘qitish dasturlaridan foydalanish qobiliyati;

Ta’lim jarayoni subyektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va shaxslararo o‘zaro harakatini tashkil etish usullarini egallaganlik;

Pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyat kasb etishini tushumsh, kasbiy etika tamoyillariga rioya qilish;

Jamiyatning ijtimoiy-madaniy tuzihnasining o‘ziga xosliklari, shuningdek, milliy tarbiyaning qonuniyat va tamoyillarini hisobga olgan holda, ko‘pmadaniyatlilik muhitida kasbiy fa oliyatni tashkil etish usullarini egallash;

Kasbiy vazifalami hal etishda fanlararo va vakolatli tuzilmalaming birgalikdagi faoliyatida ishtirok etishga qobiliyatlilik;

Kasbiy faoliyatda bola huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro va milliy me’yoriy-huquqiy hujjatlardan foydalanish qobiliyati;

Tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik;

Ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalami rivojlantirishga yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalami umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
Majburiy fanlar 900 30
1.01. ITM1205 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 1
1.02 YaO’TSTI1105 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar 150 5 1
1.03 MPTM1105 Maktabgacha pedagogik tadqiqotlarni modellashtirish 150 5 1
1.04 OTMFO’M1205 Oliy taTimda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 150 5 2
1.05 MTBIA1305 Maktabgacha taTim boshqarishning ilmiy asoslari 150 5 3
1.06 PAkml405 Pedagogik akmeologiya 150 5 4
2.00 Tanlov fanlar 900 30
Tanlov fanlar 900 30
Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi
3.00 Ilmiy faoliyat 1800 60
Jami: 3600 120