
Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim) mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.
Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
70111301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha pedagogika sohasida kadr tayyorlaydigan oliy taTim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi.
Kasbiy faoliyatining sohalari:
- 70111301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda Texnologiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
- Kasbiy faoliyatlarning turlari:
- ilmiy-pedagogik tadqiqot;
- ma ‘naviy-ma ’rifiy;
- tashkiliy-boshqaruv;
70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Texnologik ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi, magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari obyektlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ITIlarda katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirishi mumkin.
Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
fanning zamonaviy yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini xisobga olish asosida ular tomonidan bilimlaming puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
ta’lim oluvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirish jarayonini motivatsiyalash va faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligiga erishish, didaktik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish, mavjud bilimlami doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish, bir darsni tahlil etish, prognozlash va puxta loyihalashtirish;
har bir darsning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlami hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish va o‘zlashlirishning eng yangi texnologiyalarini qo‘llash, turli xildagi shakl, metod va vositalardan mos ravishda foydalanish;
ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g’oyaning nazariy asoslarni anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilishi;
o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilishi;
o‘z faoliyatida meyoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo‘lishi;
kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
Mutaxasislik bo‘yicha malaka amaliyot nazariy bilimlami mustahkamlash va amaliy jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikma va malakalar, tadqiqotchilik kompetentsyalarini shakllantirish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 4 hafta amalga oshiriladi. Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash ITI va IPI natijalari asosida qo’lga kiritilgan ilmiy natijalami umumlashtitish maqsadida o‘quv jarayonidan ajralgan holda 10 hafta amalga oshiriladi.
Fanlar katalogining tuzilishi
| Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Soat | Kredit | Semestr |
|---|---|---|---|---|---|
| 1.00 | Majburiy fanlar | 750 | 25 | ||
| 1.01 | ITM1105 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 150 | 5 | 1 |
| 1.02 | YO’TSTTI1205 | Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar | 150 | 5 | 1 |
| 1.03 | KYo’D1105 | Kasbga yo‘naltirish diagnostikasi | 150 | 5 | 2 |
| 1.04 | XTTIT1305 | Xalqaro tadqiqotlar va ta’limda innovatsion texnologiyalar | 150 | 5 | 3 |
| 1.05 | TTP1405 | Texnologik ta’limning prognostikasi | 150 | 5 | 4 |
| Jami: | 1050 | 35 | |||
| 2.00 | Tanlov fanlar | 1050 | 35 | 1-4 | |
| Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi | |||||
| Jami: | 1800 | 60 | |||
| Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 | |||
| Hammasi: | 3600 | 120 |
