
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika va astronomiya) mutaxassislik ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o’quv yili bo’yicha 60 kreditni to’plashi zarur. O’qish muddati 2 yil bo’lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to’lashi kerak.
Magistr uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o’quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo’ladi. Shundan – 50% auditoriya soati, 50% mustaqil ta’lim soatiga bo’linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o’zlashtirilishi lozim bo’lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko’rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o’z ichiga oladi.
70530510-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistlar tayyorlovchi barcha oliy ta’lim tashkilotlari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda asosiy o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb xisoblanadi.
Bitiruvchilar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida yoki mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Kasbiy faoliyatining sohalari:
- 70530510-Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (fizika w astronomiya) – tabiiy fanlar, matematika va statistika sohasidagi mutaxassishk bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlami o‘qitish, ilmiy- tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’limm amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida jarayonni loyihalashtirish, shuningdek pedagoglami qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari, Bilim va malakalami baholash agentligi, ta’lim markazlari kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
- Kasbiy faoliyatlarning turlari:
- ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyati;
- ma ’naviy-ma ‘rifiy;
- tashkiliy-boshqaruv;
70530510-Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (fizika va astronomiya) mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalami bajarishga qodir bolishi lozim:
Ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyatida:
fanning zamonaviy yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish, ta’lim oluvchilaming qiziqishlari, layoqati va talablarini xisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlami yaratish;
a’lim oluvchi shaxsining har tomonlama rivojlantirish jarayonini motivatsiyalash va faollashtirish, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligiga erishish, didaktik vositalardan samarali foydalanish; zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyatning ratsional usullarini shakllantirish, mavjud bilimlami doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish, bir darsni tahlil etish, prognozlash va puxta loyihalashtirish;
har bir darsning ta’limiy vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlami hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish va o‘zlashlirishning eng yangi texnologiyalarini qo‘llash, turli xildagi shakl, metod va vositalardan mos ravishda foydalanish;
ilmiy dunyoqarashga doir bilimlar tizimini egallagan bo‘lishi, umummetodologik fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlami mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil taxlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
milliy ma’naviy va umuminsoniy qadriyatlar bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini og‘zaki va yozma bayon etishi, milliy g’oyaning nazariy asoslarni anglagan holda “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot qurish” bosh g’oyasining mohiyatini hamda uning asosiy g‘oyalar bilan mutanosibligi va farqini bilishi;
o‘zining individual bilimlariga tayangani holda ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan muammolami tushunishi va ulami tahlil qilishi;
o‘z faoliyatida meyoriy-huquqiy hujjatlardan foydalana bilishi;
fikrlash madaniyati, muayyan tafakkur uslubiga, og‘zaki va yozma nutqini aniq bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;
o‘zlashtirilgan bilimlami ijodiy tanqidiy ko‘rib chiqish va tahlil qilishi, ulardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
ilmiy faoliyati natijalarini his qilishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyat shakllangan bo‘lishi;
kasbiy faoliyatda o‘zlashtirgan fanlaming asosiy qonunlaridan foydalanishi, metodlami tasniflashi, metodologik tamoyillardan ilmiy faoliyatida foydalana olishi;
Ilmiy amaliyot – oliy ta’lim muassalaridagi ta’lim jarayonlarini tashkillashtirish bilan tanishish, ya’ni bo‘limlar stmkturasi va vazifalari, o‘quv jarayonini tashkil qilishdagi va o‘quv jarayonining direktiv va normativ hujjatlari, pedagogik faoliyatning boshlang‘ich mahorat ko‘nikmalarini o‘rganish, ta’lim muassalarida o‘tkaziladigan ilmiy ishlarda qatnashish, tanlab olingan fan bo‘yicha amaliyot davrida vazifalami bajarish (rahbar nazorati ostida), shu fanni o‘tish bo‘yicha uslubiy reja ishlab chiqishdan iboratdir.
Fanlar katalogining tuzilishi
| Fan kodi | Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Soat | Kredit | Semestr |
|---|---|---|---|---|---|
| 1.00 | Majburiy fanlar | 1200 | 40 | 1-3 | |
| 1.01 | ITM1105 | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 150 | 5 | 1 |
| 1.02 | YaO‘TSTTI1205 | Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar | 150 | 2 | |
| 1.03 | MFO‘M1105 | Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi | 150 | 5 | 1 |
| 1.04 | ZFAFAKKA1205 | Zamonaviy fizika va astronomi- yaning fundamental asoslari, klassik va kvantoviy aspektlari | 150 | 5 | 1 |
| 1.05 | FATITTU1305 | Fizika va astronomiya ta’limida ilmiy tahlil va tadqiqot usullari | 150 | 5 | 3 |
| 1.06 | EFMT1305 | Eksperimental fizika metodlari | 150 | 5 | 3 |
| 1.07 | UTTFMYM1305 | Uzluksiz ta’lim tizimida fizikadan masalalar yechish metodikasi | 150 | 5 | 3 |
| 1.08 | Jami: | 1050 | 35 | ||
| 2.00 | Tanlov fanlar | 750 | 25 | 1-4 | |
| Kvalifikatsiya. Pedagog-tadqiqotchi | |||||
| Jami: | 1800 | 60 | |||
| Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 | |||
| Jami: | 3600 | 120 |
