Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi (tarix)
Ta’lim shakllari: kunduzgi
Beriladigan daraja: magistr
Ta’lim tillari: o‘zbek
Dastur kodi: 70220303
Dastur davomiyligi: 2 yil
Dastur nomi: Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix)

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Tarix) mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.

Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.

70610105 – Ta’limda axborot texnologiyalari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.

Kasbiy faoliyatining sohalari:

  • umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarix fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
  • o‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
  • oliy ta’limda tarix fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
  • qayta tayyorlash, malaka oshirish bo‘yicha ta’lim muassasalarida tarix fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
  • umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish kabi kompleks masalalami majmuasini qamrab oladi.
  • Kasbiy faoliyatlarning turlari:
  • ilm iy-pedagogik;
  • ma ’naviy-ma ‘rifiy, tashkiliy-boshqaruv;
  • Mutaxassislik bo‘yicha tayyorlangan magistrlar kasbiy faoliyatlarining muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi tomonidan aniqlanadi.
Kasbiy vazifalari

70220303 – Ijtimoiy-gumanitar fanlami o‘qitish metodikasi (tarix) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bo‘lishi lozim.

Ilmiy pedagogik faoliyatida:

ilmiy, amaliy tadqiqotlami o‘tkazish, tajriba natijalarini tahlil qilish va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy yangiliklami kashv etish;

ilmiy maqolalar, ma’ruzalar, risola, o‘quv adabiyotlar tayyorlash va tahrir qilish, o‘tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha ilmiy sharhlami ishlab chiqish, referatlar va bibliografiyalami tuzish;

ilmiy adabiyotlar va intemet tarmog‘ida eng yangi ilmiy, konstruktorlik, texnologik va ekspluatatsion yutuqlar haqidagi ma’lumotlami maqsadga yo‘nalgan holda qidirish va topish;

ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish hamda faol ishtirok etish;

mos mutaxassislik mavzusi bo‘yicha ilmiy loyihalami ishlab chiqish, yechilayotgan ilmiy muammolar va topshiriqlaming konseptual va nazariy modellarini ishlab chiqish;

oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik va o‘quv-uslubiy faoliyat yuritish;

Kasbiy kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar

llmiy, amaliy tadqiqotlar olib borish, tajriba natijalarini qayta ishlash va ular asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish, ilmiy maqolalar tayyorlash va tahrir qilish, ilmiy seminar, konferensiya va simpoziumlami tashkil etish, o‘tkazish, ilmiy loyihalami ishlab chiqish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;

pedagogik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanishni bilish;

ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga innovatsion yondashishni bilish;

mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;

mutaxassisliklari doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITIlarda tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishga;

kadrlami qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb taTimi olish uchun tayyorlanadilar.

foydalanishda tarixiylik, aniqlik, xolislik, ishonchlilik tamoyillarini qo‘llay bilishi;

bajarilayotgan nazariy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar, informatsion va imitatsion modellami ishlab chiqish va tadbiq etish ko‘nikmalariga ega bo’lishi;

Amaliyotlarga qo‘yiladigan talablar

Ilmiy amaliyot – oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonlarini tashkillashtirish bilan tanishish, ya’ni bo‘limlar strukturasi va vazifalari, o‘quv jarayonini tashkil qilishdagi va o‘quv jarayonining direktiv va normativ hujjatlari, pedagogik faoliyatning boshlang‘ich mahorat ko‘nikmalarini o‘rganish, ta’lim muassalarida o‘tkaziladigan ilmiy ishlarda qatnashish, tanlab olingan fan bo‘yicha amaliyot davrida vazifalami bajarish (rahbar nazorati ostida), shu fanni o‘tish bo‘yicha uslubiy reja ishlab chiqishdan iboratdir.

Fanlar katalogining tuzilishi

Fan kodi Fanning malakaviy kodi O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari Soat Kredit Semestr
1.00 Majburiy fanlar 1200 40 1-3
1.01 ITM1205 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 120 5 2
1.02 YAO’TSTTIl105 Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida taTim tizimidagi islohotlar 150 5 1
1.03 OPTMFO’Ml105 Oliy va professional taTimda mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi 150 5 1
1.04 TFM1305 Tarix fani metodologiyasi 150 5 3
1.05 KM1305 Kasbiy ma’naviyat 150 5 3
1.06 JSTDM1405 Jahon sivilizatsiyalari tarixining dolzarb muammolari 150 5 4
2.00 Tanlov fanlar 900 30
Jami: 1800 60
Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi
3.00 Ilmiy faoliyat 1800 60 1-4
Jami: 3600 120