Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Talabalarimiz faxrimiz
Universitetda 2023/2024-o‘quv yilidan talabalar uchun “Universitet stipendiyasi” joriy etilgan. O‘sha yilning o‘zida 9 nafar talaba “Universitet stipendiyasi” sohiblari bo‘lishgan. 2024/2025-o‘quv yilida 1 nafar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, 10 nafar talaba Navoiy, 1 nafar talaba Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi, 1 nafar Bobur nomli, 1 nafar Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari bo‘lishgan. 1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Innovatsion g‘oyalar yetkachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 10 nafar talaba Xalqaro fan olimpiadalari (1 oltin, 1 kumush, 8 ta bronza) g‘olibi bo‘lishdi. 1 nafar talaba Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligi tomonidan o‘tkazilgan ilmiy maqolalar tanlovida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 6 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi. 6 nafar talaba “Universitet stipendiyasi” sohibi bo‘ldi. 2 nafar talaba “Ulug‘bek vorislari” loyihalar tanlovining Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi. Shuningdek, 2 nafar talaba “Ulug‘bek jamg‘armasi” tomonidan tashkil etilgan tanlov g‘olibi bo‘ldi. 2024/2025-o‘quv yilida universitet kafedralar tomonidan iqtidorli talabalar uchun turli xildagi 98 ga yaqin ilmiy-ijodiy to‘garaklar tashkil qilingan.