Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/12/2021
Chop etish
Musiqa madaniyati fakul’tetida “ Biz diniy ekstrimizim va terrorizm va zo‘ravonlikka qarshimiz”mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda institut Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Abduvalieva, Jizzax shaxar IIB ning xotin-qizlar masalasi bo‘yicha katta inspektori Nodira Rizqulova, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor, katta leytenant Dilnoza Jumanova,  Fakul’tet dekani X.Omonov kafedra mudiri N.Xasanovalar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.   Davra suhbatini Musiqa madaniyati fakulteti dekani X.Omonov  o‘zining kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda, Ekstremizm va terrorizm hamda zo‘ravonlikka  qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari ishtirokchi ma’ruzachilar tomonidan atroflicha yoritib berildi.

Ma’lumki, ekstremizm va terrorizm eng xatarli hamda oqibati eng xunuk jinoyat xisoblanib, butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi tahdiddir. Bu mudhish qilmishlar yovuz niyatli kimsalar tomonidan dunyoning xohlagan mintaqasi, mamlakati, hududida turib, turli shakl va usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan ekstremizm va terrorizm  hamda zo‘ravonlikka qarshi kurashda yoshlarning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiya muammolari, globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiya tizimi orqali yoshlarning  qat’iy fuqarolik pozitsiyasini, ularning ongida zo‘ravonlik va yot g‘oyalarga murosasizlikni shakllantirish, ekstremizm va terrorizm umumiy profilaktikasi, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda O‘zbekiston yondashuvlarining xalqaro-siyosiy ahamiyati va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.


Ulashish:
843
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.