Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi
Muzey haqida
El-yurtimiz ozodligi, erkinligi va mustaqilligi uchun olib borilgan ko`p yillik mashaqqatli kurashlarni haqqoniy va to`laqonli aks ettirish, mustabid tuzum davridagi ommaviy qatag`onlar tufayli qurbon bo`lgan, insoniylik sha`ni, qadr-qimmati toptalgan vatandoshlarimizning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat tuyg`ularini kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta`lim muassasalari tuzilmasida Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 936-sonli qarori asosida Jizzax davlat pedagogika instituti tuzilmasida 2018 yil 31 avgust kuni Qatag`on qurbonlari xotirasi muzeyi tashkil qilindi. Muzey Viloyat Ma`naviyat va ma`rifat markazi binosida joylashgan, umumiy maydoni 192 kv.m. Muzey ekspozitsiyasi mavzuli reja va 3D loyihasi asosida tashkil etilgan. Ekspozitsiya Respublika Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag`on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi rahbariyati, Jizzax Davlat pedagogika instituti olimlari va muzeyshunoslik bo`yicha mutaxassislarining bevosita maslahatlari va ishtiroklari asosida tayyorlangan. Jizzax viloyati hokimining 719-son qarori (28.11.2017), O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2017 yil 28 noyabrdagi 869-son buyrug`i, Jizzax davlat pedagogika instituti rektorining 2017 yil 1 dekabrdagi 788 AFO-son buyrug`i Vazirlar Mahkamasi qarori ijrosini ta`minlashga qaratildi.
Hozirda muzeyda direktor va 4 nafar xodim faoliyat olib bormoqda: H.Bo`rieva-lektor-ekskursovod, A.Yunusova-fond nazoratchisi, B.Karimova-zal nazoratchisi.
Hozirda muzeyda direktor va 4 nafar xodim faoliyat olib bormoqda: H.Bo`rieva-lektor-ekskursovod, A.Yunusova-fond nazoratchisi, B.Karimova-zal nazoratchisi.
Fotogalereya
