Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70110101
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Pedagogika nazariyasi va tarixi

Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalari uchun majburiy talablar majmuasini ifodalaydi.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • 70110101 – Pedagogika nazariyasi va tarixi ta’lim sohasidagi mutaxassislik bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, ilmiy- tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limni amalga oshimvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, Bilim va malakalarni baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilmiy-pedagogik tadqiqot;
  • ma ‘naviy-ma ’rifiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • pedagogik.
Kasbiy vazifalari

70110101 — Pedagogika nazariyasi va tarixi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:

ilmiy, amaliy tadqiqotlami o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklami kashf etish;

ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlami ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalami tuzish;

ilmiy adabiyotlar va intemet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, pedagogik, yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;

ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish; mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalami ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlaming konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;

o‘quv jarayonini va ilmiy faoliyatni tashkil qilish, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish;

elektron (e-leaming), mobil (m-leaming), masofaviy axborot texnologiya va o‘quv-metodik majmualami mukammal o‘zlashtirish;

pedagogik va ilmiy mahorati hamda malakasini muntazam oshirib borish. manbalarga asoslangan holda, innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilish, davr uchun dolzarb, hal etilishi lozim bo‘lgan va takomillashtirish talab etiladigan yo‘nalishlarga doir mavzulami aniqlay olish;

ilmiy-tadqiqotlami o‘tkazish va yangi ilmiy hamda amaliy natijalami olish; zamonaviy tadqiqot metodlari va metodologiyasi, ta’lim-tarbiyaga doir nazariyalar, konsepsiyalar, ilg‘or tajribalardan foydalanish;

ilmiy muammolami hal etishning konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

o‘quv jarayonini rejalashtirish: DTS va O‘Dlarining maqsadlariga muvofiq o‘quv reja ishlab chiqish, taTim oluvchilaming ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqib o‘quv dasturlarini moslashtirish, aniq maqsad va natijalariga ko‘ra o‘quv mashg‘ulotlari rejasini ishlab chiqish, differensial yondashuv asosida taTim shakllari va metodlarini loyihalashtirish, o‘quv, ko‘rgazmali va tarqatma materiallardan foydalanishni rejalashtirish;

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olishi, takomillashtirishi va o‘z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;

milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g’oyaning nazariy asoslarni anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilishi;

o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilishi;

o‘z faoliyatida meyoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;

fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;

ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo‘lishi;

kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;

xorijiy tillardan birini ilmiy muloqot va kasbiy malaka almashish vositasi sifatida egallagan bo‘lishi;

axborotni to‘plash, saqlash, ularga ishlov berish va ulardan foydalanish usullarini egallashi;

o‘zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil qarorlar qabul qila bilishi;

axborot, bilim, ma’lumotni bir-biridan farqlash malakasiga ega bo‘lishi, axborot texnologiyalaridan foydalana olishi;

bugungi axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot texnologiyalarining mohiyati va ahamiyatini tushunish, axborot xuruji xavfi va tahdidlami anglash, axborot xavfsizligining asosiy talablariga rioya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

intemet tarmog‘idan axborotlami olish, saqlash, qayta ishlashning asosiy usullari va vositalariga ega bo‘lishi, axborotni boshqarish vositasi sifatida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;

pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishi;

ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishi;

davlat, nodavlat va notijorat tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish uchun loyiha tayyorlash,

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalami umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
1.00 Majburiy fanlar 1200 40 1-3
1.01 ITM1205 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 2
1.02 YO‘TSTTI1205 Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar 150 5 1
1.03 PPAH05 Pedagogikaning pragmatik aspektlari 150 5 1
1.04 TP1105 Tadqiqiy pedagogika 150 5 1
1.05 IFPTE1305 Innovatsion- pedagogik faoliyatni tashkil etish 150 5 3
1.06 PFT1405 Pedagogik fikrlar taraqqiyoti 150 5 4
Jami: 900 30
2.00 Tanlov fanlar 900 30
Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi
Jami: 1800 60
Ilmiy faoliyat 1800 60 1-4
Hammasi: 3600 120