Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

QORAQALPOQLARNING IJTIMOIY HAYOTIDA ISLOMIY AN’ANALARNING O’RNI VA AHAMIYATI

O.A. ABDIG’APPAROV,   JDPU, Jizzax    Annotasiya: Qoraqalpoqlarda islomiy diniy bayramlarning o’ziga xos xususiyatlarini Oilaviy marosim va urf-odatlarda islomiy an’analarini tahlil qilish. Umume’tirof etilgan asl diniy bayramlar sirasiga Ro’za hayit, Qurbon bayram kiritilib, ular bilan bog’liq marosimlar o’rni. Kalit so’zlar: Nikoh marosimi, Islomiy an’analar, Ro’za va Qurbon Hayit, Ramazon oyi, Hayt seyili, Payg’ambar. Аннотация: Анализ исламских традиций в семейной обрядности и традиций исламских религиознhх праздников в Каракалпакском регионе. К числу общепризнаннhх самобhтнhх религиознhх праздников относятся Курбан-Байрам, Курбан-байрам и связаннhе с ними обрядh. Ключевhе слова: Брачнhй обряд, исламские традиции, Курбан-байрам, пост и жертвоприношение, месяц Рамадан, праздник Курбан-байрам, Пророк. Абстраcт: Аналйзинг Исламиc традитионс ин фамилй ритуалс анд традитионс оф Исламиc религиоус ҳолидайс ин Каракалпак регион. Амонг тҳе универсаллй реcогнизед оригинал религиоус ҳолидайс, Еид ал-Адҳа, Еид ал-Адҳа, анд тҳе cеремониес релатед то тҳем аре инcлудед. Кей wордс: Марриаге cеремонй, Исламиc традитионс, Фастинг анд Саcрифиcе Еид, Рамадан монтҳ, Еид фестивал, Пропҳет.   Tarixdan qoraqalpoqlar Ural, so’ngra Volga bo’ylarida, Orol atrofi hamda Sirdaryoning quyi havzalari yetaklarida yashab kelganlar. XIX asr boshlarida quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi g’arb tomonlarida muqim hayot tarziga o’ta boshladilar. Qoraqalpoqlar goh qozoqlar, goh turkmanlar hujumlariga uchrab, buning oqibatida Xiva xonligi fuqaroligiga o’tdilar. XIX asr o’rtalarida qoraqalpoqlar Xiva xonligi hukmronligi ostida bo’lib, ular Amudaryoning har ikkala qirg’og’ida va Orol dengiziga quyiladigan yerlarda yashaganlar. Yillar davomida xonliklar ijtimoiy hayotiga singib ketganlar. XX asrda, ayniqsa ateistik mafkura avjiga chiqqan davrda islomiy marosim va an’analar transformasiyaga uchradi. Lekin ateizmning uzoq vaqt davom etgan hukmronligi, ta’qiq va quvg’inlarga qaramay, qoraqalpoqlar o’z diniy an’analarini saqlab qolgan. Bunday marosimlar qatorida islomiy nikoh, ism berish, dafn, qurbonlik qilish, ro’za tutish, besh mahal namoz o’qish kabi amaliyotni aytib o’tish zarur. Nikoh marosimi qoraqalpoqlarda «neke» [1,b.482] deb atalib, xalq orasida «nekeden өtio’» kabi ibora keng tarqalgan. Ushbu marosim kelinni kuyovning uyiga olib kelishganda bajariladi. Odatda marosimni din peshvosi yoki mektep molla (mahalliy mulla) olib boradi. Marosim vaqtida neke suo’h (nikoh suvi) ichiriladi. Bu an’ana qoraqalpoq etnograflarining ishida o’z aksini topgan: «mulla kumush tangalar solinib, suv (neke suo’) to’ldirilgan idish tepasida nikoh duosini o’qigan. Idish chetining ikki tomonida maxsus o’yiq joylari bo’lgan. Nikoh o’qilgach, mulla idishning o’yiq joyidan avval kuyovga, keyin boshqa tomonidan kelinga, so’ngra esa marosimning qolgan ishtirokchilariga suv ichirgan. Odatda suv hammaga yetmay qolar edi. Nikoh marosimini amalga oshirgani uchun mullaga idishda qolgan tangalar va bir kiyimlik mato berilgan»[2,b.72]. Bu marosim hozirgi kunda nikoh suvini faqatgina kelin va kuyovga ichiriladi xolos, mazkur an’ana ancha o’zgarganligi aniqlangan. Xususan, marosim vaqtida guvohlar ijro etadigan she’riy aytim unutilib ketgan. Nikoh suvining ichirilishi amalida ham ba’zi bir o’zgarishlar mavjud. Hozirgi vaqtda turmush qurayotgan yoshlarning aksariyati FHDYoda nikohni qayd etishni istaydi. Ammo nikoh davlat tomonidan qayd etilgach, yoshlar islomiy nikohning ham bajarilishiga moyillik bildiradi. Islom dini bilan bog’liq yana bir an’ana ism berish marosimi bo’lib, bu udum azan (azon) aytish bilan birga o’tkaziladi. Ushbu odat islomiy manbalarda aqiqa deb tilga olingan. Azan qoraqalpoqlarda farz sifatida e’tirof etiladi. Bolaga oldin ism berilishi, marosimning o’zi esa ancha kechroq bajarilishi hollari uchraydi. Marosim kuni ziyofat o’tkazilib, palov, beshbarmoq («gүrtik») tayyorlanadi, mulla taklif qilinadi. Marosim vaqtida go’dak janubga yuzlantirilib, o’ng qulog’iga uch marta azan, chap qulog’iga esa uch marta takbir va yana uch marta ismning o’zi aytiladi. [1,b.482] O’zbeklarda bu marosim bolaning qulog’iga bir marotaba azon va bolaning ismini ham aytish bilan amalga oshiriladi. Marosim vaqtida bolaning og’ziga xurmo solinadi.[3,b.509] Qoraqalpoqlarda go’dakka turshak yoki novvotli suv berilib, «balanhӊ tili birinshi bolhp, shiyrin sөz benen shhqshn!» (bolaning tili birinchi bo’lib shirin so’z bilan chiqsin!) kabi so’zlar aytiladi. Marosim o’tkazilgach, domlaga sovg’alar (pul yoki kiyim) beriladi. Islomiy an’analar sirasiga 63 yosh sanasini nishonlash kiradi. Musulmonlarda bu sana muqaddas hisoblanadi, chunki Muhammad Payg’ambar 63 yil umr ko’rgan. Ushbu tabarruk yoshga yetgach, inson o’tgan umrga xulosa yasashga intiladi. Ayrim oilalarda ushbu sana tantanali nishonlanib, tumonat odam mehmonga aytiladi, boshqalar esa qarindosh va do’stlariga ziyofat berish bilan cheklanadi. Bu sanani nishonlash qoraqalpoqlarda «Payg’ambar jash» (Payg’ambar yoshi) deb ataladi. Odatda shu kuni jonliq (qo’y, echki) so’yilib, kelganlarga ziyofat beriladi, Qur’on tilovat qilinadi. O’rta Osiyo halqlarida mavjut odatga ko’ra, agarda bir oilada ketma ket bir necha odam olamdan o’tsa, marhum derazadan olib chiqiladi. Etnograf olima B.X.Karmishevaning takidlashicha: “Ushbu xonadonda boshqa o’liklar bo’lmasligi uchun “eshikdan kirib, teshikdan chiqsin”  deya shunday qilingan”.[4,b.146] Bunday tassavurlar qirg’iz va o’zbek xalqlarida ham keng tarqalgan.[5,b.63] Agarda tobut derazadan olib chiqilsa, marxum uyga qaytib kelolmaydi, yo’lni topolmaydi, deb ishonilar ekan.[6,b.100] Qoraqalpoq halqida ham shunga o’xshash odat mavjud. Yani, birorta honadonda yil davomida bir nechta o’lim sodir bo’lsa, birinchi tobut yeshikdan, qolganlari yesa derazadan olib chiqilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. XXI asrning boshlarida din peshvolari tomonidan aholi orasida olib borilgan targ’ibot tufayli ayrim an’analar o’zgardi. Tushuntirish ishlari natijasida dafn marosimlari, shuningdek ziyoratgohlardagi tadbirlar ancha tartiblashdi (shirk, bid’at). Umum e’tirof etilgan asl diniy bayramlar sirasiga ro’za, hayit, Qurbon bayram kiritilib, ular bilan bog’liq marosimlar katta ahamiyatga ega. Islom dinida Ramazon oyi (arabchada , Ramadan) yilning ulug’ va eng fazilatli oyidir. Ushbu muqaddas oyda amalga oshiriladigan tadbir va diniy marosimlar asrlar davomida mahalliy turli an’ana va qarashlar bilan uyg’unlashib, bugungi kungacha yetib kelgan. Qoraqalpoqlarda ro’zani boshlash niyati to’g’risida Ramazon ro’zasidan bir kun oldin xabar qilinadi. Ro’za arafasida barcha xonadonlarda an’anaviy marosimiy nonlar – shelpek yoki bao’hrsaq yog’da pishiriladi. Ushbu marosim «iyis shhg’arho’» (is chiqarish) deb ataladi. Qoraqalpoqlarning qarashlariga ko’ra, is chiqarilayotganda ajdodlarning ruhlari o’z uylariga kelib, taomdan taralayotgan isdan to’yinadi. Islom dinida og’iz ochish Iftor (arabcha ) deb atalib, aholi esa «iftarlhq» va «ao’hz ashar» (og’iz ochish) kabi iboralardan foydalanadi. Islom dinining muqaddas kitobida bu haqda shunday yozilgan: «Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro’za farz qilindi» (Baqara, 183 – oyat)[7,b.429] Ro’za 30 kun davom etib, ayrim odamlar yana qo’shimcha ravishda 6 kun ro’za tutadi. Bir necha yil davomida ro’za tutmaganlar yoki ilk bor ro’za tutishni navqiron chog’ida boshlaganlar farz hisoblangan bir oy ro’zadan tashqari, 58 kafforat «kaffara (arabcha )» sifatida yana bir qancha vaqt ro’za tutishlari lozim. Ramazon ro’zasidan 70 kun o’tgach, keyingi katta islomiy bayram – Qurban Hayt yoki Qurbon bayram nishonlanadi. Qurbon bayram yoki Iyd – al – adxa (arabchada Qurbonlik qilish bayrami). Xalq orasida «katta hayit» deb ham yuritiladi. Qurbonlik so’zining o’zi turkiy negizga ega.[8,b.748] Turli xalqlarning diniy urf-odatlarida, jumladan qurbonlik qilish marosimida katta farqlanishlar mavjud bo’lsa-da, ushbu udumlarning mazmun – mohiyati bir xildir. Qadimgi odamlar tabiiy ofatlarni bartaraf etish, birinchi navbatda suv toshqini, zilzila, qurg’oqchilikdan saqlanib qolish maqsadida qurbonlik keltirganlar. Qoraqalpog’iston hududida olib borilgan dala tadqiqotlari vaqtidagi oqsoqollar bilan suhbatda suv taqchilligi hollarida qilingan qurbonliklar haqida bir necha bor gap ketgan. 1998-2001 yillar Qoraqalpog’iston dehqonlari uchun og’ir sinovlar davri bo’lgan. Suv tanqisligi tufayli ekinlar zarar ko’rgan. Axborotchilarning qayd etishicha, o’sha paytlarda qurbonlik qilish hollari ko’payib, yomg’irning yog’ishi iltijo qilingan. Hayvonlarni qurbonlik qilish islomiy marosimlarning muhim unsuriga aylandi. An’anaga ko’ra, so’yilgan chorvaning nimtalangan go’shti uch qismga bo’linadi. Ushbu go’sht yetim-yesirlar, yaqin odamlar va oila o’rtasida taqsimlanadi. Qoraqalpoqlarda Qurbon bayramni nishonlash vaqtida jonliqning go’shtidan taom tayyorlanib, qo’ni-qo’shni va qarindoshlarga ziyofat beriladi. Odatda Qurbon hayit kunlarida bunday mehmondorchilikni o’ziga to’q oilalar uyushtiradi. Ularga nisbatan kamroq ta’minlangan oilalarda echki, kurka yoki tovuq so’yilib, qo’ni-qo’shni va qarindoshlar mehmon qilinadi. Qurbon hayitni ta’riflaganda, haj safariga to’xtalib o’tish zarur. Haj – islomning beshta asosiy ruknlaridan biridir. Haj vaqtida Makka va uning atroflari ziyorat qilinadi. Qurbon hayitdan bir necha kun oldin ziyoratchilar Makka va Madinaga yo’l oladilar. Hajga jo’nashdan oldin ziyoratchilar Muhammad Payg’ambar hamda o’tgan ajdodlarga atab, ya’ni diniy e’tiqod yo’lida sadaqa tarqatadi.         Qoraqalpoqlar orasida hajni bajargan odamga mu’jizaviy kuch kasb etishlik hollari uchraydi. Hajdan qaytgan kishilarning kiyim va buyumlari tabarruk hisoblanadi. Masalan, Suyin Eshonning (XIX asr) narsalarini «teberik» deb bilib, odamlar olib qolishgan. XX asrning oxiri – XXI asrning boshida qoraqalpoqlar nishonlaydigan diniy bayramlar o’zida turli tasavvurlarni mujassam etgan. XX asrda mavjud bo’lgan an’analardan ayrimlari XXI asrning boshiga kelib unutilgan bo’lib, «Hayt seyili» (Hayit sayli) ushbu an’analardan biridir. Ammo islomiy urf-odatlar bilan bog’liq udumlarning aksariyati (ao’hz ashar, pitr, keksalarni yo’qlash, «Qәdir keshesi») aholi orasida saqlanib qolib, transformasiyalashgan holda yangi davrga moslashib bormoqda. Qoraqalpoqlarning oilaviy urf-odatlari bolaning tug’ilishi va hayotining ilk davri (ism berish, sүnnetleo’), shuningdek nikoh to’yi (nekeden өtio’), payg’ambar yoshi, dafn, Sapar oyi kabi marosimlarni o’z ichiga olgan. Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, islomiy an’analar transformasiyalashganini va zamonaviy sharoitlarga moslashib, saqlanib kelayotganini qayd etish lozim. Ushbu an’analarning eng yaxshi saqlangan shaklini ulamo va din peshvolari oilalarida ko’rish mumkin. Ro’za va Qurbon Hayit kabi diniy bayramlar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Asrlar davomida nishonlanib kelayotgan hayit bayramlari boshqa diniy ayyomlardan o’zining serqirraligi va etnografik materialning boyligi bilan ajralib turmoqda. Xulosa Qoraqalpoqlarda XX asrning oxiri – XXI asrning boshlarida o’tkazilgan diniy bayramlar turli xil tasavvurlarni o’z ichiga olgan. XX asrda hali ham mavjud bo’lgan ayrim an’analar XXI asrga kelib butkul unutilgan. Ulardan biri «Hayt seyili» (Hayit sayli)dir. Ammo islomiy urf-odatlar bilan bog’liq marosimlarning aksariyati, ya’ni «ao’hz ashar», «pitr», «bayramda jash үlkenlerden xabar alho’», «Qәdir keshesi» xalq orasida saqlanib bormoqda va transformasiyalashuv natijasida yangi davr sharoitlariga moslashib kelmoqda.       Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
  1. Каракалпакско-русский словарь. – М.: Государственное издательство иностраннhх и национальнhх словарей, 1958. – С. 482.
  2. Есбергенов Х., Атамуратов Т. Традиции и их преобразование в городском бhту каракалпаков… – С. 72.
3.Абу Абдуллоҳ Муҳаммад ибн Исмоил ал-Бухарий. Хадис (Ал жомиъ Ас-саҳиҳ). 3-Жилд. – Т.: Қомуслар бош таҳририяти, 1997. – Б. 509.
  1. Кармhшева Б.Х. Архаическая символика в погребально-поминальной … – С. 146.
5 Баялиева Т.Д. Доисламские верования и их пережитки у киргизов… – С. 63; Пайзиева М.Х. 6 Ислам в СССР. – М.: Наука, 1983. – С. 100
  1. Бурҳониддин ал-Марғиноний. Ҳидоя. 1-жилд. – Т.: Адолат, 2001. – Б. 429.
  2. Кашгари М. Диван лугат ат-турк. – Алма-Ата: Дайк-Пресс, 2005. – С. 748.