
Ta’lim muassasalarining boshqaruvi mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.
Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
Kasbiy faoliyatining sohalari:
- 70110103 – Ta’lim muassasalarining boshqaruvi magistratura mutaxassisligi – ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
- Kasbiy faoliyatlarning turlari:
- iilmiy-tadqiqot faoliyati;
- pedagogik faoliyat;
- ma ’naviy-ma ’rifiy;
- tashkiliy-boshqaruv;
- oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o ‘rta maxsus, professional ta ’lim tizimidagi pedagogik faoliyat.
70110103 – Ta’limda muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, ob’ektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bolishi lozim:
Pedagogik faoliyatda:
-fanning zamonaviy yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlaming puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
-ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirish jarayonini motivatsiyalash va faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligiga erishish, didaktik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish, mavjud bilimlami doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish, har bir darsni tashhis etish, prognozlash va puxta loyihalashtirish;
har bir mashg‘ulotning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlami hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish va o‘zlashtirishning eng yangi texnologiyalarini qo‘llash, turli xildagi shakl, metod va vositalardan mos ravishda foydalanish;
ilmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o’tkazish, ilmiy loyihalami ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega boTish;
fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega boTishi;
o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan boTishi;
kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish;
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilish;
ilmiy faoliyati natijalari bo‘yicha davlat va xorijda e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash ko‘nikmalariga ega bo‘ lishi
davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash malakalariga ega bo‘ lishi;
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalami egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligida kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalami bajarish yordamida amalga oshiriladi. Majburiy fanlar – magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalami egallashga qaratilgan, zamr tayanch bilim va ko‘nikmalami ta’minlaydigan fanlar majmuasidir. Tanlov fanlari – magistratura mutaxassisligi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalami kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, qo‘shimcha kvalifikatsiya olishga xizmat qiladigan, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.
Fanlar katalogining tuzilishi
| Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Soat | Kredit | Semestr |
|---|---|---|---|---|---|
| 1.00 | Majburiy fanlar | 840 | 28 | ||
| 1.01 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 150 | 5 | ||
| 1.02 | Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim sohasidagi islohotlar | 150 | 5 | ||
| 1.03 | Ta’lim menejmenti asoslari | 150 | 5 | ||
| 1.04 | Ta’limda innovatsiyalami boshqarish | 150 | 5 | ||
| 1.05 | Kasbiy ma’naviyat | 90 | 3 | ||
| 1.06 | Ta’limda sifatni boshqarish | 150 | 5 | ||
| 2.00. | Tanlov fanlar | 960 | 32 | 3.00. | Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 |
| Hammasi: | 3600 | 120 |
