Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Axborot va muvofiqlashtirish
Universitetimizda axborot almashinuvi va muvofiqlashtirish tizimi samarali yo’lga qo’yilgan. Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi tomonidan universitetimizning rasmiy veb-sahifasi va qabul platformasi boshqariladi, bu esa abituriyentlar va talabalar uchun zarur ma’lumotlarni osonlik bilan olish imkonini beradi. Bugungi kunda университетда registrator ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u 40 ga yaqin turdagi xizmatlar bilan shug‘ullanadigan markazlashgan bo‘linma hisoblanadi. Registrator ofisi talabalarning shaxsiy hujjatlarini arxivgacha saqlash, “Registrator” ma’lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilash, transkriptni yuritish va unga talabalarning baholarini kiritish, bitiruvchilarning diplomlarini rasmiylashtirish va taqdim etish, talabalar kontingenti bo‘yicha statistika yuritish kabi vazifalarni amalga oshiradi.