Talaba ijodi…
Bugungi sinovlar
Qaysi yerda adashdik, va qay joyda adashdik,
Qish davri oʻtib ketdi, biz bahorda adashdik.
Yaqinlarni koʻrganda, hamsuhbat boʻlish tugul,
Ogʻizda niqob bilan, qoʻl
bermasan soʻrashdik.
Buxoroda toʻfonlar, uylarni vayron etdi,
Sirdaryo Sardobani, suv bosib
ummon etdi.
Telba shamol quritdi, qolishini kutgandik,
Daraxtlarni qulatib, bogʻlarni payhon etdi.
Odamlarning uylari, suvning ostida qoldi,
Bu ketma-ket ofatlar, yurakka vahm soldi.
Boʻlib oʻtgan ishlarni, oʻylab yurt deb qaygʻ urib,
Ona xalqim dilidan, xalovati yoʻqoldi.
Bugun sinovlar bilan,
sinalmoqda sabrimiz,
Ulardan oʻtmoq uchun, qoʻlni-qoʻlga beramiz.
Hali toʻylar boshlanib, bayramlar arimaydi,
Qudratlidir xalqimiz, biz albatta yengamiz.
Poʻlatov Navroʻz Fizika va astronomiya oʻqitish metodikasi yoʻnalishini 109-guruh tolibi