To`lmay qolgan ko`nglimning o`rnisan “Ilm”
Inson yashar ekan, atrof-muhitga o`zining odil va oqilona munosabatlarini bildirish bilan birga, shu jarayonlarga bevosita aloqador bo`lib xizmat qiladi. “Bir xil fikrlash bu – fikrlamaslik, fikrlash esa shaxsiy jarayon”- deydi mutafakkirlarimiz. Mana ikki oy davomida ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi, Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari hamkorligida maktab o`quvchilarining bilim va ko`nikmalarini sinash, ular orasida mustaqil fikrlaydigan iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Nima deb o`ylaysiz…? ” ruknidagi insholar tanlovi respublikamiz bo`ylab keng miqyosida o`tkazildi. Butun dunyo tahlikali vaziyatda bo`lsa-da, muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning biz yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan e`tiborlari, bu dolzarb masala ekanligi, yoshlar qanchalik ma`naviy barkamollikka erishsa, yod illatlardan shunchalik uzoq bo`lishlari va ko`rsatilayotgan imkoniyat va e`tibor har birimizni quvontiradi. Shu va shu kabi tanlovlar va tadbirlar karantin sharoitida bizning bo`sh vaqtimizdan unumli foydalanishga, o`qib izlanishga, mustaqil fikrlarimizni yozma bayon etishga undadi. Olti yo`nalishda olib borilgan jami 7000ga yaqin o`quvchilar ishtirok etgan, maqsadi yoshlarni erkin fikrlashga o`rgatish, mustaqil muammolarni yecha oladigan, kreativ fikrli yoshlarni aniqlashga qaratilgan insholar tanlovi o`z navbatida yurtimizning yangi- yangi iqtidor va iste`dod egalarini kashf etdi.Tanlovga qo`yilgan talablar bizning erkin fikrlashimiz, imloviy savodxonlik darajamiz, dunyoda yuz berayotgan o`zgarishlarga to`g`ri va to`laqonli munosabatlarimizni, ijodiy salohiyatimizni, dunyoqarashlarimizni riyojlantirishga yordam berdi. Qiziqarli mavzularni o`zida jamlagan insholar, respublikamizning yuragi qaynoq yoshlarini uch bosqich 6-7, 8-9, 10-11-sinflar kesimida o`z atrofiga birlashtirdi.Taklif etilgan mavzularning barchasi qiziqarli bo`lishi bilan birga, hozirgi kunimiz, hayotimiz bilan bevosita bo`g`liq tarzda tashkil etilgani har birimizning diqqatimizni tortadi. Tanlovda quyidagi mavzular “Nima deb o`ylaysiz, siz sevib o`qiydigan asar sizning hayotingizga ta`sir qilganmi va qanday? ”, “Nima deb o`ylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz? ”, “Nima deb o`ylaysiz, tarixda buyuk mutafakkirlarimiz qilgan ishlarini kelajakda siz ham qila olishingiz mumkinmi? ”, “Nima deb o`ylaysiz, insonlarda ezgulik va mehr tuyg`ularini yanada rivojlantirish uchun nimalarni qilgan bo`lar edingiz? ”,“ Nima deb o`ylaysiz, karantin vaqtida maktab hayotidan ko`proq nimani sog`inyapsiz ?” va men ijodiy salohiyatimni sinab ko`rgan “Nima deb o`ylaysiz, karantin davrida uyda o`zingiz oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz?” kabi bir -biridan ajoyib mavzularni o`z ichiga olgan. Mutaxassislarning fikriga ko`ra, yoshlarimiz orasida eng ko`p yoritilgan “Nima deb o`ylaysiz kelajakda qaysi kasb egalari vatanimizga ko`proq foydasi tegadi. Siz qanday kasb egasi bo`lmoqchisiz?” mavzusi ekanligi har bir o`g`il- qizning hayotga bo`lgan munosabatini, o`zining alohida maqsadi bilan intilib yashayotganini anglatadi. Meni “ Nima deb o`ylaysiz karantin davrida uyda qolib, o`zingiz, oilangiz va jamiyatimiz uchun qanday foydali ish qilyapsiz ?” ruknidagi mavzuni yoritishimdan maqsad: Biz, hech bir sohada o`z-o`zimizga xiyonat qilmasligimiz kerakligini anglatish. Chunki bu mavzu hozirgi kunda nafaqat yoshlarimiz, balki yetti yoshdan, yetmish yoshgacha bo`lgan yer yuzining barcha aholisi uchun juda ham dolzarb bo`lib kelyapdi. Oxirgi olti oy davomida dunyo siyosatidagi keskin o`zgarish, insonlarni karantin degani faqat uyda qolish emas, balki men va men kabi o`quvchi yoshlar pandemiya davrida uyda qolib, “COVID – 19” ga qarshi kurashib, vaqtdan unumli foydalanishi , uyda qolish bilan birgalikda gigiyena qoidalariga qat`iy rioya qilib, yaqinlar bilan aloqani iloji boricha kamaytirib, hukumatimiz tomonidan joriy etilayotgan qarorlarni to`g`ri tushunishimiz kerakligini anglatadi. Bu bizni koronavirus ustidan g`alaba qilishimizga asos bo`ladi.Yozgan inshomda asosiy fikrni imkon qadar, inson sog`ligiga qaratganman, chunki sog`lik bor joyda ish bo`ladi, rivojlanish, yuksalish bo`ladi. Shu o`rinda Yevropa adabiyoti Navoiy asarlarini nimaga o`qishimiz kerak degan savolga, inson omilli yuqori darajada ko`tarilganligi sabab bo`lgani, va inson uchun eng katta boylik sog`lik ekani yuqoridagi fikrlarimning yorqin isbotidir. O`zbekiston aholisining oxirgi ikki oyi qattiq sinovli kunlarda kechayotgani va sabr- toqat bilan bu kunlardan o`ta olishimiz, vaqtdan umumli foydalanishimiz kerakligi ko`rsatiladi.
O`ttiz sakkizta yaxshi deb topilgan insholar, bitta rag`batlantiruvchi o`rin, to`qqizta g`olib ichidan ikkinchi o`rinni olishim bu mening emas, avvalo, ta`lim maskanimdagi mehnatkash, jonkuyar ustozlarimning bergan yetarlicha bilim va ko`nikmalarining natijasidir. O`z navbatida, biz yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va katta e`tibor uchun Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, BMT bolalar jamg`armasi, YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi Dipa Shankar xonim , Xalq ta`lim vazirligi mutasaddilari, bundan tashqari pandemiya sharoitida 6691ta inshoni barcha mezon talablariga mos tarzda ko`rib chiqqan ekspert guruhiga, barcha o`qituvchilarimizga o`zimning cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman. Vazirlar mahkamasi ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbari Ulug`bek Negmatovich Tashkenbayev bildirgan tabriklari, biz yoshlarga berilgan yuksak ishonch, menga katta ilhom beradi. Ularning “ Bu yoshlar kelgusida katta- katta ishlarni amalga oshiradi… ” deya ta`kidlashlari yuragimning tubidagi maqsadlarimga erishish yo`lidagi harakatlarimga kuch bag`ishladi. O`ylaymanki, biz yoshlar uchun ko`rsatilayotgan e`tibor, berilgan yuksak ishonch, ertangi nurafshon kunlarga katta umid, hayotimizga dasturulamal bo`lib xizmat qiladi. Va kelajakda jamiyatimizga kerakli farzand bo`lishga, maqsadlarimiz sari olg`a borishga undaydi. YUNISEFning O`zbekistondagi vakolatxonasi Dipa Shankar xonimning Ta`lim inspeksiyasiga ushbu tanlov hamkorlikda tashkil qilingani uchun minnatdorchilik bildirar ekanlar, videokonferensiya to`g`ridan-to`g`ri efirga uzatilayotganidan foydalanib barcha ishtirokchilarga, O`zbekiston yoshlariga bildirgan tabriklari, har birimizning ko`nglimizga faxr tuyg`usini uyg`otdi.To`g`ri, tanlov ishtirokchilari oz emas, ammo bu sonlar yana-da ko`paytirilsa, sifatli ta`limni yurtimizda yana-da rivojlantirsak, yurtboshimiz umid qilgan XXI asrning Ibn Sinolarini, Xorazmiylar, Beruniylar, Navoiylar safini yanada ortirgan bo`lamiz. Zero, har bir yosh vujudidagi yurak duk- duk deb emas, yurt- yurt deb ursa, O`zbekiston bundan-da yuksak marralarga erishadi.
Aziz tengdoshim! Vaqt bebaho boylik undan unumli foydalaning, ilm esa tortib olib bo`lmaydigan xazina uni yod g`oyalar bilan emas, kerakli bilimlar, ko`nikmalar bilan boyitib boring. Kelajak erinchoq, dangasalar qo`lida emas, o`z sohasining bilimdonlari, yetuk mutaxassislar qo`lida bo`lishi kerak. Ertadan degan gapni qo`ying, izlanishlarni bugundan, hozirdan boshlang! Hazrat Bedil bobom aytganlaridek:
Fikrsiz aqlning zangi bo`ladi,
Ilm-la egovla yangi bo`ladi.
Oynadan ibrat ol bir kun artmasang,
Ustida bir enlik changi bo`ladi.
JDPI akademik litseyi 208- guruh o`quvchisi
Abralova Nafisa