Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
15/10/2021
Chop etish
Saylov2021 #Kelajaging_uchun_ovoz_ber_

“Talaba-yoshlar va saylov» talabalar forumi:

Jizzax  davlat pedagogika  institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ishonchli vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvni nomzodning ishonchli vakili Sarvar Nazarqosimov olib bordi va nomzod haqida batafsil ma’lumotlarni berdi. Saylovchilarni saylovlarda faol ishtirok etishi, o‘zi xoxlagan nomzodga ovoz berish har bir fuqaroning konstitutsion huquqi ekaligini ta’kidlab, Milliy tiklanish demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovni yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

 

Shundan so‘ng, Prezidentlikka nomzod Alisher Qodirovning saylovoldi dasturida ilgari surilgan ustuvor vazifalar va ularning mohiyati, ahamiyati xususida batafsil ma’lumot berdi. Milliy tiklanish demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzod Alisher Keldievich Qodirov partiya g‘oya va maqsadlaridan kelib chiqqan holda “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori ostida saylovga kirib kelgani va istiqbolda mamlakatimizni rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini oshirishni maqsad qilgani alohida ta’kidlandi.

Qayt etilganidek, nomzodning saylovoldi dasturi 5 ta asosiy yo‘nalish, jumladan,  Tarbiya va ta’lim, Davlat boshqaruvi, Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, Ijtimoiy adolat, qadriyatlarga hurmat va fuqaro erkinliklarini ta’minlash, Tashqi siyosat sohasini qamrab olgan. Shu ma’noda, partiya o‘z g‘oyalarini hayotga izchil tatbiq etgan holda saylovda faol ishtirok etishga harakat qilmoqda. “Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi” g‘oyasini ilgari surib, aholining yillar davomida yig‘ilib qolgan muammolarini bartaraf etishga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya uzluksizligini ta’minlash, milliy urf-odatlar va qadriyatlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish kabi ezgu maqsadlarni ustuvor biladi.

Uchrashuv co‘ngida Prezidentlikka nomzodning 22 sentabr kuni Jizzaxlik saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvda bildirgan fikrlari hamda ularning Dastur yuzasidan bergan savollariga qaytargan javoblari asosida tayyorlangan maxsus ko‘rsatuv namoyish etildi. Ko‘rsatuvni tomosha qilgan saylovchilar nomzodning Dasturi haqida to‘liq tushunchaga ega bo‘libgina qolmasdan, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javoblar topishdi.

 

 

 

 

 


Ulashish:
807
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU–Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi hamkorligi amalda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va Sharof Rashidov tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
JDPU professor-o‘qituvchilari uchun “Olimlarga ehtirom” shiori ostida jamoaviy hordiq tashkil etildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektorati va kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar uchun jamoaviy dam olish tadbiri o‘tkazildi.
JDPUda “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” doirasida navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Har shanba — uzluksiz kasbiy rivojlantirish kuni” deb e’lon qilingan tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar uchun navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Madaniyat...