Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70111201
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi

Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70111201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • 70111201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi – qo‘shimcha ravishda oliy ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tadimni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish va boshqarish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilmiy-pedagogik;
  • ma ’naviy-ma ’rifiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
Kasbiy vazifalari

70111201 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim:

Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:

Fanning zamonaviy yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlaming puxta o‘zlashtirilishi uchun zamr sharoitlami yaratish;

ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirish jarayonini motivatsiyalash va faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligiga erishish, didaktik vositalardan samarali foydalanish;

zamr bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish, mavjud bilimlami doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish, har bir darsni tashxis etish, prognozlash va puxta loyihalashtirish;

har bir darsning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlami hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish va o‘zlashtirishning eng yangi texnologiyalarini qo‘llash, turli xildagi shakl, metod va vositalardan mos ravishda foydalanish;

jamoaviy faoliyat usullari bilan birga ta’lim oluvchilaming mustaqil faoliyatlarini tashkil etishning turli shakllaridan foydalanish, tezkor qayta aloqani ta’minlash, nazorat va boshqaruvni dmalga oshirish, darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash;

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g’oyaning nazariy asoslarni anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilishi;

o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilishi;

o‘z faoliyatida meyoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;

fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;

ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo‘lishi;

kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qo’lga kiritilgan ilmiy natijalami umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
1.00 Majburiy fanlar 900 30 1-4
1.01 ITM1105 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 150 5 1
1.02 YaO‘TSTT1205 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida taTim tizimidagi islohotlar 150 5 2
1.03 JTSSIFTQ1105 Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish 150 5 1
1.04 JTSNM1305 Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi 150 5 3
1.05 JTSSIFTQ1405 Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy faoliyatni tashkil qilish 150 5 4
1.06 JMBTYo‘O‘JTQ1405 Jismoniy madaniyat bakalavriat taTim yo‘nalishida o’quv jarayonini tashkil qilish 150 5 4
Jami: 900 30
2.00 Tanlov fanlar 900 30
Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi
3.00. Ilmiy amaliyot 1800 60 1-4
Hammasi: 3600 120