- a) ariza;
- b) talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
- v) kredit qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
- g) “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (agar bo‘lsa);
- d) bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot va hujjatlar.
Ta’lim kreditining yangi tartibi haqida ma’lumotlar. Endi sirtqi va kechki shaklga ham, shuningdek texnikumlarga ham ta’lim krediti olsa bo‘ladi.
2022 yil 18 iyuldagi Prezident qaroriga (https://lex.uz/docs/6116203) ko‘ra, talabalarga ta’lim krediti berish bo‘yicha bir qator yaxshi o‘zgarishlar joriy etildi. Jumladan, xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.
Bundan tashqari o‘tgan yildan berish boshlangan odatiy ta’lim krediti bo‘yicha ham 3 ta asosiy o‘zgarish bor:
endi sirtqi va kechki ta’lim uchun ham beriladi (ilgari faqat kunduzgi ta’limga edi); endi o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.) uchun ham olish mumkin (ilgari faqat oliy ta’limga edi. Endi qarindosh bo‘lmagan uchinchi shaxslarni ham birgalikda qarz oluvchi (kafil) qilish mumkin (ilgari faqat oila a’zolari yoki vasiysiga ruxsat berilgandi).
TA’LIM KREDITI HAQIDA BATAFSIL MA’LUMOT
Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori (https://lex.uz/docs/5586538) (№527, 18.08.2021 y.)
Kredit miqdori: talaba va ta’lim muassasasi o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida
Muddati: o‘qish muddati (3, 4 yoki 5 yillik muddat) tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga
Foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozir 15% — 2022 yil 21 iyul holatiga).
Asosiy stavka o‘zgarsa: agar Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, unda kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (ya’ni ko‘tarilmaydi).
Kimlarga beriladi:
kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakliga
bakalavr yoki magistrga
to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan
yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.
super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun ta’lim krediti berilmaydi.
Qaysi OTMlar uchun: ta’lim krediti O‘zbekistondagi davlat, nodavlat yoki xorijiy
Oliy
o‘rta maxsus;
professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari
yoki qo‘shma dasturda o‘qiydigan talabalarga beriladi.
Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun ta’lim krediti berilmaydi.
Kafillik: kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Fuqarolik: ta’lim krediti faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun beriladi. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga banklarning o‘zlari tijoriy shartlarda kredit berishi mumkin.
Kerakli hujjatlar: bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: