Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Sanʼat va sportdagi faoliyat

Yopiq suzish havzasi

Zamonaviy yopiq suzish havzasi professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga berildi. Loyiha qiymati 3.07 milliard so‘m hisobiga qurib bitkazilgan mazkur inshoot professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ixtiyoriga beriladi. Bu yerda 27 x 9 metr o‘lchamdagi suzish havzasi, murabbiylar va shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish, kiyinish, tibbiyot va dezinfeksiya qilish uchun maxsus xonalar mavjud.

Maqom xonandalik ansambli

Universitetda Eson Lutfullayev nomidagi “Maqom xonandalik ansambli” tashkil etilgan. Hozirda ushbu ansamblga 42 nafar talabalar jalb qilingan. Ansambl repertuari universitet talabalariga, biriktirilgan maktab va mahallalar yoshlariga namoyish etib kelinmoqda, viloyatda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida faol ishtirok etib kelmoqda.