Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

3+1 qo'shma ta'lim dasturi

Belarus davlat pedagogika universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturiga marhamat!

Konstitutsiya asosiy qonunimiz!

8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni

Yuksak vatanparvarlik tuyg‘usi aks etgan qasida!

10-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun

Yangi yil — yangi marralar sari imkoniyat!

Kirib kelayotgan yangi 2024-yilingiz muborak bo’lsin!

Xotira muqaddas – inson qadri aziz!

9-may — Xotira va qadrlash kuni

JDPU 50 yoshda!

Jizzax davlat pedagogika universitetining 50 yoshlik yubileyi muborak bo‘lsin!

TALABALARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI MALAKA VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA MOTIVASION TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

 O‘razbaeva Adiba-Jizzax DPU o‘qituvchisi Dolzarbligi. Dunyo amaliyotida inson organizmining shakli va funksiyalarini takomillashtirish, ularni sog‘lom saqlash, jismoniy harakatlantiruvchi bilimlar, mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayonlar alohida o‘rin egallaydi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida yuqori samaraga erishish faqat darsni to‘g‘ri tashkil qilish va samarali uslublarni qo‘llash evaziga amalga oshirilishi mumkin. Talaba-yoshlarni jismoniy tarbiyalash, ularda sog‘lom turmush tarzi malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularga zamonaviy bilimlar berish ta’lim tizimining eng asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Oliy ta’limni rivojlantirishning zamonaviy dasturlarida o‘quv jarayonlarining mahsuldorligi o‘qitishda malaka va ko‘nikmalarni transformatsiyasi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida ham o‘z aksini topib, bunda jismoniy mashqlarning xususiyatlari, talaba va pedagoglarning hamkorlikdagi harakatlari asosida bosqichlashtirish, darslarni jismoniy, dinamik vaziyatlar, imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishni ko‘zda tutadi. Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan globallashuv jarayoni shiddat bilan kirib kelayotgan bir davrda, jahon xalqlari orasida o‘zining milliy urf-odati, qadriyati va an’analarini saqlab qolish, ulardan yoshlar tarbiyasida unumli foydalanish muammosi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Bundan albatta O‘zbekiston ham mustasno emas. O‘quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruxida rivojlantirish, jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ijtimoy faolligini oshirish ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirsh bo‘yicha “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ham muhim o‘rin egallaydi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan “Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishda kasbiy masalalarga alohida to‘xtalib o‘tgan va shu kabi muhim vazifalar belgilandi[1]. Bunda kasbiy faoliyat ijtimoiy mazmunini, bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishda individuallashtirish ta’limi mazmuni muhim ahamiyat kasb yetadi. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi qonunni hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bunda talaba-yoshlar jismoniy tarbiyasiga jiddiy yondashib, uzluksiz ta’lim tizimida Respublika aholisining ko‘p millatliligiga tayangan holda, har bir mamlakatining madaniy-ma’rifiy ijtimoiy iqtisodiy talablari qat’iy hisobga olingan. Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va metodik ta’minotini kuchaytirish, talaba-yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida olib borilayotgan islohotlar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari jozibadorligini oshirib, ta’lim oluvchilarning unga bo‘lgan qiziqishi va e’tiborini yanada kuchaytirishga zamin yaratmoqda. “O‘zbekistonda yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash chora-tadbirlarida yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” kabi vazifalar belgilangan. Bu talabalar jismoniy tarbiyasining zamonaviy maqsad va vazifalari, nazariy-metodologik asoslari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining hozirgi bosqichidagi xususiyatlarini aniqlashtirish, darslarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quv metodik ta’minotini rivojlantirish zaruratini yuzaga keltirib, mazkur zaruratni xal yetilishda esa ta’lim-tarbiya berish jarayonlari samaradorligini oshirish imkonini beradi. Tadqiqotning maqsadi. Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida motivatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalarda sog‘lom turmush tarzi malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga qiziqishini oshirishdan iborat. Talabalarni jismoniy madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish va sportga doimiy qiziqishni shakllantirish va saqlash uchun sharoit yaratadigan vositalar va usullarni ochib berish. Tadqiqotning vazifalari. Talabalarni jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi mashg‘ulotlar, seminarlar hamda mavjud ob’ektiv muammolarni o‘rganib tavsiya hamda takliflarni ishlab chiqish; –       jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining ishlarini yangicha usulda tashkil etish hamda talabalarni qiziqishlarini ilmiy jihatdan asoslash; –       oliy ta’lim muassasalarida mavjud darsdan tashqari jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘rganish va tadqiqot natijalari bo‘yicha ilmiy, nazariy va metodik tavsiyalarni shakllantirish hamda taqdim qilish. Tadqiqot natijalari. Mamlakatmizda va chet yellik mualliflarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarni o‘rganish, tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, sportchilarni tayyorlash tizimiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ko‘pchilikni tashkil yetadi. Respublikamiz olimlaridan talabalar sportiga bag‘ishlab ilmiy-tadqiqot ishlarni T.S.Usmanxo‘jaev, R.Abdurasulov, D.N. Arzikulov, Z.Gapparov, V.M. Karimova, O.E.Xayitov, Z.T.Sayitmetova, M.A.Tursunova, Ye.G‘. G‘oziyev, Puni A.S. A.K.Ataev, Yu.M.Yusupova, F.Xodjaev, S.G.Arzumanov, A.U.Xaitov., Z.G.Gapparov, Y.Masharipov, T.M.Adizova, X.X.Jabborov, O.R.Avezov, N.Z.Jumaev, J.A.Po‘latov va boshqalar jismoniy tarbiya va sport motivatsiyasi borasida ilmiy tatqiqot ishlarini olib borganlar. Biroq jismoniy tarbiya darslarida talabalarning motivatsiyasini oshirishga asoslangan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini yetarli yemasligi ma’lum bo‘ldi. Bular jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etish yo‘llari va shart-sharoitlarini tadqiq etish muammosini o‘rganilishi va o‘rganilayotgan muammoga yanada chuqurroq kirib borishga va bu muammoga ilmiy-amaliy jihatdan oydinlik kiritishga asos bo‘la oladi. Insoniyat jamiyatining tarixiy guvohlik berishicha, jamiyat formatsiyasini o‘zgartirib borish jamiyat tarbiyasining maqsadi va vazifasini ham o‘zgartirib borgan, umuman va qisman jismoniy tarbiyani manbaasini, uni rivojlantirish tamoyillari ishlab chiqilgan, o‘rgatishni samara beruvchi tomonlarini metodlari, uni tashkil qilish shakllari o‘zgarib borgan. Motiv – bu o‘ta murakkab psixologik birikma bo‘lib, u mazmun jihatdan kishi tomonidan amalga oshiriladigan hatti-harakatning, faoliyatning asosi bo‘lib hisoblanadi (ya’ni ushbu harakatga sabab bo‘lgan asoslarni ifodalaydi). Energetik jihatdan esa motiv – tanlangan maqsadga erishish uchun da’vatdir.[2] O‘tgan asrning boshlaridayoq tatqiqotchilar tomonidan motiv haqida bir qancha fikrlar bildirilgan. Ularning fikriga ko‘ra sportchi faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq sportga bo‘lgan istakning xarakteri, ya’ni insonni u yoki bu harakatni bajarishga nima turtki berishi bilan aniqlanadi.Shu kungacha insonning hayotiy faolligi asosida yotuvchi, uni qo‘zgatuvchi kuchni hodisa sifatida ilmiy tahlil yetish va fikrlashga ko‘plab xarakatlar bo‘lgan. Masalan:A.Eynshteyn 1918 yilda o‘zining “Ilmiy tatqiqot motivlari” nomli ilmiy maqolasida odamlarni ilm bilan shug‘illanishlariga nima turtki berishini aniqlashga harakat qilgan.[3][ R.A.Abdurasulov “Yakkakurash turlari mashg‘ulotlarining o‘quvchi sportchilarni shaxsini shakllaishidagi roli” Toshkent 2019. Sport faoliyati motivlari bir-biridan nafaqat xilma-xilligi bilan farqlanadi, balki ularning rivojlanish dinamikasi sport faoliyati bilan uzoq va muntazam ravishda shug‘ullanish natijasida o‘rin almashinib, o‘zgarib boradi. Xulosalar.Motivatsiya shaxsiyat tuzilishida yetakchi o‘rinni egallaydi va hatti-harakat va faoliyatning harakatlantiruvchi kuchlarini tushuntirish uchun ishlatiladigan asosiy tushunchalardan biridir. Umuman motivatsion tizimning mazmuni shaxsga xos bo‘lgan faoliyat turlarining mazmunini belgilaydi. Motivatsiya tizimi nafaqat haqiqiy faoliyatni, balki istalgan sohani, faoliyatni yanada rivojlantirish istiqbolini ham belgilaydi. Binobarin, motivatsiya muammosi metodologik, nazariy va amaliy jihatdan dolzarb muammolardan biridir. Shunday qilib, biz xulosa qilishimiz mumkinki, yuqoridagi usullarning barchasini birgalikda ishlatganda, o‘qituvchi fanga bo‘lgan qiziqishni oshirishi, jismoniy tarbiya uchun ichki motivatsiyaning oshishiga hissa qo‘shishi mumkin. Adabiyotlar
  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 03.06.2017 y. № PQ-3031 sonli Qarori.
  2. Z.G.Gapparov Sport psixologiyasi. Toshkent 2011
  3. R.A.Abdurasulov “Yakkakurash turlari mashg’ulotlarining o’quvchi sportchilarni shaxsini shakllaishidagi roli” Toshkent 2019 [29]
    [1] Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг “Жисмоний тарбия ва оммавий спортни янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 03.06.2017 й. № ПҚ-3031 сонли Қарори. [2] Z.G.Gapparov Sport psixologiyasi. Toshkent 2011 [3] R.A.Abdurasulov “Yakkakurash turlari mashg’ulotlarining o’quvchi sportchilarni shaxsini shakllaishidagi roli” Toshkent 2019 [29]