Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

TEXNOLOGIK TAʼLIM BERISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI

Ismoilov To`ychi Djabborovich  JDPU, Texnologik ta`lim va tasviriy san`at fanlari kafedrasi dotsenti. Аnnotatsiya. Maqolada texnologik taʼlim berishda raqamli texnologiyalardan foydalanishning zarurati, afzalliklari va ahamiyati bayon qilingan.  Kalit soʼzlar: taʼlim, raqam, texnologiya, tizim, platforma, mobilь qurilma, internet. Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jabhalardagi amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi taʼlim tizimini ham tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda. Chunki, har bir jabhaning taraqqiyoti oʼsha soha mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi, dunyodagi shu yoʼnalishning rivojlanish tendentsiyalarini qanchalik oʼzlashtirganligi bilan belgilanadi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi «Raqamli Oʼzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6079-son Farmoni bilan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʼliqni saqlash va qishloq xoʼjaligida zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʼyicha kompleks choratadbirlar amalga oshirish vazifalari belgilab berilganligi oliy oʼquv yurtlarining bosh vazifasi yuqori koʼnikmalarga va zamonaviy dunyoqarashga ega boʼlgan, vatan ravnaqi va xalq farovonligi yoʼlida qamichdan bel bogʼlab xizmat qiladigan kasbi komil mutaxassislarni tayyorlashdan iborat ekanligini inobatga olib, bugungi davr talabalaridan kelib chiqib raqamli texnologiyalardan foydalanib oʼqitishni yoʼlga qoʼyish va tashkil etishni taqozo etmoqda. Buning uchun esa, bolajak texnologik ta`lim o`qituvchilari raqamli texnologiyalarni bilishlari va ulardan samarali foydalanishni, bevosita raqamli muloqot qilishni va shu asnoda talabalarni mustaqil taʼlim bilan qamrab olishni talab etadi. Shunday ekan, raqamli texnologiyaning afzalliklari nimalardan iborat?  Birinchidan, raqamli texnologiyaning taʼlim tizimiga kirib keldishi natijasida raqamli texnologiyaga boʼlgan eʼtibor va qarashlar tezlik bilan oʼzgarib ketdi. Chunki, raqamli texnologiya orqali raqamli texnologiya vositalari (multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektor)ga nisbatan koʼnikmalar yoki mavzuga oid materiallarni oʼrganish tezroq, osonroqdir. Ikkinchidan, bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning yangi texnologiyalari taʼlim tizimini yanada rivojlantirishga juda katta yordam bermoqda. Talabalarni bugungi kun talablariga muvofiq sifatli bilim olishlari uchun xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning qoʼllanilishi orqali talabalarni darsga boʼlgan qiziqishlarini kengroq jalb etish imkonini bermoqda. korxona va tashkilotlar raqamli texnologiya orqali ish faoliyatini yoʼlga qoʼymoqda. Uchinchidan, talabalar yoki xodimlar raqamli texnologiya asosida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʼlganda anʼanaviy oʼqitish tizimi materiallarini oʼrganishga qaraganda vaqtlarini kamroq sarflaydilar. Chunki, raqamli taʼlim platformalari boʼyicha taʼlim olayotgan talabalarni darslarga qiziqtirish darajasi odatdagi sinf muhitiga qaraganda samarali hisoblanadi. Toʼrtinchidan, raqamli texnologiya materiallarini tinglovchi anʼanaviy mashgʼulotlarga qaraganda 5 barobar koʼproq oʼrganadi, bu esa ularning darsni oʼzlashtirish vaqtlarini koʼpaytirmaydi, aksincha boshqa mashgʼulotlar bilan shugʼullanishlari uchun imkoniyat yaratadi. Beshinchidan, raqamli oʼqitish texnologiyalari anʼanaviy darslarda qoldiriladigan boʼshliqlarni toʼldirishga imkoniyat yaratadi. Аslida, raqamli texnologiyalarnig bunday vositalari keltiradigan baʼzi bir samaradorlik anʼanaviy oʼrganish usullari bilan deyarli farq qilib boʼlmaydi. Аmmo, tarqatma materiallar va kitoblarga qogʼoz sarflanmasligidan tortib, maʼlumotlarga tez kirish va vaqtni tejashga qadar, taʼlim xarajatlarini qisqartirish, mablagʼlarni tejash va talabalar uchun taʼlimning samarali usulini taqdim etadi. Oltinchidan, keyingi 15 yil ichida hayotimizda mobilь qurilmalarning soʼnggi avlodlarining kirib kelishi, ulardan foydalangan holda Internet tarmogʼi orqali dunyoda boʼlayotgan voqea va hodisalarni tezkor ravishda kuzatib borish hamda barcha turdagi materiallarni (video, audio, matn, 3D, 5D, 7D grafikalar) tezkorlik bilan qabul qilish, saqlash va uzatish imkoniyatlari paydo boʼldi hamda raqamli texnologiyalarning vujudga kelishiga sabab boʼldi. Bu esa, har kungi anʼanaviy oʼqitish usullarini almashtirishga, auditoriyalar qanchalik shiddat bilan oʼzgarib borayotganligi sababli, eski usullardan voz kechib, raqamli texnologiyalarga asoslangan yangi oʼqitish usullarini joriy qilish orqali qogʼoz va daftarlar oʼrniga oddiy planshetlardan, murakkab dasturlar va raqamli jihozlardan foydalanish imkonini bermoqda.  Yettinchidan, dunyoning koʼplab yirik korporatsiyalari taʼlim sohasiga qoʼyilgan oʼqitish talablarini qobiliyat uchun beriladigan sertifikat sifatida qarab, diplomdan koʼra koʼproq amaliy koʼnikmalarga eʼtibor berishni boshladilar. Shu bois, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda talabalarni oʼqitish, ularning nafaqat nazariy bilimini, balki amaliy koʼnikmalarini yuqori darajada shakllantirishga xizmat qiladi. Sakkizinchidan, raqamli texnologiyalardan foydalanish yangi avlod tizimlarini va elektron jurnallar faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyilishiga olib keldi. Bunda nafaqat professor-oʼqituvchilar va talabalar, balki ularning ota-onalari ham ishtirok etishi, yaʼni ular elektron jurnal baholarini, berilgan uyga vazifalarni, testlarni va qayta aloqa shaklidagi har bir talabaning umumiy statistikasini koʼrib borish, shuningdek xabarlardan foydalanib, professor-oʼqituvchilar bilan yozishmalar olib borish, eng asosiysi esa foydalanuvchining elektron madaniyatini shakllantirish imkonini beradi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, raqamli texnologiyalarni talim tizimiga joriy etilishi mamlakat talim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol o`ynaydi. Zamonaviy talimni tashkil etish va talim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga jaxon xamjamiyatida muhim o`rin egallashimizni taminlaydi.   Фойдаланилган адабиётлар: 1.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2020 йил 24 январда Олий Мажлисга йўллаган Мурожаатномаси.
  1. Шаронин Ю.В. Цифровые технологии в высшем и профессиональном образовании: от личностно ориентированной Smart-дидактики к блокчейну в целевой подготовке специалистов // Современные проблемы науки и образования. – 2019.
  2. Abdullayev M., Saidahror, G., & Ayupov, R. Рақамли иқтисодиёт – кадрлар тайёрлашнинг долзарб йўналишлари. 25.06.2020.