30-sonli maktab
Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi 30-sonli tayanch maktabi 2023 yil qurib foydalanishga topshirilgan. Jizzax shaxri, Zargarlik MFY, 81-uy joylashgan 30 sonli umumta’lim maktabi 990 o‘ringa mo‘ljallangan. Darslar o‘zbek va rus tillarda olib boriladi. Ayni paytda maktabda 1059 nafar o‘quvchi mavjud. Pedagoglar soni 73 nafarni tashkil etadi. Jizzax davlat pedagogika Universitet rektorining 2023 yil 8 sentyabrdagi 362-U sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra universitet tayanch maktabi sifatida belgilangan Jizzax shahridagi 30-sonli umumta’lim maktabida o‘quv jarayoni, 4+2 talabalar amaliyoti, dars sifati, o‘qituvchilarning bilim berish darajasi, to‘garaklar bilan ishlash jarayonlari tashkil etilgan.
