MUNOSABAT
8 iyun kuni kuni ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/TalabaUz telegram kanalida #talabalardan_ sahifasida e’lon qilingan murojaatga Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyatining
MUNOSABATI
https://t.me/TalabaUz telegram kanalida #talabalardan_ sahifasida Jizzax davlat pedagogika instituti talabasining murojaati berildi. Jizzax davlat pedagogika instituti rahbariyati mazkur murojaatga shu kunning o‘zida e’tibor qaratib, quyidagi munosabatni bildiradi.
Murojaatda institutning Chet tillar fakulteti talabasi “ma’ruzalar zali juda ham issiq bo‘lganligi bois institut rektoriga ariza bilan chiqqan talaba qizning arizasi qaytarilganligi hamda fakultet dekani tomonidan talabalar ichida izza qilinganligi shuningdek ma’ruzalar zali juda issiq bo‘lganligi bois talabalar darsda o‘zlarini noxush his qilayotganliklari” bayon etilgan.
Jizzax davlat pedagogika instituti bosh binosi 2020 yil to‘liq kapital ta’mirdan chiqqan. Bugungi kunda oliygohning asosiy binosi markazlashtirilgan isitish va sovutish tizimiga ulangan (ma’lumot uchun: bugungi kunda respublikdagi OTM larning 80% da bunday tizim o‘rnatilmagan) Xabaringiz bor Joriy yilning 3-7 iyun kunlari Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, kunduz kunlari havo 40-43 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo harorati 44-46 daraja issiqqacha ko‘tarildi. Havo haroratining ko‘tarilishi hisobiga haqiqatdan ham o‘quv auditoriyalari va ma’ruza zallarida yuqorida keltirilgan haddan ziyod isish holatlari kuzatildi. Talabalarning e’tiroziga sabab bo‘layotgan noxush holatlarning oldini olish va imkon darajasida ularga sharoit yaratib berish maqsadida yanvar oyidan boshlab isitish va sovutish tizimiga ulanmagan hududdagi boshqa binolarga bosqichma –bosqich isitgich va sovutgichlar o‘rnatilib kelinmoqda. Ta’kidlash joiz institutning barcha o‘quv binolari bosqichma-bosqich zamonaviy isitish va sovutish tizimi bilan jihozlanishi rejalashtirilgan. Arizada shuningdek talabaning fakultet dekani tomonidan “izza” qilinishi xususidagi e’tirozlar keltirilgan. O‘rganishlar davomida aniqlanishicha fakultet dekani murojaatchi talabaga “bu masalada avvalmbor guruh rahbari yoki fakultet dekaniga murojaat qilish lozimligini, ulardan ma’lum bir javobni ololmagach yuqoriga murojaat qilishi mumkinligini, institut ma’ruza zallari katta bo‘lganligi bois ularni sovutish uchun ham sotib olinadigan sovutgichlar katta mablag‘ talab qilishini, bu jarayon esa o‘zidan- o‘zi bir kun, yoki bir soatda hal bo‘ladigna jarayon emasligini balki tender orqali amalga oshishi” haqida to‘liq tushuncha bergan. Bu holatda talabani kamsitish yoki uni tahqirlash holatlari kuzatilmagan.
Jizzax davlat pedagogika instiut i axborot xizmaти