Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2024
Chop etish
“Ota-onalar bilan muloqot maydoni” kongressi o‘tkazildi.

Joriy yilning 27-aprel kuni o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida talabalarning ota-onalari bilan talabalar hayoti va ta’lim-tarbiya jarayonini tanishtirish maqsadida, shuningdek, ota-onalar va universitet o‘rtasida doimiy hamkorlikni ta’minlash uchun talabalarning ota-onalarini taklif qilgan holda  “Ota-onalar bilan muloqot maydoni” kongressi o‘tkazildi. Kongress ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan bo‘lib, farzandining taqdiriga befarq bo‘lmagan barcha ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga rahbariyat tomonidan javoblarini olishdi.

Ota-onalar tomonidan berilgan bir qancha takliflar ham inobatga olindi. Talabalarning tarbiyasi masalasida ham bir qancha kelishuvlar amalga oshirildi.


Ulashish:
756
Boshqa rubrikalarda mashhur

Default image
Tanishuv universitet foyesida rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan ijro etilgan rus xalq qo‘shiqlaridan iborat musiqiy chiqishlar bilan boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti va “Sinergiya” korporatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida “Sinergiya” korporatsiyasining vitse-prezidenti Yerofeyev Mixail Valeriyevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar masalalari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Farrux Akchayev boshchiligida o‘tkazildi.