Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Moliyaviy-xo’jalik

A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat pedagogika instituti moliya iqtisod tizimi doirasida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida
M A ‘ L U M O T

Jizzax Dalvat pedagogika instituti Jizzax shaxri Sharof Rashidov shoh ko’chasi 4-uyda joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 101766 m2 ni tashkil etadi. Shundan 6300 m2 ni yo’laklar, 21943 m2 ni bog’ va gulzorlar 73523 m2 ni o’quv maydoni va institut hududidan iborat. Institut hududi to’liq temir panjaralar bilan o’ralgan. Instiutga tegishli 8 ta binolar mavjud bo’lib shundan 4 tasi o’quv binolar, 1tasi sport majmuasi, 1tasi talabalar turar joyi, 1tasi bolalar dam olish oromgohi va yozgi chumilish xavzasi binolaridan iborat. Ushbu mavjud binolarda jami 445 ta xonalar mavjud bo’lib, 197 ta leksiya, 16 tasi laboratoriya, 66 tasi ma’muriy xizmat xonalari va 19 tasi 147 tasi talabalar turar joyiga tegishli xonalarni tashkil etadi. Shu bilan birga institut xududida zamonaviy (tipavoy) sport maydonlari jumladan, yugurish, futbol, valeybol, basketbol, gandbol, yengil va og’ir atletika bilan shug’illanish maydonchalari mavjud bo’lib, sport bilan shug’illanuvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bolalar sportini rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi farmon va qarorlarini institut faoliyatiga tadbiq etish maqsadida ham bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Jumladan mavjud barcha sport maydonchalari xar mavsum davomida to’liq ta’mirlanib qo’shimcha sport jixozlari bilan ta’minlanmoqda. Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanish va mablag’larni iqtisod qilish maqsadida xomiylar mablag’lari jalb qilinib, institut joylashgan maxalla yoshlarining sport mashg’ulotlari bilan shug’illanishlari uchun sport maydonchasi qurilib, barcha shart-sharoitlar yaratildi. Ushbu xarajatlarga 150 mln dan ortiq xomiylar mablag’i jalb qilindi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi PQ-1271-sonli va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 avgustdagi “ta’lim muassasalarida sog’lom ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 184-sonli qarorlarining ijrosini ta’minlash hamda byudjet mablag’larini iqtisod qilish maqsadida tadbirkorlar jalb qilinib, tadbirkorlar mablag’lari hisobidan institut xududida to’liq sanitariya-gigiyena talablari darajasidagi ovqatlanish shaxobchalari tashkil etilib, institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar uchun sifatli xizmat ko’rsatilishi institut ma’muriyati mas’ul xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bundan tashqari byudjetdan tashkari tadbirkorlik asosida mablag’lar ishlab topish, maishiy xizmat ko’rsatish va servis soxasini rivojlantrish maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan tadbirkorlarni jalb qilgan holda institut xududida arxitektura talablari darajasida kitob do’koni, suratxona va maishiy xizmat ko’rsatish shaxobchalari tashkil qilinmoqda. Shu bilan birga institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilarning ilmiy saloxiyatidan samarali foydalanish va ularni qo’shimcha moddiy ma’naviy qo’llab-quvvatlash maqsadida qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil etilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 martdagi 154-f-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning 2012 yil 9 martdagi “Ta’lim muassasalarida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish oyliklari hamda umumxalq xayriya xasharini tashkil etish tug’risida”gi 101-sonli hamda O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2012 yil 4 aprelda tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 16 martdagi xalq deputatlari Toshkent shahri kengashida so’zlagan nutqidan kelib chiqib, institut hududlarida ta’mirlash, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish va sug’orish tizimini tashkil etish tug’risida”gi 142-sonli buyruqlarining ijrosini ta’minlash shu bilan birqatorda, obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish hamda hududlarni tozalash kabi ishlarni keng qamrovda olib borish maqsadida institutning ichki buyruq va chora tadbirlari ishlab chiqarilib, faoliyatga doimiy tadbiq etilib, bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan xududdagi mavjud barcha turdagi mevali va manzarali daraxtlarga shakllar berilib, bir xil o’lchamda oqlandi. Xududda tozalash obodonlashtirish ishlari olib borilib, chiqindilar maxsus chiqindilarni tashlash joylariga olib borildi. Kommunikasiya tarmoqlariga tuxtaladigan bo’lsak, kanalizasiya tarmog’i markaziy oqavaga ulangan, tabiiy gaz mavjud bo’lib isitish qozonlari gazga mo’ljallangan. Umuman oxirgi 3 yil davomida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larni o’z maqsadida to’g’ri sarflanishini ta’minlash ortiqcha xarajatlarning oldini olish hamda byudjet mablag’larini iqtisod qilish maqsadida kommunal xizmat turlari elektr energiya, tabiiy gaz va suv va oqova suv to’lovlari so’ngi 2010-2011-2012 yillar uchun 440 mln dan ortiq mablag’ rejalashtirilib, ushbu yillar davomida rejalashtirilgan mablag’lardan oqilona foydalanish va ortiqcha to’lovlarning oldini olish hamda byudjet mablag’larini iqtisod qilish maqsadida 198 mln ga yaqin mablag’lar iqtisod qilindi. Bundan tashqari institut hududida artizanquduq mavjud bo’lib, muntazam ravishda ichimlik suvi va hududni obodonlashtirish bo’yicha to’liq sug’orish tizimi yo’lga quyilgan. Ushbu artizanquduq mavjudligi sababli, shaxar ichimlik suvi va suv oqova korxonasiga ulanmaganligi tufayli cho’ngi uch yil davomida 95 mln dan ortiq mablag’ iqtisod qilindi.

Qurilish-ta’mirlash va obodonlashtirish hamda moddiy-texnika bazani rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar

Institut hududida obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish hamda qurilish ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida xam oxirgi 3 yil davomida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan har yili bahor va kuz-qish mavsumlariga tayyorgarlik ishlarini olib borish maqsadida hududdagi barcha mavjud mevali va manzarali daraxtlarga shakllar berilib, daraxtlarning past qismlari bir xil o’lchamda oqlanadi. Hududga mavsumiy turli xildagi gul ko’chatlari o’tkazilib, yo’laklardagi bardyorlarga oqlanib ranglar beriladi. Chiqindilar o’z vaqtida shahardagi mavjud maxsus chiqindilarini tashlash joylariga olib chiqiladi. Institutda qurilish va joriy ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan: 2010 yil davomida institutda hozirgi arxitektura zamon talablari darajasidagi yangi institutga bosh kirish darvozasi qurildi. Shu bilan birga institut talabalar turar joyining isitish tarmoqlari, tom qismlari, xorijiy tillar va tasviriy san’at fakultetining tashqi fasad qismi sport kompleks binosining fasad qismi joriy ta’mirlandi. Uzoq yillardan buyon foydalanilmasdan ta’mir talab holga kelib qolgan profilaktoriya binosi to’liq kopital ta’mirdan chiqarilib, o’quv binoga moslashtirilib foydalanishga topshirildi. Institut hududidagi yo’laklarning 650 m2 qismiga plitkalar yotkizildi. Umuman o’tgan 2010 yil davomida qurilish ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari uchun jami institut shartnoma mablag’lari hisobidan 154 million so’m miqdorida rejalashtirilib, ushbu mablag’ o’z maqsadida samarali sarflandi. Institutda 2010 yil davomida institut professor o’qituvchilari, ishchi-hodimlari va talabalari uchun shart –sharoitlarni yaxshilash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish maqsadida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi.Jumladan: yumshoq stul 110 dona 4 620 000 so’mlik, yarim yumshoq 180 dona 8 100 000 so’mlik, talabalar stoli (parta) 100 ta 13 000 000 so’mlik, stol bir tumbali 10 ta 1300 000 so’mlik, kompyuter stoli 20 ta 1 600 000 so’mlik, o’qituvchilar stoli 100 ta 9 000 000 so’mlik, talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun shart-shaoitlarni yaxshilash maqsadida 165 ta 24 600 000 so’mlik kravat-divanlar, 230 ta 1 0720 000 so’mlik tumbochkalar va 50 dona 2 000 000 so’mlik yumshoq stol-stullar bilan ta’minlandi. Bundan tashqari zamonaviy orgtexnika kompyuter va printerlar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi zamon talablari darajasiga javob beradigan yassi ekranli pentyum-4 rusumli kompyuter 39 dona 54 000 000 so’mlik, professor o’qituvchilar tomonidan berilayotgan darslarning sifatini tekshirib borish maqsadida o’quv leksiya xonalariga 8 dona 11 175 175 so’mlik o’rnatildi kuzatuv kameralari ham o’rnatildi. Umuman 2010 yil davomida moddiy texnika bazasini rivojlantirish o’quv mebel jixozlari va orgtexnika vositalarining xaridi uchun jami 140 115 175 (Bir yuz qirq million bir yuz o’n besh ming bir yuz yetmish besh) so’m miqdorida mablag’ sarflandi. 2011 yil davomida institut sport kompleksi joriy ta’mirlandi. Tom qismining 150 kv.m qismi ruberoid bilan joriy ta’mirlandi, pedagogika-psixologiya fakulteti va institut binolariga kirish tashqari eshiklariga kozerok (kirish ayvonchalari) o’rnatildi. Institut hududining kirish qismlari binolardagi mavjud o’quv va laboratoriya xonalari joriy ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari institut talabalari uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida yozgi suv xavzasi to’liq joriy ta’mirlandi. 2011 yil davomida institutda qurilish ta’mirlash ishlari uchun 73 934 500 (Yetmish uch million to’qqiz yuz o’ttiz to’rt ming besh yuz) so’m miqdorida mablag’ moliyalashtirilib ushbu mablag’lar o’z maqsadida sarflandi. 2011 yil davomida moddiy texnika bazasini rivojlantirish va shart-sharoitlarni bosqichma bosqich yanada yaxshilash maqsadida professor-o’qituvchilar stoli 25 ta 2 575 000 so’mlik, kompyuter stoli 75 ta 7 400 000 so’mlik, talabalar stoli 190 ta 27 000 000 so’mlik, yumshoq stul 185 dona 11 100 000 so’mlik, bir tumbali stol 90 dona 12 645 000 so’mlik, kitob javoni 40 dona 8 000 000 so’mlik, kiyim javoni 20 dona 4 900 000 so’mlik, ekranli proyektor 5 dona 14 340 000 so’mlik, o’qituvchilar stuli 16 dona 1 920 000 so’mlik, zamonaviy sovutgich (kondisioner) 5 dona 14 880 000 so’mlik, printer trivadnom 4 dona 5 580 000 so’mlik, printer kanon 28 dona 16 800 000 so’mlik, yassi ekranli pentyum-4 rusumli kompyuterlar 97 dona 110 000 000 so’mlik hamda bundan tashqari talabalar turar joyida yashovchi talabalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida 250 komplekt ko’rpa-yostiq, matros va choyshablar 25 000 000 so’mlik, 66 dona divan – krovat 10 626 000 so’mlik jami 2011 yil davomida moddiy texnika bazasini rivojlantirish o’quv mebel jixozlari va orgtexnika vositalarining xaridi uchun jami 272 766 000 (Ikki yuz yetmish ikki million yetti yuz oltmish olti ming ) so’m miqdorida mablag’ sarflandi. O’tgan 2012 yil davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20-maydagi PQ 1533 – sonli “Oliy ta’lim muassasalarida qurilish ta’mirlash va jixozlar ishlarini samarali tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorining ijrosini ta’minlash va institutga tadbiq etish yuzasidan institutda qurilish ta’mirlash, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish xam bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan: talabalar turar joyining isitish tizimi to’liq kapital ta’mirlanib, tom qismi xam to’liq kapital ta’mirdan chiqarildi. Bosqichma-bosqich asosida o’quv va auditoriya xonalari joriy ta’mirlanib, kirish fayelariga miramirlar yotkazilib institut binolariga kirish eshiklari zamonaviy akfa eshiklariga almashtirildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 9 apreldagi №146-sonli “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 4 apreldagi 98-son qarori ijrosini ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institut Axborot resurs markazi ham 2012 yil to’liq kapital ta’mirdan chiqarilib, ARM dan foydalanuvchilar uchun qo’shimcha shart-sharoitlarni yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy kompyuter sinflari tashkil etilib, elektron darslik va ma’lumotlar bilan boyitildi. Shu bilan birga Baxmal, G’allaorol, Forish, Mirzacho’l va Arnasoy tumanlaridan axborot resurs markazining filiallari tashkil etilib, ushbu filiallar ham to’liq zamonaviy kompyuter va qo’shimcha jixozlar bilan ta’minlanib, axoliga xizmat qilmoqda. 2012 yil davomida qurilish ta’mirlash ishlarini rejaga asosan jadal ravishda olib borish va institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan professor-o’qituvchilar, ishchi xodimlar va talabalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida Tasviriy san’at va mexnat ta’limi fakulteti uchun ayollar va erkaklar uchun 8 tadan 16 kamerali hozirgi zamon arxitektura talablari darajasida yangi xojatxona qurilib foydalanishga topshirildi. Shu bilan bir qatorda birgina 2012 yil davomida byudjet mablag’larini iqtisod qilish maqsadida xomiylar mablag’lari hisobidan 25 mlndan ortiq mablag’ jal qilinib, institut hududidagi 700 kv.m dan ortiq yulaklarga asfaltlar yotkazildi. Umuman qurilish ta’mirlash ishlari uchun 151 233 884 (Bir yuz ellik bir million ikki yuz o’ttiz uch ming sakkiz yuz sakson to’rt) so’m rejalashtirilib, ushbu mablag’lar o’z maqsadida to’liq sarflandi. 2012 yil davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20-maydagi PQ 1533 – sonli “Oliy ta’lim muassasalarida qurilish ta’mirlash va jixozlar ishlarini samarali tashkil etish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorining ijrosini ta’minlash va institutga tadbiq etish yuzasidan institutda moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida zamonaviy yassi ekranli televizor 7 dona 11 250 000 so’mlik, yassi ekranli pentyum-4 rusumli kompyuter 30 dona 62 790 000 so’mlik, hozirgi zamon talablariga javob beradigan ekranli proyektor 22 dona 32 100 000 so’mlik, kondisioner 3 dona 4 650 000 so’mlik, kitob javoni stelyaj 10 dona 3 000 000 so’mlik, kompyuter stoli 25 dona 2 560 000 so’mlik, stol tumbasiz 50 dona 7 000 000 so’mlik, yarim yumshoqli stul 100 dona 5 000 000 so’mlik, talabalar partasi 200 dona 16 100 000 so’mlik, talabalar stuli 500 ta 19 190 000 so’mlik hamda yumshoq stul 200 dona 13 000 000 so’mlik jami 2012 yil davomida moddiy texnika bazasini rivojlantirish o’quv mebel jixozlari va orgtexnika vositalarining xaridi uchun jami 176 640 000 (Bir yuz yetmish olti million olti yuz qirq ming) so’m miqdorida mablag’ sarflandi. Umuman oxirgi 3 yil davomida byudjetdan tashqari tadbirkorlik asosida mablag’ ishlab topish borasida 2015 yilda 54 594 926 so’m, 2016 yilda 94 446 432 so’m va 2017 yilda 208 846 290 so’m jami uch yil davomida 357 887 648 so’m miqdorida mablag’ ishlab topilib, ushbu mablag’lar ish xaqi, moddiy yordam, moddiy rag’batlantirish va moddiy texnika bazasini rivojlantirish va boshqa xarajatlar uchun sarflanmoqda.2015, 2016 va 2017 yillar mobaynida institute moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida quyidagi orgtexnik vositalar xarid qilindi, kompyuterlar 220 dona, televizorlar 13 dona pilot  200 dona,printer va skanerlar 50,Quloqchin(naushnik)lar 64, UPS qurilmasi Server kompyuterlar uchun 2 dona(maxsus), Shaxsiy kompyuterlar uchun ham UPS lar 77 dona qurilmalar sotib olindi.    2017 yil Institut talabalar turar joyi  toliq rekonstruksiya qilindi, 4443000000 somlik ishlar bajarildi.  Tadbirkorlik asosida ishlab topilayotgan mablag’lar 2016 yilda 2015 yilga nisbatan 173 % ga, 2017 yilda esa 2016 yilga nisbatan 221 % ga oshmoqda. Joriy yil davomida ham byudjetdan tashqari tadbirkorlik asosida ishlab topilayotgan mablag’larni yanada rivojlantirib, ushbu mablag’lar hisobidan institut moddiy texnika bazasini mustahkamlash va qo’shimcha shart-sharoitlarni yaxshilashga sarflanishini asosiy maqsadlarimizdan biri etib belgilangan.