Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/12/2021
Chop etish
Munosabat

16 dekabr kuni   https://t.me/TalabaUz  ijtimoiy tarmog‘ida joylashtirilgan murojaatga Jizzax davlat pedagogika isntitutining

Munosabati

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanadi” degan band belgilab qo‘yilgan. Qolaversa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning eng asosiy tamoyillaridan biri bo‘lgan ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi haqidagi qoidani aslo yoddan chiqarmaslik lozim.

Har bir ta’lim muassasasi o‘zining yuqori turuvchi organi orqali (oliy o‘quv yurtlarida Institut Kengashi) kiyinish tartibi va tamoyillarini o‘zi mustaqil belgilaydi. Shu bois Jizzax davlat pedagogika institutining 2021 yil 1 dekabrdagi institut Kengashining qarori bilan “ODOB-AXLOQ KODEKSI” tasdiqlangan. Mazkur “Odob ahloq kodeksi” ning 11-moddasi   2-bandida qo‘yidagi jumla kiritilgan: “Institut xodimi, talabasi va doktoranti bo‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, yelka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga turli zirak yoki metall buyumlar bilan, tanasining ko‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada oliy ta’lim muassasasiga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, talabalarning universitetga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (kipa, hijob, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur kodeksning tegishli bandi bilan nafaqat xijob balki kipa, kashaya va xoch taqib kelish kabi holatlari ham rad qilingan. Sababi, oliy ta’lim muassasasi diniy muassasa (ibodatxona, masjid yoki diniy libos kiyishga ruxsat etilgan diniy ta’lim muassasasa) emas.

2021 yil 16 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan audio yozuvda ma’sullar (S.Soipov, Z.Abduvalieva, L.Ibragimovalar) tomonidan talaba-qizga odob-ahloq kodeksining tegishli bandi bo‘yicha tushuntirish ishlari amalga oshirilayotgani qayd etilgan. O‘sha kuni professor-o‘qituvchilar nafaqat diniy marosim kiyimi (xijob) balki boshqa yo‘sinda kiyim, zargarlik buyumlari (taqinchoq va bezaklar) kelgan talablarga ham tanqidiy munosabatlarini bildirishgan. Audioyozuvga murojaatchi bir tomonlama yondashgan, mazkur holatda umumiy kiyinish madaniyati xususidagi fikrlar inobatga olinmagan. Vaziyatga baho berishda xolis yondashuv bo‘lsa maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Yuqoridagi holat bo‘yicha institut ma’muriyati tomonidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha institut veb sahifasida axborot beriladi.


Ulashish:
1 181
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari Vengriyaning nufuzli Obuda universitetida malaka oshirishmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari jahon oliy ta’lim muassasalari reytingida 680-o‘rinni egallagan Vengriya Respublikasining nufuzli ta’lim maskanlaridan biri — Obuda universitetida bo‘lib...
Jizzax davlat pedagogika universitetida texnikum bitiruvchilari bilan suhbat boshlandi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida oliy ta’limga kirish istagida bo‘lgan texnikum bitiruvchilari uchun suhbat jarayonlari start oldi. Joriy yilda turli texnikumlarni tamomlagan 134 nafar nomzod hujjatlarni...
JDPUda talabalar uchun turar joy va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ish boshladi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2025/2026-o‘quv yilida talabalarni munosib kutib olish va ularni turar joy bilan tezkor ta’minlash maqsadida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha...